К содержанию
РецензированоUZ2025

ETNOPEDAGOGIKA FANINING PREDMETI, FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA BOSHQA FANLAR BILAN BOG’LIQLI

Komiljonova Tabassum G’ulomboy qizi · Komiljonova Sarvinoz G’ulomboy qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This thesis describes the modern appearance of the discipline of ethnopedagogy, its subject, goals and objectives, as well as its integration with other disciplines. This discipline is a process of familiarizing students with the rich spiritual and educational heritage and pedagogical ideas accumulated by our people in terms of moral, educational and upbringing views. Therefore, studying the discipline of ethnopedagogy is considered a requirement of the time. Keywords: Ethnopedagogy, education, upbringing, pedagogical idea, subject, goal, task, value, tradition, ritual, value. Etnopedagogika — bu xalqning tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan tarbiya tajribasi, milliy pedagogik qarashlar, qadriyatlar, urf-odatlar, odob-axloq me’yorlari va tarbiyaviy an’analarni ilmiy o‘rganuvchi fan hisoblanadi. ‘zbek xalqining o‘tmishdagi tarixiy tajribasi, ma’naviy, madaniy, ijtimoiy hayoti, oilada farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalami ilmiy jihatdan toMa bilish uning kelajakdagi taraqqiyot yoMini aniq belgilab beradi. Zero, o‘z elining murakkab tarixini, etnik xususiyatlari va pedagogik g‘oyalarini aniq bilish ma’naviy barkamollikni ta’minlovchi bir omildir. Fanning predmeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. turli xalqlarning milliy tarbiya tizimi va uning shakllanish jarayoni; 2. etnik guruhlar o‘rtasidagi tarbiyaviy umumiyliklar va farqlar 3. an’anaviy tarbiya vositalari (maqol, matal, ertak, afsona, marosimlar, o‘yinlar va h.k.); 236 Noyabr, 2025-Yil 4. yosh avlodni ma’naviy-axloqiy kamolotga yetkazishda xalq pedagogikasining o‘rni; 5. milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning zamonaviy talablari va yo‘nalishlari. Etnopedagogika ijtimoiy hayotda shakllangan tarbiyaviy merosni tizimli tahlil qiladi va zamonaviy pedagogik jarayonga integratsiya qilish yo‘llarini o‘rganadi. Etnopedagogikaning bosh maqsadi — yosh avlodni tarbiyalashda xalqning boy ma’naviy merosi, an’analari va qadriyatlarini ilmiy asosda o‘rganish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etishdir. Maqsad quyidagilar bilan izohlanadi: milliy o‘zlikni anglashni chuqurlashtirish; ma’naviy, axloqiy, estetik va vatanparvarlik tarbiyasini milliy asosda shakllantirish; ta’limda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligini ta’minlash; milliy pedagogik merosni ilmiy asosda tizimlashtirib, yoshlar tarbiyasida undan foydalanish. Etnopedagogikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Xalq pedagogik merosini o‘rganish – ertaklar, dostonlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, milliy o‘yinlar va marosimlarning tarbiyaviy mohiyatini ilmiy tahlil qilish. Milliy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish – hozirgi davr talablariga mos milliy tarbiya modelini takomillashtirish. Milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish usullarini aniqlash – ta’lim jarayonida samarali metod va texnologiyalarni qo‘llash. Turli xalqlarning tarbiyaviy tajribasini solishtirish – etnoslararo umumiylik va farqlarni aniqlash orqali ko‘p millatli jamiyatda barkamol avlod tarbiyasini rivojlantirish. Pedagogik kadrlarda etnik madaniyatga hurmat hissini shakllantirish – o‘qituvchilarni milliy tarbiya asoslari bilan qurollantirish. Tarixiy merosni zamonaviy ta’limga integratsiya qilish – xalq pedagogikasining bugungi ta’lim jarayoni bilan uyg‘unligini ta’minlash. Etnopedagogika ko‘plab gumanitar fanlar bilan uzviy bog‘liq: 1. Pedagogika bilan bog‘liqligi Pedagogika umumiy tarbiya qonuniyatlarini o‘rganadi, etnopedagogika esa ushbu jarayonning milliy xususiyatlarini tahlil qiladi. Etnopedagogika pedagogikaning milliy asosini boyitadi va uni xalq tajribasi bilan to‘ldiradi. 2. Etnologiya va antropologiya bilan bog‘liqligi Etnologiya xalqning etnik tarkibi, turmush tarzi, madaniyatini o‘rgansa, etnopedagogika ana shu madaniyatdagi tarbiyaviy qadriyatlarni tadqiq qiladi. 3. Folklorshunoslik bilan bog‘liqligi Ertaklar, dostonlar, maqollar va afsonalar xalq pedagogikasining asosiy manbai hisoblanadi. Folklor materiallarini tahlil qilish etnopedagogik tadqiqotlarning asosiy qismidir. 4. Tarix fani bilan bog‘liqligi Tarixiy voqealar, davrlar va davlatchilik an’analari milliy tarbiya tizimini shakllantirgan. Etnopedagogika milliy tarbiya evolyutsiyasini tarixiy jarayon bilan bog‘lab o‘rganadi. 237 Noyabr, 2025-Yil 5. Psixologiya bilan bog‘liqligi Bola psixologiyasi milliy tarbiya jarayonida qaysi metodning samarali bo‘lishini belgilaydi. Etnopsixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, milliy xarakter, temperament va dunyoqarashning shakllanishini o‘rganadi. 6. Sotsiologiya bilan aloqasi Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, oilaviy muhit, guruhlar va institutlar tarbiyaga ta’sir qiladi. Etnopedagogika ushbu jarayonni milliy an’analar bilan bog‘laydi. Xulosa Etnopedagogika xalqning ko‘p asrlik tarbiyaviy tajribasini ilmiy asosda o‘rganadigan, milliy qadriyatlar va tarixiy meros asosida barkamol avlod tarbiyasini shakllantiradigan muhim fan hisoblanadi. Uning maqsad-vazifalari milliy o‘zlikni mustahkamlash, ma’naviy yuksalishni ta’minlash va ta’lim jarayonini milliy an’analar bilan boyitishga

Доказательный фрагмент

«This thesis describes the modern appearance of the discipline of ethnopedagogy, its subject, goals and objectives, as well as its integration with other disciplines.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis describes the modern appearance of the discipline of ethnopedagogy, its subject, goals and objectives, as well as its integration with other disciplines. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ethnopedagogy, education, upbringing, pedagogical idea, subject, goal, task, tarbiya, ta’lim, Etnopedagogika, vazifa, urf-odat, predmet, marosim, qadriyat., maqsad, pedagogik g’oya, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники