К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI MEHNAT QILISH ERKINLIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

ERKINLIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI · Jiyanova Shohidaxon Mahsumovna · Abduvahobova Maftuna Zayniddin qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This thesis analyzes the constitutional foundations of the right of citizens of the Republic of Uzbekistan to freedom of labor. Labor freedom is recognized as one of the fundamental constitutional rights of individuals, and the study highlights its legal guarantees, mechanisms for practical implementation, and consistency with the Labor Code and other normative legal acts. In addition, the legal responsibilities and practical roles of state authorities, employers, and citizens in ensuring labor freedom are examined. The research findings have significant theoretical and practical relevance for the development of labor law, protection of human rights, and promotion of social justice. Keywords. Labor freedom, constitutional rights, human dignity, prohibition of forced labor, new Labor Code, Constitution of the Republic of Uzbekistan, fair working conditions, labor relations, legal guarantees, social justice, employment policy, labor inspection, decent work, international labor standards, human rights, economic independence, employment contract, employee rights, employer obligations, International Labour Organization (ILO). Kirish. Inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning mehnat qilish erkinligini kafolatlash va ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etish har qanday demokratik davlatning asosiy maqsadlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklarini tan olish va ularga rioya etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi 174 Noyabr, 2025-Yil sifatida belgilangan. Shu nuqtayi nazardan, mehnat qilish erkinligi mamlakatimizda inson huquqlarining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Mehnat qilish erkinligi deganda, har bir fuqaroning o‘z xohishiga ko‘ra kasb tanlash, mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki qilmaslik, mehnat shartlarini erkin belgilash hamda majburiy mehnatdan himoyalanish huquqi tushuniladi. Bu huquqning konstitutsiyaviy mustahkamlanishi O‘zbekiston Respublikasining 37-moddasida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deb belgilangan. Ushbu norma mehnat erkinligini insonning asosiy tabiiy huquqi sifatida tan olganini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mehnat sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, fuqarolarning mehnat qilish erkinligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy baza takomillashtirildi. Xususan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, Bandlik to‘g‘risidagi qonun, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) konvensiyalarini ratifikatsiya qilish kabi hujjatlar mehnat erkinligi tamoyilining amaliy asoslarini mustahkamladi. Mehnat qilish erkinligi prinsipi faqat huquqiy me’yor emas, balki iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy himoya va inson qadr-qimmatini ta’minlovchi muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli, ushbu prinsipning konstitutsiyaviy asoslarini chuqur o‘rganish, uning amaldagi qonunchilikdagi ifodasi va qo‘llanilish mexanizmlarini tahlil etish bugungi kunda dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, mehnat qilish erkinligi har bir fuqaroning iqtisodiy mustaqilligini, o‘z mehnati orqali yashash huquqini va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etish imkoniyatini ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu huquqning buzilishi inson sha’niga, adolat tamoyiliga va demokratik qadriyatlarga zid hisoblanadi. Shu sababli, ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat qilish erkinligining konstitutsiyaviy asoslari, ularning huquqiy kafolatlari, amaliyotdagi tatbiqi hamda xalqaro mehnat huquqi me’yorlari bilan uyg‘unligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning ilmiy natijalari mehnat huquqini rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish va konstitutsiyaviy qadriyatlarni mustahkamlashda nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi. Asosiy qism 1. Mehnat qilish erkinligining konstitutsiyaviy mohiyati O‘zbekiston Respublikasining 2023-yilgi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi inson huquqlarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etib, mehnat qilish erkinligini fuqarolarning asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri sifatida mustahkamladi. Asosiy Qonunning 42-moddasida quyidagicha belgilangan: “Har bir shaxs mehnat qilish, kasbni erkin tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.” Shuningdek, 44-moddada “majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi, sud hukmi bilan jazoni o‘tash yoki favqulodda holatlarda davlat ehtiyoji uchun bajariladigan mehnat bundan mustasno” deb aniq qayd etilgan. Ushbu normalar mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsipining konstitutsiyaviy asosini tashkil etadi. Konstitutsiyada mehnat erkinligi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va axloqiy qadriyat sifatida ham mustahkam o‘rin egallagan. Bu huquq har bir fuqaroning o‘z mehnati orqali jamiyat farovonligiga hissa qo‘shish, iqtisodiy mustaqillikka erishish va o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini ta’minlaydi. 175

Доказательный фрагмент

«This thesis analyzes the constitutional foundations of the right of citizens of the Republic of Uzbekistan to freedom of labor.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis analyzes the constitutional foundations of the right of citizens of the Republic of Uzbekistan to freedom of labor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Labor freedom, constitutional rights, human dignity, prohibition of forced, International Labour Organization (ILO)., social justice, employee rights, ijtimoiy adolat, adolatli mehnat sharoitlari, Constitution of the Republic of Uzbekistan, inson huquqlari, munosib mehnat, new Labor Code, mehnat shartnomasi, fair working conditions, legal guarantees, mehnat munosabatlari, majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat inspeksiyasi, labor inspection, huquqiy kafolatlar, xodim huquqlari, employer obligations, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, konstitutsiyaviy huquqlar, economic independence, human rights, inson qadr-qimmati, ish beruvchi majburiyatlari, international labor standards, labor relations, employment contract, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)., employment policy, prohibition of forced labor, Mehnat erkinligi, xalqaro mehnat standartlari, bandlik siyosati, iqtisodiy mustaqillik, yangi Mehnat kodeksi, decent work
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники