Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO'LAJAK SHIFOKORLAR ISH XUJJATLARINI YURITISHDA ZAMONAVIY KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI VAZIFALARI
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI VAZIFALARI · Kamoldinova Oydin Murodjon qizi · Qurbonov Pahlavon Sirojiddin o‘g‘li · Kalit so‘zlar: Zamonaviy kompyuter texnologiayalar · Keywords: Modern computer technologies
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается применение компьютерных технологий в деятельности врача при работе с документами, хранении, анализе и обмене медицинской информацией, а также их полезные аспекты в этих процессах. Ключевые слова: Современные компьютерные технологии, DMED, HIS, EMR. Zamonaviy tibbiyot tizimida kompyuter texnologiyalarining qo‘llanishi shifokorlarning hujjatlar bilan ishlash jarayonini tubdan yengillashtirdi. Raqamlashtirish jarayonlari keng joriy etilishi natijasida bo‘lajak shifokorlar uchun elektron hujjatlar, tibbiy ma’lumotlar bazalari va onlayn platformalar bilan ishlash muhim ko‘nikmalardan biriga aylandi. Bularga DMED, HIS, EMR kabi tizimlar kiradi. DMED (Digital medicine) Raqamli tibbiyot O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida “DMED” deb atalgan yagona tibbiy axborot tizimi qo‘llanilmoqda. 2024 yil 17 dekabrda sog‘liqni saqlash bo‘yicha № 384 buyrug‘i asosida birlamchi tibbiy muassasalarda DMED tizimini keng joriy etish boshlangani ma’lum qilingan. Hozirgi kunda ko‘plab poliklinikalar va birlamchi tibbiy muassasalarda DMED tizimi o‘rnatilgan. Tizim ichiga 24 million kishining elektron tibbiy kartalari yozilishi maqsad qilingan. DMED tizimida “Elektron retsept” modulini joriy qilish orqali dori retseptlari nazorati, shaffoflikni oshirishga intilish. Mobil ilovalar orqali bemorlar va tibbiyot xodimlariga qulayliklar taqdim etilmoqda: recept, analiz natijalari, shaxsiy kabinet. Bu UZINFOCOMning DMED tibbiyot raqamlashtirish loyihasi. Bu tizimda shifokor yoxud bosh shifokorni tanishingizning ahamiyati yo‘q, tizim sizning ID raqamingizni taniydi, xolos. Va, to‘g‘risini aytsam, men shu yerda raqamlashtirishning eng katta ahamiyatini his qildim: u tizimdagi boshboshdoqlikning oldini oladi. HIS (Health Information System) — tibbiyot muassasalarida tibbiy va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, avtomatlashtirish va boshqarish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi. HIS orqali: Bemor ma’lumotlari elektron tarzda saqlanadi (tibbiy karta, tashxislar, tahlillar). 3 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shifokorlar va hamshiralar ish jarayonlari avtomatlashtiriladi. Statistik va tahliliy ma’lumotlar shakllantiriladi. Elektron retseptlar, yo‘llanmalar, epikrizlar yaratiladi. Navbatlar, qabul tizimi va registratura boshqariladi. EMR (Electronic Medical Record) – Elektron tibbiy karta EMR – bu bemorning barcha tibbiy ma’lumotlarini raqamli shaklda saqlash va boshqarish tizimi. U an’anaviy qog‘oz tibbiy kartaning elektron ko‘rinishi bo‘lib, shifokorlar va tibbiyot muassasalari ishini yengillashtiradi. EMR nima qiladi? Bemorning tashxislari, tahlil natijalari va davolash tarixini saqlaydi. Shifokorlarga tezkor kirish imkonini beradi. Tahlil va diagnostik jarayonlarni tezlashtiradi. Ma’lumotlarni boshqa tibbiy xodimlar bilan xavfsiz almashish imkoniyatini beradi. Maqsadi va vazifalari Tibbiy xizmat sifatini oshirish, hujjat aylanishini optimallashtirish va byurokratiya kamaytirish; Bemorlar va shifokorlar o‘rtasida shaffoflikni oshirish, retsept yozish va nazorat qilishni avtomatlashtirish; Tizim ichida barcha tibbiy muassasalarni birlashtirish, ma’lumot almashish va monitoring imkoniyatini yaratish; Hamma aholining tibbiy kartalarini elektron shaklga o'tkazish, ma’lumotlarni markazlashtirish; Qulayliklari (afzalliklari) Shaxsiy ma’lumotga tez va qulay kirish: bemorlar o‘z analiz natijalari, retseptlari va tibbiy tarixini mobil ilova orqali ko‘ra oladi. Retsept nazorati: dorilarni noto‘g‘ri retseptsiz tarqatilishining oldini olish, dorilarni kuzatish imkoniyati. Hujjat aylanishini kamaytirish: qog‘oz hujjatlar ishlatilishi kamayadi, ma’lumotlar elektron shaklda saqlanadi. Tibbiy muassasalararo integratsiya: turli poliklinikalar, shifoxonalar va laboratoriyalar o‘rtasida ma’lumot almashish. Nazorat va audit imkoniyati: retsept yozilishi, dori chiqarilishi va tibbiy xizmatlar monitoring qilinishi mumkin. Yo‘qolgan vaqt va resurslarni tejash: bemorlar navbatda kutmasdan, internet orqali buyurtma qilish, vaqti tejash. Kamchiliklari va muammolari Texnik muammolar va infrastrukturaga ehtiyoj: barcha muassasalarda kerakli kompyuterlar, internet, serverlar bo‘lishi shart. Agar infratuzilma yetarli bo‘lmasa, tizim ishlamay qolishi mumkin. Xodimlarni o‘qitish va malaka: shifokorlar va boshqa xodimlar tizimdan foydalanishni o‘rganishi kerak — bu qo‘shimcha vaqt va xarajat talab qiladi. 3 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ma’lumot xavfsizligi va maxfiylik: elektron ma’lumotlar tizimida xavfsizlik muammolari bo‘lishi mumkin (kirib qolish, ma’lumotlar o‘g‘irlanishi). Texnik nosozliklar va uzilishlar: serverlarning ishdan chiqishi, tarmoq uzilishi, dastur xatolari. Ba’zi hududlarda qamrov cheklanganligi: ayniqsa chekka hududlarda yoki viloyat poliklinikalarida tizim hali joriy qilinmagan bo‘lishi mumkin. Ma’
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается применение компьютерных технологий в деятельности врача при работе с документами, хранении, анализе и обмене медицинской информацией, а также их полезные аспекты в этих процессах.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается применение компьютерных технологий в деятельности врача при работе с документами, хранении, анализе и обмене медицинской информацией, а также их полезные аспекты в этих процессах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Modern computer technologies, DMED, HIS, EMR, EMR., Современные компьютерные технологии, Zamonaviy kompyuter texnologiayalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024