Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA AYOL OBRAZI
NEW RENAISSANCE · Xo‘jamurodova Iroda Anvar qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article analyzes the artistic interpretation and unique manifestations of the female image in the poetics of Abdulla Oripov. In the work of the poet, the appearance of a woman in different forms, their classification and illumination in the spiritual-aesthetic content are considered on a scientific basis. In the research, the artist's individual approach to creating a female figure, skill and aesthetic views imbued with the national spirit are separately studied. Key words: Woman's image, mother's image, women's image, grandmother's image, old woman's image, national-spiritual spirit, prototype foundations. Аннотация. В данной статье анализируются художественная интерпретация и своеобразие проявления женского образа в поэтике Абдуллы Орипова. В творчестве поэта на научной основе рассматриваются облик женщины в разных формах, их классификация и освещение в духовно-эстетическом содержании. В исследовании отдельно изучаются индивидуальный подход художницы к созданию женской фигуры, мастерство и эстетические взгляды, проникнутые национальным духом. Ключевые слова: Образ женщины, образ матери, образ женщины, образ бабушки, образ старухи, национально-духовный дух, прототипные основы. Ayol insoniyat yaratuvchisining eng go‘zal mo‘jizasi sifatida qadrlanadi. Shu boisdan ham u san’atning barcha jabhalarida — tasviriy san’atdan tortib adabiyotgacha — ilhomning tuganmas manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Xususan, Sharq adabiy tafakkurida ayol obraziga berilgan badiiy e’tibor o‘zgacha bo‘lib, u go‘zallik, nafosat, hayoli poklik timsoli sifatida emas, balki zakovat, farosat va adolat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan ideal siymolarda ham tasvirlanadi. Bu an’ananing yorqin namunasini Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida yaratgan Mehinbonu obrazida ko‘ramiz. Navoiy uni ilm-ma’rifat qo‘llab-quvvatlovchi, adolatni ustuvor tutuvchi hukmdor sifatida ifodalaydi: Mehinbonuki donishparvar erdi, Bilik ahliga shohi sarvar erdi [Navoiy.2001.75]. Mumtoz Sharq poetikasida ayol obrazini yaratishda mubolag‘a, tasavvur va badiiy fantaziya vositalari keng qo‘llangan. Qutb Xorazmiy “Xusrav va Shirin” dostonida Shirinning husnini tasvirlar ekan, uning go‘zalligini quyoshning kutilmaganda hijobdan chiqishi bilan qiyoslab, badiiy obrazni yanada yorqinlashtiradi: Uchakka chiqti Shirin ul niqobdin, Netakkim chiqsa kun nogah hijobdin [Qutb.1986.524]. 13 NEW RENAISSANCE 2025 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 XX asr o‘zbek she’riyatida ayol mavzusini yangi badiiy talqinlar bilan boyitgan ijodkorlar ichida Abdulla Oripov alohida o‘rin tutadi. Shoir ayol siymosini chizishda milliy estetik qarashlar bilan bir qatorda umumbashariy qadriyatlarni ham ilgari suradi. U ayolga bo‘lgan munosabatini ko‘pincha ramziy timsollar, o‘xshatishlar va falsafiy mushohada orqali ifodalaydi. Oripovning ayol obrazlari maqtov yoki mubolag‘aga haddan tashqari berilmagan, balki hayotiylik, samimiyat va ruhiy chuqurlik bilan aks etgan. Uning she’riyatida ayollar mehnatkashlik (“Yuzma yuz”dagi rangpar singil, “Saodat”), zukkolik (“Alisherning onasi”), mehribonlik (“Samoviy mehmon…”, “Onajon”), kasb va jamiyatdagi faollik (“Kotiba xonim”, “Hamshira”), ota-onaga mehr (“Qizlarim”), matonat (“Ayol”), shuningdek, illatlarni o‘zida mujassam etgan salbiy qiyofalarda (“Adi-badi haqida rivoyat”, “Rivoyat”) talqin etiladi. Shoir ayol obrazlarini bir necha guruhga ajratib tasvirlaydi: a) Ona obrazi – “Onajon”, “Onamga”, “Ona”, “Onamni eslab”, “Maktub” va boshqa she’rlar. b) Xotin-qizlar siymosi – “Ayol”, “Qizlarim”, “Kamilla”, “O‘zbek ayoli”, “Singil”, “Kelinoyi”, “Habash qiz”. c) Momo va kampir obrazlari – “Ranjkom”, “Hangoma”, “Momo”, “Oila kundaligi”, “Oila”. Ona obrazi: irfoniy yuksalish timsoli Ayolning ona maqomiga ko‘tarilishi badiiy tasvirda ulkan ruhiy mazmun kasb etadi. Oripov uchun ona – nafaqat mehr-muhabbat, balki irfon, poklik va ma’naviy yuksaklik timsoli. Shu bois “Haj daftari” turkumidagi “Ona” she’rida ona siymosi Ka’ba posboni bilan bog‘liq sahna orqali ilohiylashtiriladi: Ka’ba qopqasida turgan ey, posbon, Аvval onalarning ochgin yo‘llarin. Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on, Tavof qil, ko‘zga surt, o‘pgin qo‘llarin. “O‘zbek onasi” she’rida esa ona bevosita muqaddas qadriyatlar bilan yonma-yon qo‘yilib, Ka’ba va Baytul muqaddasga tenglashtiriladi: Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas. Bu parallel o‘xshatishlar orqali shoir “ona – Vatan – muqaddaslik” zanjirini barpo qiladi. Onaning ilohiy maqomi “Jannat” she’rida yanada teran tasvirlanadi: Mayliga menga ham orom tilagin… Menga jannat erur oyog‘ing osti [Oripov.2021.215]. Natijada, onaga bag‘ishlangan she’rlar Oripov ijodining markaziy badiiy qatlamini tashkil etadi. Qizlar va xotin obrazlari: prototip va badiiy to‘qimaning uyg‘unligi Abdulla Oripovning ko‘plab she’rlari real hayot asosida yaratilgan bo‘lib, qizlar obrazi ko‘pincha aniq prototiplarga ega. Shoir hayotning rang-barang voqealaridan ilhom olganini Gyote fikrlari bilan uyg‘unlashtiradi: “s
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the artistic interpretation and unique manifestations of the female image in the poetics of Abdulla Oripov.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the artistic interpretation and unique manifestations of the female image in the poetics of Abdulla Oripov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Woman's image, mother's image, women's image, grandmother's image, old, national-spiritual spirit, прототипные основы., kampir obrazi, momolar tasviri, образ матери, образ женщины, ona timsoli, xotin-qizlar qiyofasi, Ayol obrazi, образ старухи, prototype foundations., prototip asoslari., old woman's image, образ бабушки, milliy-ma’naviy ruh, национально-духовный дух
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024