К содержанию
РецензированоRU2025

VITAMINLAR VA BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR

Qayumova Dinara · N.A. Abzalova

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В данной научной статье рассматриваются роль, классификация, физиологические функции и химический состав витаминов и биологически активных добавок. Научно обосновано их значение в обмене веществ, укреплении иммунной системы, профилактике и лечении заболеваний. Приведены источники витаминов, нормы потребления, причины гипо- и гипервитаминозов и способы их профилактики. Ключевые слова: витамины, БАД, обмен веществ, иммунитет, гиповитаминоз, гипервитаминоз, физиология, микроэлементы. Vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar (BAA) zamonaviy tibbiyot, dietologiya, farmakologiya va gigiyena fanlarida eng dolzarb mavzulardan biri sanaladi. Inson organizmi to‘qima va hujayralarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi, energiya almashinuvi, immun tizimi mustahkamligi, gormonlar sintezlanishi, nerv impulslarini uzatish, yurak-qon tomir tizimining barqarorligi, suyak tizimining rivojlanishi hamda psixologik barqarorlik kabi asosiy biologik jarayonlarning barchasi vitaminlar ishtirokisiz sodir bo‘lmaydi. Tabiiy vitaminlar organizmda sintez qilinmagani yoki juda oz miqdorda ishlab chiqarilgani sababli, ularni ovqat mahsulotlari, biologik faol moddalar yoki farmatsevtik preparatlar orqali qabul qilish majburiy hisoblanadi. Bugungi kunda aholining ko‘p qismi noto‘g‘ri ovqatlanish, ekologik omillar, stress, jismoniy va aqliy zo‘riqish natijasida vitamin tanqisligiga duch kelmoqda. 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oziq-ovqat mahsulotlarida tabiiy vitaminlar miqdorining kamayib borishi, noto‘g‘ri saqlash, termik ishlov berish, kimyoviy o‘g‘itlar va pestitsidlar qo‘llanilishi vitaminlarning tabiiy manbalarini kamaytirib yubormoqda. Bu esa gipovitaminoz, giperavitaminoz hamda polivitaminoz kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, immunitetning pasayishi, asab tizimi buzilishi, yurak-qon tomir kasalliklari, endokrin tizim faoliyati izdan chiqishi kabi patologiyalar ham vitamin tanqisligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli biologik faol qo‘shimchalarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. Biologik faol qo‘shimchalar vitaminlar, mineral moddalar, mikroelementlar, probiotiklar, aminokislotalar, fermentlar, fitonutriyentlar va boshqa biologik faol birikmalardan tashkil topib, organizmning tabiiy fiziologik ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Ularning qo‘llanilishi kasalliklarning oldini olish, profilaktika, tiklanish davri, reabilitatsiya, immunoterapiya hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. BAA tarkibidagi bioaktiv moddalar farmakologik preparatlarga nisbatan yumshoq ta’sir qiladi, organizmga mos ravishda so‘riladi, tabiiy muvozanatni buzmaydi va uzoq muddatli samaradorlikka ega. Shuni ta’kidlash kerakki, vitamin va biologik qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llash uchun ularning kimyoviy tuzilishi, farmakologik ta’siri, fiziologik roli, qabul qilish me’yorlari, bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlari, organizmga ta’sir mexanizmlari haqida aniq ilmiy bilimlarga ega bo‘lish zarur. Ayniqsa, farzandlar, homilador ayollar, keksa yoshdagilar, sportchilar, ruhiy va jismoniy zo‘riqish ostida bo‘luvchi kasb egalari uchun vitamin va BAAlarning individual dozasi, qabul qilish muddati va shakllari ilmiy yondashuv asosida belgilanishi lozim.Shu nuqtai nazardan vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalarning organizmda tutgan o‘rni, ularning turlari, vazifalari, foydali va zararli jihatlari, qo‘llanilish sohasi, profilaktik va terapevtik ahamiyatini ilmiy tahlil qilish, shuningdek, ularning zamonaviy dori-darmonlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biridir. Mazkur maqola ushbu yo‘nalishda ilmiy-nazariy asoslangan yondashuvlarni ko‘rsatib, vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar haqidagi ilmiy qarashlarni yanada boyitishga xizmat qiladi. Vitaminlar organizmda sintez qilinmaydigan yoki juda oz miqdorda ishlab chiqariladigan, lekin hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan organik birikmalardir. Ular suvda eruvchi (B guruhi, C) va yog‘da eruvchi (A, D, E, K) vitaminlarga bo‘linadi. Suvda eruvchilar tez so‘riladi va ortiqcha miqdori siydik orqali chiqariladi, yog‘da eruvchilar esa jigarda va yog‘li to‘qimalarda to‘planadi.Vitaminlarning asosiy vazifasi fermentativ reaksiyalarni faollashtirish va modda almashinuvi jarayonlarini boshqarishdir. Masalan, A vitamini ko‘rish jarayonida ishtirok etadi, E vitamini antioksidant hisoblanadi, C vitamini immun tizimini mustahkamlaydi, D vitamini suyak to‘qimasida kalsiy almashinuvini ta’minlaydi.BAA tarkibiga vitaminlar, aminokislotalar, probiotiklar, minerallar, fermentlar va fitonutriyentlar kiradi. Ular profilaktik, parxez va terapevtik maqsadlarda qo‘llaniladi. BAAlar inson organizmini tabiiy oziqlantiradi, nerv tizimiga, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish va endokrin tizimlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vitamin yetishmovchiligi (gipovitaminoz) kam ovqatlanish, stress, virusli kasalliklar, antibiotiklar qabul qilish kabi omillar natijasida yuzaga k

Доказательный фрагмент

«В данной научной статье рассматриваются роль, классификация, физиологические функции и химический состав витаминов и биологически активных добавок.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной научной статье рассматриваются роль, классификация, физиологические функции и химический состав витаминов и биологически активных добавок. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vitamins, dietary supplements, metabolism, immune system, hypovitaminosis, giperavitaminoz, physiology, micronutrients., gipovitaminoz, mikroelementlar., biologik faol qo‘shimchalar, микроэлементы., физиология, обмен веществ, vitaminlar, immun tizimi, витамины, БАД, modda almashinuvi, organizm fiziologiyasi, гиповитаминоз, гипервитаминоз, иммунитет, hypervitaminosis
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники