Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭЛЕМЕНТАРНЫЙ СОСТАВ И ЗАГРЯЗНЕНИЕ ТЯЖЕЛЫМИ МЕТАЛЛАМИ ВОДНЫХ ОБЪЕКТОВ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ: АНАЛИЗ ICP-OES И ИХ ИНТЕГРАЛЬНОЕ ВЛИЯНИЕ НА ФИЗИОЛОГИЮ ЖИВОТНЫХ
FIZIOLOGIYASIGA INTEGRATIV TA’SIRI · Adxamova Sevaraxon Abdusalim qizi
Современная наука и исследования · 4 · 133–164 · 2025
Аннотация
In this study, the elemental composition and degree of heavy metal contamination in the water bodies of the Fergana Region were determined using the ICP-OES method, and the results were compared with international environmental standards. The potential impact of heavy metals on animal organisms was assessed in the context of key physiological processes, including hepatic, renal, hematological, and neuromuscular functions Key words: Fergana region, heavy metals, ICP-OES (Inductively Coupled Plasma Optical Emission Spectrometry), animal physiology, water bodies. KIRISH. Suv resurslarining kimyoviy tarkibi va ekologik barqarorligi har qanday mintaqaning ekologik holatini baholashda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Farg‘ona viloyati O‘zbekistonning eng zich aholi joylashgan hududlaridan biridir. Sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi faoliyati, transport va maishiy chiqindilar bosimi ostida bo‘lib, bu jarayonlar suv havzalari sifatining yomonlashishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. 6 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ayniqsa, og‘ir metallarning suv muhitiga tushishi va uzoq muddat saqlanish xususiyati ularning ekologik xavfini yanada kuchaytiradi. Bunday elementlar suvda erigan holatda, kolloid shaklda yoki cho‘kindi komponentlar bilan bog‘liq holda mavjud bo‘lib, hayvonlar organizmida biokumulyatsiya va biomagnifikatsiya jarayonlarini keltirib chiqaradi. Og‘ir metallar — qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob, mishyak, xrom va boshqalar — past konsentratsiyalarda ham toksik xususiyatga ega bo‘lib, jigar, buyrak, gematopoetik tizim, endokrin organlar, shuningdek, nerv- mushak faoliyatiga sezilarli zarar yetkazishi mumkin. Ularning suvda me’yordan oshishi hayvonlar fiziologiyasida oksidativ stress kuchayishi, ferment tizimlarining susayishi, metabolik jarayonlarning izdan chiqishi va immun reaksiyalarning pasayishiga olib kelishi qayd etilgan. Shu sababli, suv havzalaridagi og‘ir metall kontaminatsiyasining aniq bahosi ekologik monitoring tizimida ustuvor vazifalardan biridir. Suvning elementar tarkibini yuqori aniqlik bilan baholashda zamonaviy analitik texnologiyalar, xususan ICP-OES (Induksion bog‘langan plazmali optik emissiya spektrometriya) usuli eng ishonchli va o‘zgaruvchan diapazonga ega bo‘lgan metodlardan biri hisoblanadi. Bu usul turli elementlarning juda past konsentratsiyadagi miqdorini aniqlash, ularning tarqalish xususiyatlarini solishtirish hamda potentsial ifloslanish manbalarini aniqlash imkonini beradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi — Farg‘ona viloyatidagi suv havzalarining elementar tarkibini ICP-OES usuli orqali aniqlash, og‘ir metallarning kontaminatsiya darajasini xalqaro ekologik me’yorlar bilan solishtirish hamda olingan natijalar asosida ularning hayvonlar fiziologiyasiga ehtimoliy integrativ ta’sirini baholashdir. Tadqiqot natijalari suv resurslarining real ekologik holatini ochib berish bilan birga, og‘ir metallarning biologik tizimlarga ta’sir mexanizmlarini tushunishda muhim ilmiy asos yaratadi. MATERIAL VA METODLAR. Tadqiqot uchun suv namunalari Farg‘ona viloyatidagi asosiy suv havzalaridan jami 10 ta suv namunasi olish orqali amalga oshirildi. Namuna olishda ekologik tozalikka rioya qilinib, steril polietilen idishlar ishlatildi. Har bir idish 500 ml hajmda bo‘lib, oldindan 10% li HNO₃ eritmasi bilan yuvilgan. Olingan suv namunalarida og‘ir metallarning miqdori induksion bog‘langan plazmali optik emissiya spektrometriya (IBP-OES) usulida aniqlangan[3]. Tahlillar Andijon davlat universiteti ilmiy- tadqiqot laboratoriyasida o‘tkazildi. Namunalardan 10 ml hajm olinib, 2ml kontsentratsiyalangan HNO₃ qo‘shildi va 50ml hajmgacha distillangan suv bilan to‘ldirildi. Har bir namuna 0,45 μm filtrlardan o‘tkazilib, 25°C haroratda saqlangan. IBP-OES asbobi uchun quyidagi ish rejimi tanlandi: Asbob: Thermo Fisher Scientific iCAP PRO X Duo ICP-OES RF quvvati: 1150 Vt Nebulizator gaz oqimi: 0,6 L/min Analiz vaqti: 15 soniya O‘lchash takrorlanishi: 3 marta Aniqlangan natijalar μg/L birlikda ifodalandi. O‘lchov aniqligi ±5 % dan oshmagan. Suvning elementar tarkibi ICP-OES (iCAP PRO X Duo, Thermo Fisher Scientific) asbobida aniqlangan bo‘lib, u ko‘p elementli tahlil uchun yuqori sezgirlikka ega[7]. 6 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tahlilni bajarishdan oldin 60 dan ortiq elementlar uchun standart ishchi eritmalar tayyorlandi va ulardan kalibrlash chiziqlari qurildi. Kalibrlash chiziqlarining mosligi R² ≥ 0,995 bo‘lgan holatlarda tahlil natijalari ishonchli deb qabul qilindi. Har bir namuna uch marotaba o‘lchandi, statistik xatolikni kamaytirish uchun o‘rtacha qiymatlar hisobga olindi. ICP-OES tahlili aksial va radial rejimlarda amalga oshirilib, har bir element uchun optimal emissiya to‘lqin uzunliklari tanlandi. Asbob parametrlarining barqarorligi (plazma gaz oqimi, nebulayzer tizimi, RF quvvati) tahlil dav
Доказательный фрагмент
«In this study, the elemental composition and degree of heavy metal contamination in the water bodies of the Fergana Region were determined using the ICP-OES method, and the results were compared with international env…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this study, the elemental composition and degree of heavy metal contamination in the water bodies of the Fergana Region were determined using the ICP-OES method, and the results were compared with international env… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fergana region, heavy metals, ICP-OES (Inductively Coupled Plasma Optical, suv havzalari., og‘ir metallar, тяжёлые металлы, Ферганская область, ICP-OES (Inductively Coupled Plasma Optical Emission Spectrometry), Farg‘ona viloyati, ICP-OES (индуктивно связанная плазменная оптическая эмиссионная спектрометрия), ICP-OES, water bodies., физиология животных, водоёмы., animal physiology, hayvonlar fiziologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025