К содержанию
РецензированоUZ2023

UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA O`QUVCHILAR LOYIHALASH FAOLIYATINING TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI (pedagogik ta‟lim klasteri asosida)

ABDIRIMOVA INTIZOR KAMILOVNA

Диссертации и авторефераты · 2023

Аннотация

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda innovatsion iqtisodiyotga asoslangan ta`limning taraqqiy etishi kreativ fikrlovchi, innovatsiyalarni tez qabul qilish ko`nikmasiga ega, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir, kelajakda ijtimoiy va kasbiy muhitga moslashuvchan, jamoa bo`lib ishlash malakasiga ega va nostandart hayotiy vaziyatlarga mantiqiy yechim topa oladigan maktab bitiruvchilarini tayyorlashni taqozo qilmoqda. O`quv jarayonida avtoritar yondashuvdan voz kechishga, ta`lim oluvchilarning tashabbuskorligini rag`batlantirishga qaratilgan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o`zaro hamkorlik o`rganish imkonini beruvchi, o`quvchining shaxs bo`lib shakllanishiga yordam beradigan loyiha faoliyatini zamonaviy ta`lim tizimiga tatbiq etish masalasi dolzarblashmoqda. Maktab o`quvchilarining ijtimoiy muhim loyihalarni amalga oshirishda qatnashishi ularning mukammal bilim egallashi hamda malakaga ega bo`lishi, mustaqil faoliyat olib borish ko`nikmalariga ega bo`lish imkonini beradi. Shu jihatdan olib qaraganda, ijtimoiy hamkorlikka asoslangan loyihalash faoliyati vositasida maktab bitiruvchilarini ijtimoiy faol shaxs sifatida tarbiyalashga zarurat ortmoqda.

Доказательный фрагмент

«Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.»

Образец извлечения

Демо-превью

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники