К содержанию
РецензированоRU2025

RAQAMLI DIAGNOSTIKA VA UNING TAHLILLARINI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TAHLIL QILISH

YORDAMIDA TAHLIL QILISH · No‘monjonova Mashhuraxon A‘zamjon qizi · Qurbonov Pahlavon Sirojiddin o‘g‘li · Keywords: Digital diagnostics · Artificial intelligence

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В данной работе анализируются возможности и эффективность использования искусственного интеллекта в цифровой диагностике. Цифровая диагностика основывается на автоматической обработке данных, полученных с различных датчиков, медицинских изображений и цифровых измерений. Искусственный интеллект глубоко анализирует эти данные, что помогает раннему выявлению заболеваний, снижению ошибок и предоставлению точных прогнозов. В исследовании освещаются преимущества AI-алгоритмов, сферы их практического применения и их роль в оптимизации диагностических процессов. Ключевые слова: Цифровая диагностика, Искусственный интеллект, Прогнозирование, Алгоритм. Raqamli diagnostika hozirgi kunda juda keng qulayliklarni yaratmoqda. Masalan, MSKT, MRT, rentgen tekshiruvlarida mikron darajadagi o‘sma belgilari, yallig‘lanish o‘choqlari, qon tomirlar torayishi, o‘pka to‘qimasidagi infiltratlar yoki fibroz, miya strukturasidagi mikroshikastlanishlar kabi hujayra darajasida bo‘lgan kasalliklarni ham oldindan aniqlash orqali kasalliklarni erta aniqlash imkonini oshiradi. Bunday tahlillar bo‘yicha olingan natijalar davolashni ancha aniq va o‘z vaqtida baholashga yordam beradi. Raqamli diagnostika hozirgi zamon tibbiyotining eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kasalliklarni aniqlash, ularning rivojlanishini kuzatish va davolash jarayonlarini aniq boshqarishga imkon beruvchi 3 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ raqamli ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu jarayon turli xil datchiklar, laboratoriya uskunalari, tibbiy tasvirlash qurilmalari, biometrik sensorlar hamda mobil sog‘liq monitoringi tizimlari orqali to‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga oladi. Raqamli diagnostika natijalarini tahlil qilishda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari muhim o‘rin tutadi. AI algoritmlari katta miqdordagi ma’lumotlarni chuqur o‘rganish, ulardagi yashirin qonuniyatlarni aniqlash va odatda insonga ko‘rinmaydigan nozik o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Sun’iy intellektning qo‘llanilishi diagnostika jarayonining tezligi, aniqligi va ishonchliligini oshiradi. Sun’iy intellektning eng muhim imkoniyatlaridan biri — tibbiy tasvirlarni avtomatik tahlil qilish. Masalan, kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiya (MRT), rentgen tasvirlari yoki ultratovush natijalarini AI modellarida qayta ishlash orqali o‘smalar, yallig‘lanish jarayonlari, o‘pka va yurak kasalliklari kabi patologiyalarni erta bosqichda aniqlash mumkin. Ko‘plab AI tizimlari shifokorlarga qo‘shimcha yordam sifatida ishlaydi va diagnostika xatolarini sezilarli kamaytiradi. Bundan tashqari, AI biometrik ma’lumotlar — yurak urish tezligi, qondagi kislorod miqdori, qon bosimi, qand darajasi va boshqa ko‘rsatkichlarni real vaqtning o‘zida tahlil qilib, xavfli holatlar rivojlanishini oldindan bashorat qila oladi. Bu profilaktik tibbiyotni rivojlantirishda va kasalliklar erta bosqichda aniqlanishida muhim ahamiyatga ega. Raqamli diagnostika tizimlari sun’iy intellekt yordamida quyidagi afzalliklarni beradi:  Tezkor tahlil — insondan ko‘ra minglab ma’lumotlarni bir necha soniyada qayta ishlaydi.  Aniqlikning oshishi — AI tasvir va raqamli ma’lumotlardagi nozik farqlarni aniqlashi mumkin.  Shaxsga yo‘naltirilgan tibbiyot — ma’lumotlar asosida individual davolash rejalarini yaratish imkoniyati.  Rezorslarni optimallashtirish — shifokorlarning vaqtini tejaydi va diagnostika jarayonlarining samaradorligini oshiradi.  Kasalliklarni prognozlash — sun’iy intellekt model orqali kasallikning kelajakdagi rivojlanishini oldindan aytib beradi. Zamonaviy tibbiyotda AI asosidagi diagnostika tizimlari klinik amaliyotga kirib kelmoqda, masalan, yurak ritmini tahlil qiluvchi aqlli soatlar, ko‘z kasalliklarini aniqlovchi dasturlar, saraton hujayralarini aniqlaydigan neyron tarmoqlar va boshqalar. Maqsadi va vazifalari Raqamli diagnostika jarayonlarida olinadigan tibbiy ma’lumotlarni sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan holda tahlil qilish, diagnostika aniqligini oshirish, tibbiy qarorlarni qabul qilishni tezlashtirish hamda kasalliklarni erta aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish, vazifalari raqamli diagnostikaning nazariy asoslarini o‘rganish, sun’iy intellektning tibbiyotdagi qo‘llanilish tamoyillarini tahlil qilish va tibbiy tasvirlar hamda laboratoriya tahlillarini SI yordamida avtomatik tahlil qilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Qulayliklari (afzalliklari) Aniqlikning oshishi Raqamli tasvirlar va ma’lumotlar aniq o‘lchanadi, shuning natijasida diagnostika xatolari kamayadi. Sun’iy intellekt yordamida mayda o‘zgarishlar ham aniqlanishi mumkin. Tezkorlik 3 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tufayli tahlil natijalari tez olinadi, shifokor va bemor vaqtini tejaydi. Ma’lumotlarni saqlash va boshqarish qula

Доказательный фрагмент

«В данной работе анализируются возможности и эффективность использования искусственного интеллекта в цифровой диагностике.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной работе анализируются возможности и эффективность использования искусственного интеллекта в цифровой диагностике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Digital diagnostics, Artificial intelligence, Prediction, Algorithm, Цифровая диагностика, Raqamli diagnostika, prognozlash, sun’iy intellekt, Алгоритм., Algorithm., algoritm., Искусственный интеллект, Прогнозирование
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники