К содержанию
РецензированоEN2025

YOSH RASSOMLARNING IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

PEDAGOGIK ASOSLARI · Sulaymanov Timur Amangeldievich

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This study examines the pedagogical factors, methods, and innovative educational approaches that contribute to the development of creative thinking in young artists. It explores the theoretical foundations of creative thinking, its stages of formation, and the pedagogical conditions that support the development of artistic abilities within art education. The effectiveness of plein air practice, observation-based drawing, the development of compositional thinking, and creative assignments is scientifically substantiated. The findings indicate that fostering a creative environment, applying individualized approaches, providing motivational support, and stimulating imagination play a crucial role in enhancing the creative growth and artistic individuality of young artists. Keywords: creative thinking, young artists, plein air, artistic ability, compositional thinking, pedagogical methods, art education. 1 3 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yosh rassomlarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish san’at ta’limining eng muhim vazifalaridan biridir. Ijodiy tafakkur — bu tasavvur, obrazli fikrlash, estetik idrok, kuzatuvchanlik va mustaqil san’atiy yechim topish qobiliyatlarining uyg‘unlashgan majmui bo‘lib, u shaxsning intellektual va badiiy rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Bu jarayonni samarali tashkil etish pedagogik yondashuvlarni chuqur tahlil qilishni talab etadi. Ijodiy tafakkur rivoji, avvalo, o‘quvchining atrof-muhitni idrok etish darajasi, san’atga bo‘lgan qiziqishi, shaxsiy tajribasi va badiiy tasavvurining boyligi bilan belgilanadi. Shu bois badiiy ta’lim jarayonida talabaning individual xususiyatlarini hisobga olish, uning tabiiy qobiliyatlarini oqilona rivojlantirish va mustaqil fikrlashga undovchi pedagogik vaziyatlar yaratish alohida ahamiyatga ega. Rassomlik mashg‘ulotlarida o‘quvchini tayyor qoliplarga moslashtirish emas, balki unda original fikrlashga ehtiyoj uyg‘otish, ijodiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlash kerak. Ijodiy tafakkurni shakllantirishda vizual kuzatuvchanlik, tasavvur, rangni idrok etish, kompozitsion fikrlash kabi jihatlar izchil va tizimli rivojlantiriladi. Tabiatni kuzatish, naturaga qarab ishlash, plener mashg‘ulotlari, badiiy tahlil, mustaqil izlanishlar bularning barchasi yosh rassomda original fikr va yangi badiiy yechimlar paydo bo‘lishi uchun tabiiy zamin yaratadi. Shu bilan birga, rangshunoslik, kompozitsiya, perspektiva kabi fundamental bilimlar ijodiy tafakkur uchun asosiy poydevor vazifasini bajaradi. Pedagogning vazifasi o‘quvchini to‘g‘ri yo‘naltirish, unda ijodiy fikrlash jarayonini faollashtiruvchi sharoit yaratishdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar va loyiha asosida o‘qitish texnikalari san’at ta’limida ayniqsa samarali hisoblanadi. Bunday yondashuvlar talabaning fikrlashini kengaytiradi, turli g‘oyalarni solishtirish, ijodiy qaror qabul qilish, mavzuga o‘ziga xoslik bilan yondashish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, yosh rassomlarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u nafaqat texnik mashqlar bilan, balki shaxsiy kuzatuvlar, san’atni his etish, tahlil qilish, mustaqil izlanish va original g‘oya yaratishga yo‘naltirilgan metodlar bilan to‘ldirilishi lozim. Natijada talaba nafaqat tasvirlay oladigan, balki o‘ylaydigan, his qiladigan, san’atning mazmunini anglaydigan, badiiy yechim topishga qodir ijodkor sifatida shakllanadi. Shu ma’noda, san’at ta’limi jarayonida talabaning badiiy tafakkurini faol holatga keltiruvchi pedagogik sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘qituvchi o‘zining metodik yondashuvlari orqali talabaning ichki ehtiyojini qo‘zg‘atishi, uning fikrlash jarayonlarini faollashtirishi hamda ijodga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlashi lozim. Ayniqsa, o‘ziga xos kompozitsion yechimlar topish, mavzuga shaxsiy talqin berish, rang orqali ma’no yaratish kabi jarayonlar ijodiy tafakkurning chuqur shakllanishiga sabab bo‘ladi. Ijodiy tafakkur rivoji uchun mashg‘ulotlarda turli san’at janrlari, texnikalari va uslublarini solishtirish, ulardan ijodiy foydalanish, klassik va zamonaviy san’at namunalari bilan taqqoslash kabi o‘quv topshiriqlari ham katta samara beradi. Bu nafaqat bilim va ko‘nikmalarni kengaytiradi, balki talabaning estetik qarashlarini, badiiy dunyoqarashini ham shakllantiradi.Shuningdek, badiiy tahlil jarayonlari ijodiy asarlarining mazmuni, shakl, rang, ritm, kompozitsiya kabi elementlarini o‘rganish talabaning fikrlash chuqurligini oshiradi. Bunday tahlillar orqali o‘quvchi asarning ichki mohiyatini anglaydi, undan san’atkorning g‘oyasini his qiladi va natijada o‘z ijodida ham mazmuniy yondashuvni kuchaytiradi. 1 3 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Badiiy tahlil san’at ta’limida nafaqat nazariy bilimni mustahkamlaydi, balki tala

Доказательный фрагмент

«This study examines the pedagogical factors, methods, and innovative educational approaches that contribute to the development of creative thinking in young artists.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study examines the pedagogical factors, methods, and innovative educational approaches that contribute to the development of creative thinking in young artists. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
creative thinking, young artists, plein air, artistic ability, compositional, pedagogik jarayon, badiiy qobiliyat, педагогические методы, молодые художники, композиционное мышление, compositional thinking, yosh rassomlar, plein-air, творческое мышление, kompozitsion fikrlash, изобразительное искусство., ijodiy tafakkur, pedagogical methods, tasviriy sanʼat taʼlimi., innovatsion metodlar, художественные способности, art education., пленэр
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники