Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MUAMMOLARI
NEW RENAISSANCE · PEDAGOGIK MUAMMOLARI · Yakubov Baxtiyor Baxriddin o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
В статье рассмотрены актуальные педагогические проблемы развития информационной компетентности студентов. Подчёркивается необходимость внедрения информационно-коммуникационных технологий в образовательный процесс, повышения цифровой культуры преподавателей и формирования у студентов практических навыков. Создание программного обеспечения на основе интеграции профессиональных дисциплин представлено как эффективный способ развития информационной компетентности. Ключевые слова: информационная компетентность, цифровая педагогика, ИКТ, инновационное образование, интеграция профессиональных дисциплин. Hozirgi davrda ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezident farmonlari bilan zamonaviy kompyuter texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilingan. Ushbu qarorlar asosan yoshlarga berilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi shakllarda tushuntirish, ularni global axborot maydonida faoliyat yurita oladigan mutaxassislar sifatida tayyorlashga qaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli farmoni doirasida ta’lim muassasalarida axborot infratuzilmasini rivojlantirish, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va pedagoglarning 169 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish belgilangan.[1] Mazkur farmonlarda yosh pedagoglar zimmasiga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, axborot resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rganilayotgan obyekt va jarayonlarni zamonaviy texnologiyalar asosida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari, xalqaro darajada ham ta’limda AKTdan foydalanishga oid muhim hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, UNESCOning “ICT in Education Policy Guidelines” [2] ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanishni milliy strategiyalar asosida tashkil etish, dars mashg‘ulotlarini zamonaviy interaktiv vositalar yordamida olib borish, o‘qituvchilarni doimiy ravishda yangi texnologiyalarga mos ravishda qayta tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shunday qilib, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qabul qilingan qaror va farmonlar, shuningdek, xalqaro tavsiyalar yoshlarning nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarini ham mustahkamlashga, o‘qituvchilarning raqamli pedagogika sohasidagi malakasini oshirishga xizmat qilmoqda. XXI asrda jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bu axborot resurslari va texnologiyalari hisoblanadi. Globallashuv jarayonida axborot oqimi nihoyatda tezlashib, ta’lim tizimida ham yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Shu boisdan talabalarning axborot kompetentliligini rivojlantirish masalasi dolzarb ilmiy-pedagogik muammolardan biri sifatida qaralmoqda. [3] Jahon hamjamiyatiga integratsiya hamda dunyo oliy ta’lim hududida ishtirok etish mavjud oliy ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar zarurligini ko‘rsatdi. Ulardan biri oliy ta’lim tizimini jahon standartlari asosida qayta qurish bo‘ldi. Xususan, axborot-ta’lim jarayonini tashkil etishning kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha dunyo tajribasini tahlil qilish ushbu tizim pedagog kadrlarni tayyorlashda qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqladi. Ma’lumki, o‘qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul shaxs bo‘lib, axloqiy qiyofasi, pedagogik kompetentlikni namoyon etishi zarur. Mazkur vazifadan kelib chiqib, respublikamizda milliy ta’lim tizimining tashkiliy- huquqiy asoslarini shakllantirish uchun keng sharoit yaratildi. Xususan, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentlik darajasini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish, xususan, bo‘lajak pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga ta’lim trendlari, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish ustuvor vazifalar sifatida tavsiflanadi. Darhaqiqat insoniyat jamiyatida qadimiy kasblardan biri bo‘lgan pedagog kasbi har doim murakkab va mas’uliyati hisoblangan. Qadimgi mutafakkirlarning asarlarida yoshlarga ustozlik qilish yo‘lini tanlagan odam nafaqat muayyan xususiyatlarga ega bo‘lishligi balki, mazkur kasb uchun qobiliyat turiga moyil bo‘lishi, balki tegishli tayyorgarlikka ham ega bo‘lishi kerak. Axborot kompetentliligi deganda, talabaning nafaqat kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi, balki axborotni izlash, tahlil qilish, saralash, baholash va uni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash qobiliyati tushuniladi. Bu kompetentlik zamonaviy sharoitda shaxsning kasbiy rivoji va raqobatbardoshligini
Доказательный фрагмент
«В статье рассмотрены актуальные педагогические проблемы развития информационной компетентности студентов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассмотрены актуальные педагогические проблемы развития информационной компетентности студентов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information competence, digital pedagogy, ICT, innovative education, цифровая педагогика, integration of professional subjects., innovatsion ta’lim, инновационное образование, AKT, интеграция профессиональных дисциплин., информационная компетентность, axborot kompetentliligi, ИКТ, kasbiy fanlar integratsiyasi., raqamli pedagogika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025