Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK SAMARALARNI BERUVCHI YANGICHA YONDASHUV TEXNOLOGIYALARNI YARATISH VA FOYDALANISH YO‘LLARI
Raimova Nodira Farhadovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ta’limning о‘ziga xos xususiyatlari yuqori darajadagi metodologik madaniyat, bilish va faoliyat usullarini mukammal egallaganlik darajasi, ustoz- shogird an’analari va zamonaviy rivojlanish holati keng yoritilgan. Talabalarning bilim, kо‘nikma va malaka egallashlarini takomillashtirish, intellektual va jismoniy kamolotini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, uni insonparvarlashtirish, uning uzviyligi va uzluksizligi, rivojlantiruvchi va ijtimoiylashtiruvchi maqsadlarini ta’minlash zarurati yuritilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy faoliyat, texnologiya, raqobatbardosh, innovatsion ta’lim, barkamol avlod tarbiyasi, kreativ. Jahon oliy ta’lim muassasalarida bо‘lajak mutaxassislarda bilimlarni о‘zlashtirish va kasbiy faoliyat modelini loyihalashtirish kо‘nikmalarini rivojlantirishga yо‘naltirilgan yangi konseptual yondashuvlarni ishlab chiqish zarurati kun tartibiga qо‘yilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim tizimining rivojlanishi pedagog xodimlar va talabalar oldiga qator vazifalarni qо‘yadi. Ayniqsa, oliy ta’limni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqdir. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Rossiya va boshqa kо‘plab davlatlar oliy ta’lim muassasalari talabalariga innovatsion texnologiyalar yordamida о‘qitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turli murakkab professional masalalarni hal qilishga qodir yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga bо‘lgan talab ham kuchaymoqda. Mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish faqat Davlat ta’lim standartida belgilangan о‘qitish darajasiga qо‘yiladigan malaka talablari asosidagina amalga oshirilmaydi. Bilish va bilish usullari organik bir butunlikka birlashtirilishi kerak. Bularning barchasi mutaxassislar tayyorlash mazmuni va darajasiga qо‘yiladigan talablarni, ta’limning milliy ta’limotida aks etgan kognitiv, kasbiy, kommunikativ va aksiologik faoliyat usullarini о‘z ichiga oluvchi metodologik madaniyatni shakllantirish masalalarini о‘z ichiga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ta’limning о‘ziga xos xususiyati yuqori darajadagi metodologik madaniyat, bilish va faoliyat usullarini mukammal egallaganlik darajasi bilan izohlanadi. Dunyo miqyosida yetakchi ta’lim muassasalarida talabalar faoliyatini yangi mazmunda tashkil qilish orqali yuksak salohiyatli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga oid tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Talabalarning bilim, kо‘nikma va malaka egallashlarini takomillashtirish, intellektual va jismoniy kamolotini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, uni insonparvarlashtirish, uning uzviyligi va uzluksizligi, rivojlantiruvchi va ijtimoiylashtiruvchi maqsadlarini ta’minlash dolzarb hisoblanadi. Talabalar innovatsion ta’lim faoliyatini doimiy takomillashtirishda ularning kreativligi, ijodkorligini oshirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. 222 Noyabr, 2025-Yil Xalqaro miqyosda shaxsning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, uning metodik amaliyotini takomillashtirish, oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash, integratsiyalash, kompetensiyalarga asoslangan ta’lim dasturlarini joriy etish, ilg‘or innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqish, talabalarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim-tarbiyadagi sifat о‘zgarishlar va yuqori samaradorlik kо‘proq milliy pedagogikamizning tarixiy ildizlari va zamonaviy yutuqlarini yoshlar ongiga singdirishni qay darajada olib borilganligiga bog‘liq bо‘lib, u barkamol avlod tarbiyasida mustahkam asos bо‘ladi. Ta’lim-tarbiya berish bо‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi innovatsion jarayon bо‘lib, oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondashuv texnologiyalarni yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bu talablarni bajarish ta’lim-tarbiya jarayonini ilm-fan va texnologiyalarning eng sо‘nggi yutuqlari asosida zamon talablarini hisobga olgan holda tashkil etish muammosi mavjudligini kо‘rsatadi. Pedagogik texnologiya doirasida yaratilgan turli xil didaktik konstruksiyalarga murojaat qilish esa о‘quv jarayonini tashkil qilishga oqilona va ijodiy yondashishga, bunda о‘qituvchi о‘z erkinligiga ega bо‘lishi, darsda qо‘llanilgan turli shakl, uslub va vositalar samaradorligi, о‘zi baholashiga imkoniyat yaratadi. Shuni ta’kidlash lozimki, pedagogik texnologiya tamoyillari va qoidalariga amal qilish, о‘quv jarayoni mazmunini talaba shaxsiga, uning qiziqishlari, intilishlari, yosh davrlari xususiyatlariga va individual о‘zlashtirish sur’atlariga muvofiq holda olib borilishini ta’minlaydi. Zamonaviy jamiyat juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, natijada insonning innovatsion qobiliyati va inson resurslari munosabatlarning barcha darajalarida yangilik qilishga tayyor bо‘lishga undaydi. Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi yangiliklarsiz mumkin emas. О‘zgarish davrida shaxsning, shuningdek, butun jamiyatning muvaffaqiyati ularning turli xil yangiliklarni qabul qilish va ulardan foydalanish qobiliyatig
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’limning о‘ziga xos xususiyatlari yuqori darajadagi metodologik madaniyat, bilish va faoliyat usullarini mukammal egallaganlik darajasi, ustoz- shogird an’analari va zamonaviy rivojlanish holati keng…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’limning о‘ziga xos xususiyatlari yuqori darajadagi metodologik madaniyat, bilish va faoliyat usullarini mukammal egallaganlik darajasi, ustoz- shogird an’analari va zamonaviy rivojlanish holati keng… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kasbiy faoliyat, innovatsion ta’lim, barkamol avlod tarbiyasi, texnologiya, raqobatbardosh, kreativ.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияШарипов Миржалол2025