К содержанию
РецензированоUZ2014

INKLUZIV TA’LIMMGA JALB QILINGAN BOLALAR IJTIMOIYLSHUV OMILLARI

Xudoynazarova Saida Oltmish qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2014

Аннотация

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida oʻqitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil pedagogik-psixologik usullar va vositalari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Bolalar, rivojlanish, inklyuzivlik, inklyuziv ta’lim, individuallik, pedagogik texnologiyalar, ro‘lli o‘yinlar moslashuv. Inklyuzivlik-inglizcha soʻz boʻlib, inclusif- qoʻshish, birlashtirish ma’nolarini anglatadi. 810 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Mazkur atama alohida ehtiyojga ega boʻlgan oʻquvchilarni umumta’lim maktablarida sogʻlom bolalar bilan qoʻshib birgalikda oʻqitish jarayonini ifodalaydi. Inklyuziv ta’lim - barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual farqliligini inobatga olgan imkoniyatlarning holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir. Inklyuziv ta’lim boʻyicha xorijiy tajribalar tahlil qilinganda, masalan, Rossiya Federatsiyasida oʻqituvchini imkoniyati cheklangan bolalar ta’limiga tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari “Umumta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari kasbiy darajasini oshirishning kompleks dasturi”da (2014 y.) aks ettirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar ushbu kasbiy standart pedagogika ta’lim sohasi boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimi malaka talablarini ishlab chiqishda asos sifatida qoʻllanilib kelinmoqda. Inklyuziv ta’lim – oʻquvchilarning imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson va oʻzlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan ta’lim jarayonidir. Shuningdek, inkluziv ta’lim davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, inklyuziv ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’i nazar, ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumta’lim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.1 N.V.Borisova, S.A.Prushinskiy ta’kidlaydilarki, inklyuziv ta’lim tayanadigan ijtimoiy modelga koʻra, “nogironlikning sababi faqat kasallikning oʻzida emas, balki jamiyatdagi mavjud jismoniy (ijtimoiy tuzilmalar va tartiblarga doir) va tashkiliy (munosabatlarga doir) toʻsiqlar, stereotiplar va notoʻgʻri qarashlardir.” Ushbu olim o‘z fikrlari bilan inklyuziv sharoit yaratilishi nogironligi mavjud shaxslarning jamiyatda ishtiroki va o‘z faolligini namoyon qilish uchun imkoniyat yaratilishi haqida dozarb fikrlarini bildirgan. Darhaqiqat ushbu fikrlar ahamiyati va muhimligini hozirgi davrda o‘z tasdig‘ini topmoqda. S.V.Alexinaning fikricha, “inklyuziya - ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlashtirish va imkoniyati cheklangan shaxslarning birgalikda sifatli ta’lim olishga huquqlarini tan olish maqsadlarini tushunishning bir xil ma’noda boʻlishini nazarda tutuvchi ijtimoiy konsepsiya” hisoblanadi. Inklyuziv ta’limni eng umumiy tarzda ta’lim siyosati va amaliyotining umumiy ta’lim asoslariga eng koʻp darajada tegishli boʻlgan yangi istiqbolli strategik yoʻnalishi sifatida belgilanadi. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning xalqaro tajribasi uzoq muddatli izchil, uzluksiz, bosqichma-bosqich va kompleks yondashuv xususiyatiga ega strategiya sifatida 1960- yillardan hozirgi kunlargacha amalga oshirilmoqda. N.N.Malofeyevaning fikricha, faqat shu bosqichlardan keyingina inklyuziv ta’lim gʻoyalarini amaliyotga tatbiq qilishga oʻtish amalga oshirildi. Inklyuziv ta’limni joriy qilish jarayonida toʻsiqlarsiz muhitni tashkil qilish qiyinchiliklarigina: panduslar borligi, maktabning bir qavatli dizayni, umumiy foydalanish joylarini qayta jihozlash, shtatlar jadvaliga mutaxassis defektologlarni kiritishgina emas, balki “keng tarqalgan stereotiplar va notoʻgʻri tushunishlar, shu jumladan, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalarning integratsiyaga tayyorligi yoki rad etishidan iborat” ijtimoiy xususiyatli qiyinchiliklar ham mavjud. Shu munosabat bilan inklyuziv ta’lim gʻoyalarini amaliyotga joriy qilish, birinchi navbatda, maktab jamoasi tomonidan inklyuziya qadriyatlarini tan olish, har bir bolani uning “boshlanishdagi” imkoniyatlaridan qat’iy nazar, rivojlanishga ehtiyojini amalga oshirish, 1 Pedagogik atamalar lug‘ati. – T.: “Fan”, 2008. –B.47. 811 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 individuallikni qoʻllab-quvvatlash zarurligini tushunish bilan bogʻliq ta’lim muaassasasining inklyuziv madaniyatini yaratishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni ta’lim oluvchilarning ijtimoiy ehtiyojlari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida tashkil etishning huquqiy – me’yorlari ishlab chiqilgan. “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish maqsadida ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlarini adaptivlashtirish, sog‘lomlashtiruvchi sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda bu jarayonga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash” kabi muhim vazifalar belgilandi.2 Inklyuziv ta’lim jismoniy va psixik imkoniyatlari cheklangan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida oʻqitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil pedagogik-psixologik usullar va vositalari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida oʻqitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil pedagogik-psixologik usullar va vositalari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlanish, inklyuzivlik, ro‘lli o‘yinlar moslashuv., individuallik, pedagogik texnologiyalar, Bolalar, inklyuziv ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники