К содержанию
РецензированоUZ2025

OILA VA MAKTAB HAMKORLIGI IJTIMOIY PEDAGOGIKA NUQTAI NAZARIDA

Ochilova Dilso'z Ikrom qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada oila va maktab hamkorligi ijtimoiy pedagogika nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Unda bolaning shaxs sifatida shakllanishida oila va maktabning o‘zaro aloqasi, ijtimoiy pedagogning bu jarayondagi roli hamda hamkorlikning asosiy shakllari yoritilgan. Shuningdek, hamkorlikning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, uning bola ijtimoiylashuvi va tarbiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: oila, maktab, ijtimoiy pedagogika, hamkorlik, bola tarbiyasi, ijtimoiylashuv, pedagogik muloqot, ijtimoiy muhit. Oila va maktab — bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng muhim ijtimoiy institutlardir. Ijtimoiy pedagogika nuqtai nazaridan bu ikki muhitning hamkorligi bola tarbiyasi, ijtimoiylashuvi, qadriyatlarni o‘zlashtirishi va jamiyatga moslashuvi uchun asosiy omil hisoblanadi.Oila va maktab uzviy hisoblanadi.Bola birinchi navbatda oiladan tarbiya oladi Ota onasi qanday tarbiya bersa bola ham shu yo'nalish bo'yicha ketadi.Oila bolaning birlamchi manbai hisoblanadi Maktab esa ta'lim va ijtimoiylashuvni yo'naltiruvchi muassasa.Ijtimoiy pedagogika bu ikki tizm o'rtasida ko'prik vazifasini bajaradi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi, didiga ta`sir ko`rsatadi. Oila a`zolarining ma`naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Oilada kundan-kun kamolga yetib borayotgan farzand atalmish ne`mat, eng avvalo, shu oilaning azaliy qadriyatlariga, urf-odat va an`analariga to`la amal qilmog`i, qolaversa, ota-onaning o`zi farzandiga ibrat bo`la olishi lozim. Bolani kelajakda kim bo'lib yetishib chiqishi ota ona va maktab ta'limiga bog'liq bo'ladi. Bolaga yoshligdan ta'lim yo'nalishiga boshqarsa shu yo'nalish bo'yicha ketadi. Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda maktabni oila bilan mustahkam bog`lamay turib tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo`lmaydi. Estetik, axloqiy va tarbiyaviy sifatlar kundalik hayot ehtiyojiga aylanib, ular oilaviy ijtomoiy tarbiya orqali tarkib toptiriladi va kamol topadi. Oilaviy tarbiya mazmunining tashkil etilishiga dastlabki ta`sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qiladi. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajarishda, ijobiy hal etishda ota-onalar o`rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid targ`ibotlarning roli benihoyadir. Chunki ota- onalarzamonaviy, ruhiy, ta`lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirilmay turib, oilaviy tarbiyani yo`lga qo`yib bo`lmaydi. Oilaviy-tarbiyaviy targ`ibotda eng yaxshi oilalar namunasida ta`sir ko`rsatish eng maqbul yo`ldir. Maktabni oila bilan bog`lovchi vosita bu o`qituvchidir. O`quvchilar bilan ishlash, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta`minlash orqali ota-onalarga ta`sir ko`rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvoviqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini ta`minlovchi Ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo`lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo`lmaydi. Jumladan, “Bolangiz qanday o`qishini bilasizmi?”, “Bolangizning odobi haqida suhbatlashaylik.”, “Mustaqil hayot bo`sag`asida" kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarning o`z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayg`urishlariga sabab bo`ladi. 153 Noyabr, 2025-Yil Bolani yoshi o'sib borgani sayin fikrlash doirasi ham kengayib boradi. Bolani maktabga qiziqishini o'qituvchi ta'minlaydi. Ota ona bolani qay tarzda maktabga borayotganiga e'tiborli bo'lishi lozim. Maktabdan bolani kitob daftarlarini tekshirish kundaligiga qanday baho olayapti, qaysi fanlarda faol, qaysi fanlarga qiziqadi ota onalar bunga e'tiborli bo'lishi zarur. Hozirgi texnolagiyalar rivojlangan davr hisoblanadi. Internet tarmoqlarida har xil saytlar rivojlanib ketgan. Bolalar o'zlari bilmagan holda Turli pulli o'yinlarga kirib ketishmoqda. Maktabda o`qitiladigan har bir dars, ayniqsa. “Milliy g`oya va ma`navayat asoslari” fani mavzularini yoritishda, ma`naviyat soatlarida o`quvchilarga oila ma`naviyatiga oid berayotgan har qanday ma`lumotimiz puxta o`ylangan va chuqur mulohazali bo`lmog`i darkor, zero, bolalar ayni shu yoshda har qanday bilimning dastlabki poydevorini qo`yadilar. Xalq ta`limi vazirligining 2004-yil 26-fevraldagi 26-sonli hay`at majlisi qarori billan “Oila, mahalla, maktab” konsepsiyasi qabul qilingan. Bu konsepsiyada belgilab bergan vazifalarni hal qilish uchun: Vazirlikning tashabbusi bilan Respublikamizdagi har bir davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Jamoatchilik maslahat kengashi” tuzilib, joylarda tarbiyasi og`ir, xulqi buzuqlikka moil hamda daydib yurgan bolalar bilan ishlash, ularning ta`lim-tarbiyasiga va “Oila, mahalla, maktab” konsepsiyasini amalda joriy etishga e`tibor qaratildi. “Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o`z farzandlari baxtu-saodati, faz-lu kamolotini ko`rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, o`zini ayamaydi. Bola tug`ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada oila va maktab hamkorligi ijtimoiy pedagogika nuqtai nazaridan tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada oila va maktab hamkorligi ijtimoiy pedagogika nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab, ijtimoiy pedagogika, oila, ijtimoiylashuv, bola tarbiyasi, hamkorlik, ijtimoiy muhit., pedagogik muloqot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники