К содержанию
РецензированоUZ2025

TURLI MAMLAKATLARDA O’QITUVCHILARNI TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINING TAQQOSIY TAHLILI.

Ne’matullayeva Gulasal Yashnarovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Maqolada turli mamlakatlarda o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogning kasbiy kompetensiyasi va uzluksiz rivojlanishi muhim omil sifatida baholanadi. Finlyandiya, Yaponiya va AQSh tajribalari O‘zbekiston tizimi bilan qiyoslanib, o‘xshash hamda farqli jihatlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilar malakasini oshirishni takomillashtirish va xalqaro tajribalarni milliy sharoitga moslashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: o‘qituvchi tayyorlash, malaka oshirish, uzluksiz ta’lim, kasbiy kompetensiya, taqqosiy tahlil, xalqaro tajriba, ta’lim sifati. Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimi innovatsion islohotlar, raqamli transformatsiya va global integratsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonlarda o‘qituvchi shaxsining kasbiy kompetensiyasi hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirib borish — ta’lim sifatini, samaradorligini hamda xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlovchi muhim strategik yo‘nalishdir. Bugungi kunda dunyo miqyosida o‘qituvchilarni tayyorlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish, pedagogik amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirish masalalari keng muhokama etilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali o‘qituvchi tayyorlash tizimi ilmiy asoslangan seleksiya, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlar va uzluksiz malaka oshirish mexanizmlariga tayangan holda tashkil etiladi. Shu nuqtayi nazardan, Finlyandiya, Yaponiya va AQSh kabi mamlakatlarning pedagogik tajribalari O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchini tayyorlash va uning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni har bir mamlakatning ta’lim siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Dunyoda ilg‘or pedagogik tajribaga ega bo‘lgan mamlakatlar — Finlyandiya, Yaponiya va AQSh — bu borada o‘ziga xos samarali tizimlarni shakllantirgan. Quyida ularning o‘qituvchi tayyorlash va malaka oshirish tizimlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Finlyandiya tajribasi: Finlyandiya ta’lim tizimi dunyoda eng muvaffaqiyatlilardan biri sifatida tan olingan bo‘lib, uning asosi sifatida o‘qituvchilarni tayyorlashning chuqur ilmiy- uslubiy modeli turadi. Pasi Sahlbergning “Finnish Lessons” asarida qayd etilishicha, Finlyandiyada o‘qituvchi bo‘lish uchun magistr darajasiga ega bo‘lish majburiy bo‘lib, bu talab butun ta’lim tizimini yuqori ilmiy asosga ko‘taradi (Sahlberg, 70-bet). O‘qituvchilar universitetlarda faqat pedagogik nazariyani emas, balki kognitiv psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, didaktika, pedagogik diagnostika, inkluziv ta’lim, fan metodikasi kabi chuqur ilmiy yo‘nalishlarni o‘rganadi. Shuningdek, har bir bo‘lajak o‘qituvchi ilmiy tadqiqot olib borishi shart bo‘lganligi sababli, Finlyandiya o‘qituvchilari ilmiy izlanish madaniyatiga ega bo‘ladi, amaliyotga yangicha yondashuvlar kiritadi va o‘z faoliyatini tahlil qilishga o‘rganadi. 1 3 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Finlyandiyada amaliyot ham juda kuchli tashkil etilgan. O‘qituvchilar tayyorlanadigan pedagogika universitetlari o‘zlariga qarashli “laboratoriya maktablari”ga ega bo‘lib, talabalarning katta qismi aynan shu maktablarda real dars berish, kuzatuv, dars tahlili, muammoli vaziyatlarni baholash kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. O‘qituvchilar tayyorlashda ustoz-shogird tizimi kuchli bo‘lib, har bir talaba tajribali mentor bilan ishlaydi. Finlyandiyada malaka oshirish tizimi “uzluksiz professional rivojlanish” tamoyiliga asoslanadi. Har bir o‘qituvchi yil davomida ilmiy- amaliy seminarlar, treninglar, malaka oshirish kurslarida qatnashadi. Eng muhimi, bu jarayon majburiy nazorat yoki attestatsiya shaklida emas, balki o‘qituvchining ichki ehtiyoji sifatida yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim tizimining butun mafkurasi “o‘qituvchi ta’limning yuragi” degan g‘oyaga tayanadi. Shuning uchun Finlyandiya tajribasi o‘qituvchi kasbini yuqori maqomda saqlash, ularga mustaqillik berish va katta ishonch bildirish bilan ajralib turadi. Yaponiya tajribasi: Yaponiya ta’lim tizimi nafaqat samaradorligi, balki intizom va professional yondashuvi bilan dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu tizimda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli kasblardan biri sanaladi, o‘qituvchilikka kirish esa juda qiyin va tanlovli jarayondir. Talabgorlar pedagogika universitetlarida puxta tayyorgarlikdan o‘tadi: ular pedagogik psixologiya, didaktika, sinfni boshqarish, o‘quvchilarda motivatsiya shakllantirish, madaniy qadriyatlar asosida tarbiya kabi fanlarni o‘rganadi. O‘qituvchilarning amaliyot jarayoni murakkab bo‘lib, ularda sinf boshqaruvi, dars syomkasi, darsni rejalash, dars jarayonini tahlil qilish kabi ko‘nikmalar mustahkamlanadi. Yaponiya tajribasining eng diqqatga sazovor jihati — “lesson study” metodidir. Yoshida to

Доказательный фрагмент

«Maqolada turli mamlakatlarda o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada turli mamlakatlarda o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
malaka oshirish, taqqosiy tahlil, kasbiy kompetensiya, uzluksiz ta’lim, ta’lim sifati., o‘qituvchi tayyorlash, xalqaro tajriba
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники