К содержанию
РецензированоRU2025

SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI

TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI · Yusufaliyeva Gulnora Abduraxmonovna · Xidirbayev Sherali Yeraliyevich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются теоретические основы, сущность, преимущества и эффективность личностно-ориентированных образовательных технологий в процессе воспитания. Кроме того, научно анализируется педагогико- психологическое значение личностно-ориентированного подхода, его роль в развитии личности учащегося и влияние на результативность воспитательного процесса. Ключевые слова: процесс воспитания, личностно-ориентированное обучение, педагогическая технология, индивидуализация, гуманизм, воспитатель, социальная компетенция. Bugungi globallashuv davrida ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik, demokratiya va innovatsiyalar asosida takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchini ta’lim jarayonining markaziga qo‘yadi, uning ehtiyojlari, qiziqishlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya jarayonida bu texnologiyadan foydalanish shaxsning mustaqil fikrlashi, ijtimoiy faolligi va axloqiy fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan zamonaviy ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ta’lim tizimining eng muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki bugungi kunda ta’lim jarayoni faqat bilim berish bilan cheklanmay, balki o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishni, uning ijtimoiy, axloqiy va ruhiy yetukligini ta’minlashni ham ko‘zda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim – bu o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchini ta’lim-tarbiya jarayonining markaziga qo‘yadigan, uning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, qiziqishini inobatga oladigan pedagogik yondashuvdir. Tarbiya jarayonida bu texnologiyaning ahamiyati beqiyosdir. 211 Noyabr, 2025-Yil Chunki tarbiya – bu insonning butun hayoti davomida davom etadigan, uning ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy fazilatlarini shakllantiruvchi uzluksiz jarayondir. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar tarbiyada insonparvarlik, ishonch va o‘zaro hurmat tamoyillariga tayanadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi — bu pedagogik faoliyatda o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladigan o‘qitish va tarbiyalash jarayonidir. Bu texnologiya o‘quvchining mustaqil fikrlashini, ijodkorligini, o‘zini anglash va o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. An’anaviy ta’lim tizimida o‘quvchi ko‘proq bilim oluvchi obyekt sifatida qaralgan bo‘lsa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda u faol subyekt, ya’ni ta’lim jarayonining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanadi. O‘qituvchi esa bu jarayonda yo‘naltiruvchi, maslahat beruvchi va rag‘batlantiruvchi rolini bajaradi. Tarbiya jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning o‘ziga xosligi shundaki, u har bir tarbiyalanuvchining ichki dunyosini, qiziqishlarini va ehtiyojlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni bir xil me’yorda emas, balki ularning ehtiyoj va qobiliyatiga mos tarzda tarbiyalaydi O‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlashda ularning hissiyotlarini, xarakterini va ijtimoiy tajribasini hisobga olib, ularning shaxs sifatida o‘sishiga imkon yaratadi.. Bu jarayon tarbiyachidan yuqori darajada pedagogik mahorat, psixologik sezgirlik va muloqot madaniyatini talab etadi. F. Kadirova ta’kidlaganidek, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning samarasi tarbiyachi va o‘quvchi o‘rtasidagi ijobiy psixologik muhitga bog‘liq. Bunda o‘quvchi o‘z fikrini erkin bildirishga, o‘z qarorini asoslashga va o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni his etishga o‘rganadi. Pedagogik adabiyotlarda (Yo‘ldoshev J.G., Hasanboeva O., Abduqodirov A.) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim insonparvarlik g‘oyalariga tayanadigan, o‘quvchi shaxsining o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradigan ta’lim modeli sifatida talqin etiladi. Bu yondashuv o‘qituvchidan o‘quvchi faoliyatini boshqarish emas, balki unga sharoit yaratish, yo‘naltirish va rag‘batlantirishni talab etadi. Bunday texnologiya individuallashtirish, hamkorlik, refleksiya va faollik tamoyillariga asoslanadi. Ya’ni: • shaxsga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; • tarbiyalanuvchining fikrini eshitish va inobatga olish; • hamkorlik va ishonch asosidagi muloqotni yo‘lga qo‘yish; • har bir o‘quvchining muvaffaqiyatini e’tirof etish va rag‘batlantirish. Shaxsga yo‘naltirilgan tarbiya natijasida o‘quvchilar o‘z fikrini erkin ifoda etishni, mas’uliyatni his qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganadilar. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining tarbiya jarayonidagi afzalliklarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 1. Individuallikka tayanadi. Har bir tarbiyalanuvchining qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga oladi. 2. Motivatsiyani kuchaytiradi. O‘quvchi o‘z muvaffaqiyatini his qiladi, ta’limga ijobiy munosabat shakllanadi. 3. Ijodkorlikni rivojlantiradi. Har bir shaxs o‘z fikrini mustaqil tarzda bildirish, yangi g‘oyalar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 4. Ijtimoiy faollikni oshiradi. O‘quvchi jamoada o‘z o‘rnini topadi, boshqalar fikriga hurmat bilan qar

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются теоретические основы, сущность, преимущества и эффективность личностно-ориентированных образовательных технологий в процессе воспитания.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются теоретические основы, сущность, преимущества и эффективность личностно-ориентированных образовательных технологий в процессе воспитания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
upbringing process, learner-centered education, pedagogical technology, личностно-ориентированное обучение, социальная компетенция., educator, процесс воспитания, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, гуманизм, humanism, ijtimoiy kompetensiya., tarbiyachi, insonparvarlik, воспитатель, tarbiya jarayoni, pedagogik texnologiya, individualization, индивидуализация, social competence., педагогическая технология, individuallashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники