К содержанию
РецензированоUZ2026

SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING MAKTABGACHA PEDAGOGIKAGA QO‘SHGAN HISSALARI

QO‘SHGAN HISSALARI · Axrorova Dilbar

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Kaykovus kabi Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi g‘oyalari hamda Komenskiy, Russo, Frebel, Montessori, Piaje kabi G‘arb pedagoglarining nazariyalari qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada ikki yo‘nalishning umumiy va farqli jihatlari, ularning zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimidagi ahamiyati, integratsion yondashuvning samaradorligi yoritilgan. Natijada maktabgacha ta’lim konsepsiyasini takomillashtirishda Sharqning ma’naviy merosi va G‘arbning ilmiy-metodik yondashuvlari uyg‘unligining dolzarbligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Sharq pedagogikasi, G‘arb pedagogikasi, maktabgacha ta’lim, Forobiy, Ibn Sino, Komenskiy, Montessori metodikasi, o‘yin texnologiyalari, kognitiv rivojlanish, tarbiya, pedagogik meros, bola psixologiyasi. Maktabgacha ta’lim inson kamolotining eng nozik va mas’uliyatli bosqichi bo‘lib, bu davrda bolaning shaxs sifatida shakllanishi, aqliy va ma’naviy rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Sharq va G‘arb uyg‘onish davri mutafakkirlari asrlar davomida bolalar tarbiyasiga oid qimmatli g‘oyalarni ilgari surib, bugungi zamonaviy maktabgacha pedagogikaning nazariy asoslarini shakllantirganlar. Ularning pedagogik qarashlari bolaga muhabbat, shaxsga hurmat, rivojlanish bosqichlarini inobatga olish, tarbiyaning uzluksiz va kompleks bo‘lishi kabi tamoyillarga asoslangan holda takomillashib bormoqda. Sharq mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Kaykovus, Sa’diy Sherozi va boshqalar – o‘z asarlarida tarbiya jarayonini insonparvarlik tamoyillariga asoslaganlar. Ayniqsa, Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida bola tarbiyasini jamiyat taraqqiyotining bosh omili sifatida talqin qilinadi. U yosh avlodni aqliy, axloqiy va jismoniy rivojlantirish bir butun jarayon ekanini ta’kidlab, tarbiyaning ilk bosqichdan boshlab izchil olib borilishi lozimligini qayd etadi. Ibn Sino esa “Tib qonunlari” va “Donishnoma” asarlarida bolalarning jismoniy sog‘lig‘i, psixik rivoji, gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirishga oid fikrlar bildirib, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muhitning tozaligi, o‘yin orqali ta’lim berishning samaradorligini ko‘rsatib o‘tadi. Sharq pedagogikasida, xususan, Kaykovusning “Qobusnoma” asarida esa bola tarbiyasida yumshoqlik, izchillik, mehr-muhabbat va odob-axloq me’yorlariga amal qilish muhimligi uqtiriladi. G‘arb mutafakkirlari — Y.A. Komenskiy, Jan-Jak Russo, Iogann Gert, Fridrix Frebel, Mariya Montessori, Jan Piaje kabi pedagog va psixologlar maktabgacha ta’limning mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida bola faoliyatida tabiatga moslik, o‘yin orqali o‘qitish, ko‘rgazmalilik tamoyillari asoslangan bo‘lib, bugungi zamonaviy maktabgacha ta’lim standartlarining negizini tashkil etadi. Russo esa “Emil yoki tarbiya haqida” asarida bolani erkin, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida ko‘rish, uni tabiat bilan uyg‘un holda tarbiyalash, ortiqcha zo‘ravonlik va tazyiqni rad etish g‘oyalarini ilgari surgan. Montessori tizimi maktabgacha ta’lim sohasida butunlay yangi bosqichni boshlab berdi. 612 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Uning “Montessori muhiti”, “o‘z-o‘zini boshqarish”, “kuzatish va mustaqillik” tamoyillari bugungi kundagi ko‘plab davlatlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy pedagogik modeli sifatida qo‘llanilmoqda. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi esa maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur bosqichma-bosqich rivojlanishini ilmiy asoslab, o‘qituvchi va tarbiyachilarga har bir yosh davri uchun mos metodlarni tanlashga imkon yaratdi. Sharq va G‘arb pedagogik qarashlarini umumiy jihatlari shundan iboratki, ular bolani alohida shaxs sifatida ko‘rish, tarbiyada mehr-muhabbat, adolat, insonparvarlik, ijodkorlikni rag‘batlantirish, o‘yin faoliyatini ta’limning asosiy shakli sifatida e’tirof etish, ta’lim-tarbiya jarayonini bola rivojlanishiga moslashtirish g‘oyalarida mushtarakdir. Xususan, Frebelning “bolalar bog‘chasi” konsepsiyasi bilan Sharq mutafakkirlarining “ilmning boshlanishi bolalikdan” degan fikrlari bir-birini to‘ldiradi. Montessori tizimidagi mustaqillik g‘oyasi bilan Navoiy ta’limni “botiniy uyg‘onish” jarayoni sifatida talqin qilishi o‘rtasida ham ma’naviy yaqinlik mavjud. Piaje nazariyasidagi yosh davrlar bo‘yicha bosqichli rivojlanish tamoyillari Ibn Sinoning bolaning psixofiziologik xususiyatlari haqidagi qarashlari bilan uyg‘unlashadi. Demak, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlari bir-birini inkor etmay, balki umumiy maqsad – barkamol insonni shakllantirish g‘oyasi atrofida birlashadi. Zamonaviy maktabgacha ta’limda ana shu tarixiy tajribalar uyg‘unlashib, yangi pedagogik yondashuvlar shakllanmoqda. Bugungi O‘zbekiston maktabgacha ta’lim konsepsiyasida ham Sharqning ma’naviy-ma’rifiy merosi va G‘arbning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, Sharq pedagogikasi, Forobiy, Montessori metodikasi, G‘arb pedagogikasi, bola psixologiyasi., maktabgacha ta’lim, o‘yin texnologiyalari, Komenskiy, Ibn Sino, pedagogik meros, kognitiv rivojlanish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники