К содержанию
РецензированоUZ2025

DO’STLIK: TUSHUNCHA VA MOHIYAT

Abdug’ofurov Bilolxon

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Islom ta’limotida do‘stlikning ma’naviy o‘rni, mo‘minlar o‘rtasidagi birodarlikning fazilatlari va Alloh roziligi uchun bo‘lgan muhabbatning ahamiyati yoritiladi. Qur’on oyatlari, sahih hadislar va salaf ulamolarining hikmatlari asosida haqiqiy do‘stlikning mohiyati, uning dunyo va oxiratdagi barakasi hamda jamiyatdagi ahamiyati sharhlanadi. Shuningdek, do‘stlikni mustahkamlaydigan amallar – salomni yoyish, birodarga yordam berish, ayb berkitish, manfaatdan holi muhabbat kabi fazilatlar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Do‘stlik, birodarlik, Islom axloqi, ayb berkitish, mehr-oqibat, salomlashish, mo‘minlar orasidagi birlik, Ibn Kasir, Imom Shofe’iy. Inson hayotida doʻstlikning oʻrni beqiyosdir. Chunki Alloh taolo insonni yolgʻiz emas, bir- biriga suyanchiq va madadkor qilib yaratgan. Qur’onda ham bandalarning o‘zaro mehr-oqibatda, birodarlikda yashashi ulugʻ fazilat sifatida ta’kidlanadi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam esa mo‘minlarning o‘zaro munosabatini bir-biri bilan bog‘langan mustahkam binoga o‘xshatib, mo‘minning mo‘minga doʻst, yordamchi va suyanch bo‘lishini buyurganlar. Shuning uchun doʻstlik faqat dunyoviy munosabat emas, balki qalblarni yaxshilik yo‘lida birlashtiradigan ilohiy ne’matdir. Haqiqiy doʻstlik iymonning jilosi, insonning ma’naviy kamoloti va pok niyatining belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ibn Hibbon "Rovzat ul - Uqola" degan kitobda doʻstlik haqida shunday deydi: "Haqiqiy doʻstlik shuki, u foydaga qarab oʻzgarib, moyil boʻlib ketmaydi va man etish uni buza olmaydi". Imom Shofe’iy rohimahulloh dedilar: “Kimki birodari bilan do‘stlik, birodarlikda sodiq bo‘lsa, uning illat va kamchiliklarini ham qabul qilaveradi, nuqson va kamchiliklarini to‘sadi hamda toyilishlarini kechiradi”. Ikki do‘st orasida uzoq davom etgan do‘stlik aloqasi ularning biri ikkinchisidan yoqtirmagan biron xislat ko‘rmaganini anglatmaydi. Balki bu hol u ikkisidagi o‘zaro ulkan hurmat va qalb pokligini va bu munosabat hech qachon parokanda boʻlmasligini anglatadi. Alloh Taolo ham doʻstlik haqida oʻzining kalomida aytadi: “U kunda do‘stlar bir-birlariga dushmandir, magar Alloh yo‘lida do‘stlashgan taqvodor zotlargina mustasno”. (Zuhruf surasi, 67-oyat.) Ibn Kasir rohimahulloh ushbu oyat tafsirida shunday deydilar: Ya’ni, Allohdan boshqa uchun bo‘lgan har qanday sadoqat va suhbat qiyomat kunida dushmanlik, adovatga aylanadi. Faqat Alloh azza va jalla uchun bo‘lganigina unday emas. Albatta u do‘stlik doimiyligida oxiratda ham bardavomdir. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 2 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo‘limdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasam, seni yaxshi ko‘raman. Men senga har namozdan keyin “Allohumma, a'inniy ala zikrika, va shukrika, va husni ibadatik” deyishni va buni tark qilmaslikni vasiyat qilaman», dedilar. (Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.) Mo‘minlar bir-birini Alloh uchun yaxshi ko‘rishi ulug‘ fazilat hisoblanadi. Bu muhabbat dunyoviy manfaat, vaqtinchalik kayfiyat yoki o‘tkinchi sabablarga emas, balki iymon, ixlos va xolis qalb bog‘lanishiga tayanadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘minlar o‘rtasidagi mehrning mustahkam bo‘lishi uchun bu muhabbatni izhor qilishni targ‘ib qilganlar. Miqdom ibn Ma’diy Karib roziyallohu anhuning rivoyatida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir odam birodarini yaxshi ko‘rsa, yaxshi ko‘rganini unga bildirib qo‘ysin», deganlar. (Bu hadisni Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.) Bu hadisdan ko‘rinadiki, yaxshi ko‘rishni aytish – faqat odob emas, balki mo‘minlar orasidagi muhabbatning ortishiga, qalblarning birlashishiga va dushmanlikning yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan amal sanaladi. Anas roziyallohu anhudan kelgan rivoyatda esa bu amal qanday bajarilishi o‘z aksini topgan. Bir sahoba aytadi: «Ey Allohning Rasuli, men falon kishini yaxshi ko‘raman». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Yaxshi ko‘rishingni unga bildirib qo‘ygin», deb buyurdilar. U sahoba borib: «Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman», deganda, o‘sha kishi: «Alloh uchun yaxshi ko‘rganing uchun Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin», deb javob qildi. (Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qilgan.) Bu holat mo‘minlarning o‘zaro mehr - muhabbati Allohning roziligi uchun bo‘lganida qalblar qanday uyg‘unlashishini ko‘rsatadi. Alloh roziligi uchun bo‘lgan muhabbat – dunyo ila oxiratni yoritadigan nurdir. Yana bir hadisda Yazid ibn Nu’ama Zabbiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Bir odam bir odam bilan do‘stlashsa, uning ismini, otasining ismini va qaysi nasabdan ekanini so‘rasin. Shunda do‘stlik bardavomroq bo‘ladi». (Termiziy rivoyati) Bu hadis ham do‘stlikning mustahkamlanishida mehr, e’tibor va insonni qadrlashning naqadar muhim ekanini o‘rgatadi. Hafs ibn G‘iyos aytadi: Sufyon Savriy Mujammiʼ Taymiyning oldiga kirdi. Sufyonning izorida yirtiq joyi bor edi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Islom ta’limotida do‘stlikning ma’naviy o‘rni, mo‘minlar o‘rtasidagi birodarlikning fazilatlari va Alloh roziligi uchun bo‘lgan muhabbatning ahamiyati yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Islom ta’limotida do‘stlikning ma’naviy o‘rni, mo‘minlar o‘rtasidagi birodarlikning fazilatlari va Alloh roziligi uchun bo‘lgan muhabbatning ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mo‘minlar orasidagi birlik, mehr-oqibat, Islom axloqi, birodarlik, Do‘stlik, ayb berkitish, salomlashish, Ibn Kasir, Imom Shofe’iy.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники