К содержанию
РецензированоRU2025

ERONDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATI (1925–1979)

Murodjon Qoraboyev

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В данной статье анализируются процессы формирования и развития политических партий в Иране в период правления династии Пехлеви (1925–1979 гг.), а также их взаимоотношения с государственным строем. В исследовании рассматриваются политические свободы, роль оппозиционных и правительственных партий в эпоху Резы-шаха и Мохаммеда Резы-шаха, а также социально-политические предпосылки, приведшие к Исламской революции 1979 года. Ключевые слова: Иран, династия Пехлеви, партия «Туде», Национальный фронт, партия «Растахиз», политическая система, авторитаризм. Annotation. This article analyzes the processes of formation and development of political parties in Iran during the reign of the Pahlavi dynasty (1925–1979), as well as their relationship with the state system. The study examines political freedoms, the role of opposition and governmental parties during the eras of Reza Shah and Mohammad Reza Shah, and the socio- political preconditions that led to the Islamic Revolution of 1979. Keywords: Iran, Pahlavi dynasty, Tudeh Party, National Front, Rastakhiz Party, political system, authoritarianism. Kirish (Introduction) Eron XX asrning birinchi yarmida siyosiy jihatdan keskin o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldi. 1925-yilda Rizo Shoh Pahlaviy tomonidan Qajar sulolasining ag‘darilishi bilan yangi monarxik tuzum – markazlashgan davlat boshqaruvi qaror topdi. Bu davrda siyosiy partiyalar faoliyati qat’iy nazorat ostiga olinib, fuqarolik erkinliklari cheklangan edi. 1941-yilda Ittifoqchi davlatlar tomonidan Eronning ishg‘ol qilinishi Rizo Shohning taxtdan tushirilishiga va siyosiy maydonda nisbiy erkinliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shu davrda turli siyosiy kuchlar, jumladan, Tudeh (kommunistik) va Milliy front (demokratik) partiyalari shakllandi. Biroq 1953-yilgi to‘ntarishdan so‘ng Muhammad Rizo Shoh siyosiy tizimni yanada markazlashtirib, 1975-yilda Rastoxiz partiyasi orqali yagona partiyaviy tuzumni o‘rnatdi. Bu jarayon Eron siyosiy tarixida avtoritarizm va modernizatsiya o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keldi. 7 60 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Metodologiya (Methods) Ushbu tadqiqot tarixiy-solishtirma va siyosiy tahlil metodlariga asoslanadi. Asosiy ma’lumot manbalari sifatida quyidagi manbalar tahlil qilindi: - Eron ichki manbalari (IRNA, Tehran Times arxivlari); - Xorijiy ilmiy adabiyotlar: Ervand Abrahamian (1982), Arjomand (1988), Ansari (2007); - Ensiklopedik va internet manbalari: Encyclopaedia Britannica, BBC Persian. Tahlil davomida siyosiy partiyalar faoliyati davrlar kesimida (1925–1941; 1941–1953; 1953–1979) va partiyalar turiga ko‘ra (muxolifat va hukumat tarafdorlari) guruhlab o‘rganildi. Shuningdek, ularning ijtimoiy bazasi, tashkiliy tuzilmasi va davlat siyosati bilan o‘zaro aloqalari o‘rganildi. Natijalar (Results) 1. Rizo Shoh davri (1925–1941) – avtoritar modernizatsiya bosqichi Bu davrda siyosiy partiyalar faoliyati deyarli yo‘q edi. Rizo Shoh markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida barcha siyosiy harakatlarni taqiqladi. Partiyalar o‘rniga hukumat nazoratidagi kasaba uyushmalari va yarim rasmiy tashkilotlar faoliyat yuritgan. Natijada siyosiy pluralizm butunlay yo‘qoldi. 2. 1941–1953-yillar – siyosiy erkinlik va milliy harakatlar davri Riza Shohning mustabid tuzumi o‘z nihoyasiga yetdi — u 1941-yil avgust oyida taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi, bu paytda antigerman koalitsiyasiga kiruvchi ittifoqchi davlatlarning harbiy kuchlari Eron hududiga kiritilgan edi. Ittifoqchilar tomonidan Eronning okkupatsiya qilinishi uchun rasmiy sabab sifatida mamlakatda Germaniya qurolli kuchlarining mavjudligi ko‘rsatildi. Biroq, bu bosqin qanday maqsad va sabablar bilan amalga oshirilgan bo‘lishidan qat’i nazar, u Eronning ichki siyosiy vaziyatini tubdan o‘zgartirib yubordi. Riza Shoh o‘zining o‘n olti yillik hukmronligi davomida barpo etgan barcha tuzilmalar bir zumda qulab tushdi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ittifoqchi qo‘shinlarning Eron chegaralarini kesib o‘tishi va Tehronga tomon siljishi bilan Riza Shoh hamda uning hukumati to‘liq sarosimaga tushib, yuzaga kelgan inqirozga qarshi hech qanday chora ko‘ra olmadi. Dastlab Riza Shoh vaziyatni nazorat ostiga olish maqsadida Bosh vazirni almashtirish orqali inqirozning oldini olishga urindi. Shu bois u o‘sha paytdagi hukumat rahbari Ali Mansurni lavozimidan ozod etib, yangi kabinetni tuzishni Muhammad Ali Forug‘iga topshirdi. Biroq bu chora ham natija bermadi. Nihoyat, Forug‘ining Pahlaviylar sulolasining hokimiyatini saqlab qolishga qaratilgan urinishlariga qaramay, Riza Shoh taxtdan voz kechdi va uning o‘rniga voris shahzoda Muhammad Reza Pahlaviy o‘tirdi. Yangi shoh 1942-yil 16-sentabr kuni Milliy kengash (Majlis) yig‘ilishida qasamyod keltirdi. Shu voqeadan so‘ng, 1941-yil 25-avgustda ittifoqchi qo‘shinlarning Eron hududiga kirishi bilan boshlangan jarayonlar misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlana boshladi. Ittifoqchilar tomonid

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются процессы формирования и развития политических партий в Иране в период правления династии Пехлеви (1925–1979 гг.), а также их взаимоотношения с государственным строем.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются процессы формирования и развития политических партий в Иране в период правления династии Пехлеви (1925–1979 гг.), а также их взаимоотношения с государственным строем. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Iran, Pahlavi dynasty, Tudeh Party, National Front, Rastakhiz Party, political, Pahlaviylar sulolasi, партия «Растахиз», Milliy front, династия Пехлеви, siyosiy tizim, Rastoxiz partiyasi, Tudeh partiyasi, Eron, партия «Туде», authoritarianism., Национальный фронт, avtoritarizm., Иран, political system, авторитаризм., политическая система
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники