Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KREATIV YONDASHUV ASOSIDA OʻQUVCHILARLARDA IXTIROCHILIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH (TEXNOLOGIYA FANI MISOLIDA)
QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH · (TEXNOLOGIYA FANI MISOLIDA) · Yangiboyeva Qunduzoy Shuxratovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Mazkur tezisda ta’lim jarayonida kreativ yondashuvning ahamiyati, o‘quvchilarda ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirishda texnologiya fanining o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi o‘qitish uslublari, loyiha asosida o‘qitish, muammoli vaziyatlar yaratish va texnologik dizayn yondashuvining samaradorligi haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: kreativ yondashuv, ixtirochilik qobiliyati, texnologiya fani, innovatsion tafakkur, loyiha asosida o‘qitish, dizayn fikrlash. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarda faqat tayyor bilimlarni yod olish emas, balki mustaqil fikrlash, yangi g‘oyalar yaratish, muammolarga noodatiy yechim topish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib bormoqda. XXI asrda har bir jamiyat taraqqiyoti — uning yosh avlodining ijodiy salohiyatiga, innovatsion tafakkuriga va yangilik yaratish qobiliyatiga bevosita bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, o‘quvchilarning kreativ fikrlashini va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim va yoshlar siyosatiga oid qaror va dasturlarida ham kreativlikni rivojlantirish, ixtirochi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunonchi, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi, “Startap tashabbuslar” loyihasi hamda maktablarda “Texnologiya” fanini yangicha mazmunda o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv konsepsiyalar bu yo‘nalishning amaliy ifodasidir. Ta’limning barcha bosqichlarida, ayniqsa umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan texnologiya fani, o‘quvchilarning amaliy tafakkurini, texnik madaniyatini, ijodkorlik va muhandislik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu fan orqali o‘quvchi nafaqat biror buyumni yasashni, balki uni qanday yangilash, takomillashtirish va foydali g‘oya yaratishni o‘rganadi. Ya’ni texnologiya darslari ijodiy tafakkur va amaliy tajribaning uyg‘unlashuv maydoni sifatida xizmat qiladi. Biroq bugungi ta’lim amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirishda an’anaviy o‘qitish usullari yetarli samara bermaydi. Chunki, tayyor namunani nusxalash, ketma-ket amallarni mexanik bajarish, faqat natijani olishga yo‘naltirilgan dars shakllari o‘quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatini faollashtira olmaydi. Shu sababli o‘qituvchilarning e’tiborini kreativ yondashuv asosidagi darslarni tashkil etishga qaratish muhim ahamiyatga ega. Kreativ yondashuv — bu o‘qituvchining darsni o‘quvchi shaxsini markazga qo‘ygan holda, ularning tafakkur jarayonini, muammoli vaziyatlarda yechim topish malakasini va o‘z g‘oyasini himoya qila olish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik strategiyadir. 149 Noyabr, 2025-Yil Bunday yondashuvda o‘quvchi o‘qituvchi ko‘rsatmasini bajaruvchi emas, balki yangi g‘oya yaratuvchi, tadqiqotchi va muallif sifatida faol ishtirok etadi. Texnologiya fanining mohiyati aynan shu yo‘nalishda – ijodiy yondashuv orqali o‘quvchini hayotiy muammolarga texnik yechim topishga o‘rgatishda namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarda “nima uchun?” va “qanday qilib?” degan savollar asosida fikrlash, ya’ni tahliliy va innovatsion tafakkur madaniyatini rivojlantiradi. Zamonaviy ta’limda o‘quvchi shaxsining ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, uni yangilik yaratishga, muammolarga mustaqil yechim topishga o‘rgatish jarayoni asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilanmoqda. Ayniqsa, texnologiya fani bu borada keng imkoniyatlarga ega, chunki u nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy faoliyat orqali ijodiy fikrlashni ham rivojlantiradi. Texnologiya darslari o‘quvchining qo‘l mehnati, texnik tafakkuri va muhandislik yondashuvini uyg‘unlashtiradi, buning natijasida ixtirochilik, konstruktiv tafakkur va kreativ muhit shakllanadi. Kreativ yondashuv deganda o‘qituvchining o‘quv jarayonini o‘quvchining shaxsiy fikriga, ijodiy salohiyatiga, qiziqishiga va tashabbusiga tayangan holda tashkil etishi tushuniladi. Bunda dars jarayoni o‘qituvchi tomonidan qat’iy nazorat qilinadigan jarayon emas, balki o‘quvchining faol ishtiroki, g‘oyasi va amaliy tajribasiga asoslangan ijodiy muhitga aylanadi. Masalan, “Yangi turdagi maishiy buyumlar” mavzusini o‘rganishda o‘quvchiga tayyor model berish o‘rniga, “siz kundalik hayotingizda qanday buyumni qulayroq va samaraliroq qilgan bo‘lardingiz?” kabi savollar orqali muammoli vaziyat yaratiladi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarda mustaqil izlanish, yangi g‘oya yaratish va uni amaliyotga joriy etish istagini kuchaytiradi. Kreativ yondashuvning markazida ixtirochilik faoliyati turadi. Ixtirochilik bu — mavjud bilim asosida yangi shakl, yangi yechim va yangi g‘oya yaratishdir. Texnologiya fanida o‘quvchilar turli materiallar bilan ishlash, konstruktsiyalarni loyihalash, ekologik toza, energiya tejamkor buyumlar tayyorlash jarayonida o‘zlarining ixtirochilik salohiyatini sinovdan o‘tkazadilar. Masalan, chiqindilar
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda ta’lim jarayonida kreativ yondashuvning ahamiyati, o‘quvchilarda ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirishda texnologiya fanining o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda ta’lim jarayonida kreativ yondashuvning ahamiyati, o‘quvchilarda ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirishda texnologiya fanining o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kreativ yondashuv, ixtirochilik qobiliyati, innovatsion tafakkur, texnologiya fani, loyiha asosida o‘qitish, dizayn fikrlash.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024