К содержанию
РецензированоUZ2026

SHARQ ALLOMALARI PEDAGOGIK QARASHLARINING ILMIY TAHLILI (IBN SINO, BERUNIY, AR-ROZIY, FAROBIY VA MIRZO ULUG‘BEK MISOLIDA)

Adxamjon Qosimov

Современная наука и исследования · 2 · 41-45 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari — Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Bakr Ar-Roziy va Mirzo Ulug‘bekning pedagogik qarashlari ilmiy tahlil qilinadi. Olimlarning ta’lim va tarbiya haqidagi fikrlari, shaxs kamoloti, axloqiy tarbiya, ilmiy izlanish metodlari, ustoz-shogird munosabati va ta’limning ijtimoiy ahamiyati masalalariga oid qarashlari o‘rganiladi. Tadqiqot davomida har bir allomaning pedagogik merosi alohida ko‘rib chiqilib, ta’lim metodlari, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablar hamda ilmiy yondashuvlar tahlil etiladi. Shuningdek, ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlari solishtirma jadval orqali yoritiladi. Maqola zamonaviy ta’lim tizimi uchun Sharq mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari naqadar muhim ekani hamda ular bugungi ta’lim konsepsiyalari bilan qay darajada uyg‘unlashishini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: Sharq uyg‘onishi, pedagogik qarashlar, Ibn Sino, Beruniy, Ar-Roziy, Farobiy, Mirzo Ulug‘bek, ta’lim metodlari, axloqiy tarbiya, ustoz-shogird an’anasi, ilmiy izlanish, ta’lim falsafasi, komil inson, empirik ta’lim, ilmiy kuzatuv, mantiqiy fikrlash. KIRISH. Sharq uyg‘onish davri jahon ilm-fani, madaniyati va ma’naviyatining shakllanishida beqiyos o‘rin tutadi. Sharq mutafakkirlari — Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Bakr Ar-Roziy va Mirzo Ulug‘bek — nafaqat tibbiyot, falsafa, kimyo va tabiiy fanlarning rivojiga, balki pedagogik tafakkur shakllanishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. Ularning asarlarida ta’lim va tarbiya, shaxs kamoloti, axloqiy fazilatlar, ilm o‘rganish metodlari, murabbiy shaxsi va ta’lim tizimi haqidagi qarashlar yorqin aks etgan. Ushbu maqolada besh buyuk allomaning pedagogik merosi tahlil qilinadi. Ibn Sinoning pedagogik qarashlari. Ibn Sino (980–1037) ta’lim va tarbiya masalalarini o‘zining “Donishnoma”, “Tadbir al-manzil”, “Kitob al-shifo” kabi asarlarida chuqur tahlil qilgan. Ibn Sino ta’lim-tarbiya tizimi bo‘yicha shaxsning har tomonlama rivojiga alohida e’tibor qaratgan. Ibn Sino insonni jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalashni maqsad qilib qo‘ygan. Uning fikricha, haqiqiy ta’lim — tarbiyani o‘z ichiga olgan, inson kamolotiga qaratilgan jarayondir. Ibn Sino Bosqichma-bosqich ta’lim tamoyilida bolaga bilim berishda quyidagi tamoyillarni taklif qiladi: 1. yoshga mos o‘qitish; 2. osondan qiyinga qarab borish; 3. amaliy mashqlar bilan mustahkamlash; 4. takrorlash. Ibn Sino jamoaviy o‘qitishning afzalliklarini asoslagan ta’lim g‘oyasida quyidagilar shakllanadi: bolalar o‘zaro raqobat qiladi, suhbat va muloqot orqali bilim mustahkamlanadi, ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanadi. 826 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bu g‘oya zamonaviy pedagogika uchun ham dolzarbdir. Ibn Sino axloqiy tarbiyani birinchi o‘ringa qo‘ygan. Unga ko‘ra: yaxshilikka o‘rgatish,; yomon odatlardan qaytarish,; mehnatga undash; shaxsning to‘g‘ri shakllanishi uchun muhim hisoblangan. Abu Rayhon Beruniyning (973–1048) pedagogik qarashlari o‘ziga xos ahamiyatga ega. Beruniy ilmiy merosi bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida ulkan o‘rin tutadi. Uning ta’lim haqidagi qarashlari “Osor ul-boqiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Mineralogiya” va boshqa asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning bir nechta metodini ko‘rib chiqamiz. Ulardan biri -Bilimning mustaqilligi va izlash metodlari. Beruniy ilm o‘rganishda: kuzatish,;tajriba,; solishtirish,; dalillash kabi metodlarning ustuvorligini ta’kidlagan. Bu ilmiy tafakkur rivoji uchun asos bo‘lgan. Ta’limda mantiqiy fikrlash metodida ta’limda tanqidiy yondashuvni qo‘llash, ilmni tekshirish, savol berish madaniyatini rivojlantirish zarurligini uqtirgan. Beruniy ustoz shaxsiga qo‘yilgan talablarni shunday izohlaydi. Ustoz halol, sabrli, ilmga sodiq, xolis bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, ustoz talabaning dunyoqarashini shakllantiruvchi eng muhim shaxsdir. Ta’limning ijtimoiy ahamiyati metodida Beruniy ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omili ekanini e’tirof etgan. Shu sababli u ilmning hamma uchun ochiq bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan. Abu Bakr Ar-Roziyning (864–925) pedagogik qarashlari. Ar-Roziy Sharqning ulkan tabibi, faylasufi va kimyogari sifatida tanilgan. Uning pedagogik qarashlari asosan tibbiy va axloqiy tarbiya bilan bog‘liq. Ar-Roziy ilm amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishi kerak deb hisoblagan. U kuzatish, tajriba o‘tkazish, xatodan saboq olish kabi usullarni ilmiy va pedagogik faoliyatning asosiga qo‘ygan. Ar-Roziy mustaqil fikrlashni rag‘batlantirishni ko‘r-ko‘rona taqlid qilishga qarshi chiqqan, har bir bilimni tekshirish, dalil bilan isbotlash kerakligini uqtirgan. Bu esa talabada mustaqil fikrlashni shakllantiradi. Uning fikricha, ilm bilan axloq uyg‘un bo‘lishi kerak. Shaxsning kamoloti: rostgo‘ylik, me’yor, sabr-toqat, oqilona fikr yuritish kabi fazilatlar orqali shakllanadi. Ar-Roziy O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatni alohida ta’kidlab o‘tgan. Ar- Roziy o‘qituvchining vazifasi – o‘quvchiga tayyor bilim berish em

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari — Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Bakr Ar-Roziy va Mirzo Ulug‘bekning pedagogik qarashlari ilmiy tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari — Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Bakr Ar-Roziy va Mirzo Ulug‘bekning pedagogik qarashlari ilmiy tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mantiqiy fikrlash., pedagogik qarashlar, axloqiy tarbiya, Sharq uyg‘onishi, ustoz-shogird an’anasi, empirik ta’lim, Farobiy, komil inson, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, ta’lim metodlari, ilmiy izlanish, ta’lim falsafasi, Ar-Roziy, Ibn Sino, ilmiy kuzatuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники