Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI KASBKA YO‘NALTIRISHDA OQITUVCHILARNING PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK JIHATDAN TA‘SIRI
G.R. Kutlimuratova
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘quvchilar kasbni tog‘ri tanlashda o‘qituvchining o‘rni, pedagogik - psixologik jihatdan ta‘siri haqida yoritilib o‘tildi. Shu bilan birga kasb klassifikatsiyasida yoritilib berilgan. Kalit sózlar: Kasb, o‘qituvchi, psixologik talablar, professiografiya, kasb klassifikatsiyasi, psixologik jarayonlar. Kasb - inson ish faoliyatining ma‘lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbni to‘g‘ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Kasbiy faoliyat insonning shaxs sifatidagi kamolotida hal qiluvchi omillardan biri ekan, kasb tanlashni dolzarb ijtimoiy muammo deb tushunish о‘rinli bо‘ladi. Har qanday murakkab qarorni qabul qilishda bо‘lganidek kasbiy tanlovni amalga oshirishda adashmaslik uchun odam tajribali pedagogik-psixologik tayyorgarlik kо‘rgan mutaxassislarga muhtoj bо‘ladi. Pedagog- psixolog о‘qituvchilar, amaliyotchi psixologlarni shu yо‘nalishda yoshlarga yordam berishga qodir mutaxassis bо‘lib shakllanishida “Kasbga yо‘naltirish va kasb tanlash asoslari” faniga oid bilimlarning ahamiyati kattadir. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. O'qituvchi - bu oʻsib borayotgan avlod va jamiyat oʻrtasidagi vositachidir. U jamiyatni ishongan insoni, shaxsidir. Hozirgi vaqtda yuksak kasbga ega boʻlgan, yaʻni oʻz fanini yaxshi bilgan, shuningdek chuqur metodologik va pedagogik - psixologik tayyorgarlikka ega boʻlgan, zukko, ijodkor, asli ziyoli va tashabbuskor oʻqituvchilar zamonamizga zarurdir. Oʻqituvchi kasbga yoʻnaltirar ekan oʻz pedagogik faoliyatining subyekti sifatida va oʻquvchilar bilan ishlovchi shaxs sifatida quyidagi psixologik talablarga javob berishi zarur: - Bolalarga nisbatan mehrli boʻlish; - Pedagogik faoliyatni sevish; - Yetarli bilimlarga ega boʻlish; - Keng eruditsiyaga ega boʻlish; - Pedagogik intuitsiyaga ega boʻlish; - Yuksak tafakkurga ega boʻlish; - Yuksak darajadagi ahloqqa va madaniyatga ega boʻlish; - Bolalarni tarbiyalashda va oʻqitishda har xil taʻsirchan metodlarga ega boʻlish. Kasb tanlashda oʻsib kelayotgan yoshlarga taʻlim va tarbiya beruvchi ustozlar borki ularni oʻrnini hech nima bilan almashtirib boʻlmaydi. 312 Noyabr, 2025-Yil Maktab va kollej davrida yoshlar oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan kasblarni egallashga intilib boradilar. Bu davr uchun pedagogning oʻrni butunlay boshqacha boʻlib qoladi. U endi faqat tarbiya va taʻlim beruvchigina emas, balki oʻquvchilarni maʻlum bir kasbga boʻlgan intilishini shakllantiruvchi pedagog - psixolog ham boʻlib qoladi. Pedagog bu davrda oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabatlarda boʻlib, uning qaysi fanlardan oʻzlashtirishi yaxshiligini, qaysi fanlar uni qiziqtirishini va nima uchunligini, undagi boshqa fanlarga boʻlgan e‘tiborini, qaysi fanlar uning uchun yetarli qiziqish uygʻotishini va shu kabilarni kuzatib boradi. Pedagog kuzatish orqali oʻquvchidagi maʻlum fanlarga va kasblarga oʻzida qiziqish borligini suhbatlar orqali, kuzatishlar orqali, darslardagi javoblar orqali bilib boradi. Oʻquvchi oʻz kasbini tanlashda oʻqituvchining yordamiga muhtoj boʻladi. Oʻqituvchi boladagi psixologik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uni maʼlum bir kasbga yoʻllab turadi, yaʻni kasbiy maslahat beradi. Oʻqituvchi bu holatda kasblarga xos xususiyatlarni bilishi va ularni bolalarga tushuntirib berishi zarur boʻladi. Bu oʻqituvchiga professiografiya kabi tushunchalar bilan tanish boʻlishni talab qiladi. Professiografiya - bu kasb tomonidan shaxsga tegishli boʻlgan xususiyatlarga, yaʻni uning psixologik qobiliyatlariga, psixofiziologik imkoniyatlariga qoʻyiladigan talablarni oʻrganuvchi texnologiyadir. Professiografiya inson va kasb oʻrtasidagi oʻzaro moslikni diagnostika qilish orqali, korreksiya qilish orqali, metodik qoʻllanmalarni shakllantirish va amaliy tavsiyalar berish orqali informatsiyalar berish bilan taʻminlab turadi. Professiografiya kasbiy mehnatni unumdorligini amaliy vazifalar va ularni tashkil qilish orqali taʻminlab beradi. Professiografiya aniq kasbiy faoliyatlarni - ijtimoiy, ijtimoiy iqtisodiy, tarixiy, texnik, texnologik, huquqiy, psixologik, psixofiziologik, gigiyenik va ijtimoiy psixologik qamrab oladi. Bulardan koʻrinib turibdiki, professiografiya bu oʻqituvchilar uchun bolalarni kasb tanlashlarida kerak boʻladigan sohalardan biridir. Oʻqituvchi oʻquvchilarni kasb tanlashlariga ijtimoiy jarayon sifatida qarar ekan, ularning kasb tanlashlaridagi individual tomonlarini ham hisobga olishi kerak boʻladi. Buning uchun yoshlarning jinsini, yoshini va ularga xos boʻlgan xususiyatlarini ham etiborga olishi zarur boʻladi. Bunda oʻqituvchi birinchi navbatda oʻquvchining kasbiy ehtiyojini, motivini, layoqatliligini, qiziqishini, qobiliyati va manfaatlarini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘quvchilar kasbni tog‘ri tanlashda o‘qituvchining o‘rni, pedagogik - psixologik jihatdan ta‘siri haqida yoritilib o‘tildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘quvchilar kasbni tog‘ri tanlashda o‘qituvchining o‘rni, pedagogik - psixologik jihatdan ta‘siri haqida yoritilib o‘tildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kasb, o‘qituvchi, psixologik talablar, psixologik jarayonlar., kasb klassifikatsiyasi, professiografiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014