К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARNING O'QIB, ESHITIB TUSHUNISH, OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ MALAKASINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARINI O‘RGANISH

Shomurodova Lola Bobir qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This thesis describes the step-by-step process of students' reading and listening comprehension, as well as oral and written speech skills. For each skill, effective methods, exercises and the importance of an integrative approach are shown. Key words: reading comprehension, listening comprehension, oral speech, written speech, speech skills, staged development, communicative approach, integrative method, language competence, interactive exercises, communication skills. Til – insonning eng asosiy kommunikativ vositasi bo‘lib, u orqali shaxs o‘z fikrini ifodalaydi, bilim oladi va jamiyat bilan muloqot qiladi. Maktab ta’limida o‘quvchilarning nutq malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega, chunki tilni to‘g‘ri va samarali egallash ularning akademik muvaffaqiyati, fikrlash qobiliyati va ijtimoiy ko‘nikmalariga bevosita ta’sir qiladi. Nutq malakalari — o‘qish, tinglab tushunish, og‘zaki va yozma nutq — bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har birining rivojlanishi boshqa malakalarning shakllanishiga yordam beradi. Shu sababli o‘quvchilarda bu malakalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish metodik jihatdan aniq va tizimli tarzda olib borilishi zarur.O‘qib tushunish malakasi o‘quvchida matn mazmunini anglash, asosiy fikrni ajratish va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eshitib tushunish esa audio-matnni idrok etish, muhim ma’lumotni ajratish va tinglaganini qayta ifodalash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Og‘zaki nutq malakasi muloqotga asoslangan mashqlar, dialoglar va rolli o‘yinlar orqali rivojlantiriladi, yozma nutq esa fikrni tartib bilan yozish, grammatik va uslubiy jihatdan to‘g‘ri ifodalash bosqichlarini o‘z ichiga oladi.Shuningdek, nutq malakalarini integrativ rivojlantirish, ya’ni barcha to‘rt turini birgalikda rivojlantirish, o‘quvchilarda tilni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmasini oshiradi. 20 Dekabr, 2025-Yil Zamonaviy ta’limda multimediya vositalari, interfaol mashqlar va jamoaviy faoliyatlar nutq malakalarini samarali shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. O‘qib tushunish ko‘nikmasi ma’lum bir axborotni o‘qish orqali tushunish ko‘nikmasi hisoblanadi. O‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish uchun biz quyidagi metodlardan foydalanishimiz mumkin. 1. Sinov-test topshiriqlari. Sinov-test topshiriqlari o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq, tinglab va o‘qib tushunish kabi nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga va rivojlantirishga yordam beradi. Nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishda test topshiriqlarining mavjud 3 ta turidan foydalanishimiz lozim. Ular: 1) ochiq test topshiriqlari; 2) yopiq test topshiriqlari; 3) amaliy test topshiriqlari. Quyida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda sinov-test topshiriqlaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ko‘rib chiqamiz. Qanoatli javonmard va tamagir Fors o‘lkasidan ikki o‘rtoq Chin mamlakati tomon yo‘l oldilar. Biri azaldan berilganiga qanoat qilardi; ikkinchisi esa undan ortiqni tama etardi. Ular borarkanlar, yo‘l bo‘yida bir tosh uchrab qoldi. Uning yarmi yerga kirgan, yarmi tashqarida bo‘lib, tashqaridagi qismiga ajoyib bir gap o‘yib yozilgan edi. Yozilgan xatni ular o‘qishdi: “Kimki qiyinchilikka bardosh berib, toshning orqa tomonini ag‘darsa, unda bir afsona yozilgan. Afsonaga ko‘ra, shu atrofda bir vayrona bo‘lib uning tagida xazina bor. Mashaqqatiga chidagan o‘sha xazinaga ega bo‘ladi. Kimki bu mashaqqatdan yiroqlik istasa, sabr-u qanoat hammadan yaxshiroqdir”. Tamagir buni o‘qigach, toshning tagini qazishga tushib ketdi. Qanoat qiluvchi esа parvo qilmasdan o‘tib ketdi. U yo‘lidа dаvоm etdi vа tоngdа duch kеlgаn shаhаr dаrvоzаsidаn birinchi bo‘lib kirdi. Bu yer aholisining оdаti bo‘yicha, podshoh vаfоt etsа, sahar vaqtida kim shaharga birinchi bo‘lib kirsa, uni taxtga o‘tqazib, boshiga toj kiydirishar ekan. O‘sha оdаtgа ko‘rа u podshoh bo‘ldi. Tаmаgir esа boylik havasiga berilib, o‘z jonini rosa qiynadi, toshni boshqa tomoniga aylantirdi. Xаtdа: “Kim xomtama bo‘lsa, u dunyoda doim azobda”, deb yozilgan ekan. Birini qanoat mamlakatga podshoh qildi; ikkinchisini tamagirlik azobi xor-zor etdi. Matn yuzasidan test topshiriqlari. 1-topshiriq. Ochiq test toshiriqlari. Qisqa javob talab qiladigan test 1. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying. Fors o‘lkasidan … Chin mamlakati tomon yo‘l oldilar. 2. Qaysi yigit toshni orqasini ag‘dara oldi? 2-topshiriq. Kengaytirilgan javob talab qiladigan test topshirig‘i 1. Tamagir yigit nima uchun xor-zor bo‘ldi? 2. Qanoat nima? 3. Toshdagi xatda nima yozilgan edi? 3-topshiriq. Amaliy test topshirig‘i 1. Matnda berilgan quyidagi gaplarni turlarga ajrating. a) Uning yarmi yerga kirgan, yarmi tashqarida bo‘lib, tashqaridagi qismiga ajoyib bir gap o‘yib yozilgan edi. 21 Dekabr, 2025-Yil b) Tamagir buni o‘qigach, toshning tagini qazishga tushib ketdi. d) Qanoat qiluvchi esа parvo qilmasdan o‘tib ketdi. e) Bu yer aholisining оdаti bo‘yicha, podshoh vаfоt etsа, sahar vaqtida kim shaharga birinchi bo‘lib kirsa, uni taxtga o‘tqazib, boshiga toj kiydirishar ekan. 2. Matnda qo‘shma ga

Доказательный фрагмент

«This thesis describes the step-by-step process of students' reading and listening comprehension, as well as oral and written speech skills.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis describes the step-by-step process of students' reading and listening comprehension, as well as oral and written speech skills. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reading comprehension, listening comprehension, oral speech, written speech, понимание на слух, письменная речь, integrativ metod, устная речь, language competence, interfaol mashqlar, коммуникативные навыки., muloqot ko‘nikmalari., interactive exercises, kommunikativ yondashuv, поэтапное развитие, коммуникативный подход, интегративный метод, communicative approach, eshitib anglash, yozma nutq, speech skills, bosqichli rivojlantirish, интерактивные упражнения, staged development, языковая компетенция, communication skills., понимание прочитанного, речевые навыки, nutq malakalari, integrative method, til kompetensiyasi, og‘zaki nutq, o‘qib tushunish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники