Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QON OQIMINING GIDRODINAMIK XUSUSIYATLARI. GEMODINAMIKA.
Nasulloyeva Diyora Fayzullo qizi · Sattorov Yorqin Karimovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada biofizika fanini mohiyatini, fizikaviy g’oyalar va nazariyalar, biofizika fanining yo’nalishlari, vazifalari ya’ni yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan biofizikaviy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o’z o’zini anglash, biofizikaviy mushohada qilish va to’g’ri fikrlash mahorati, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Kalit so’zlar: gemodinamika, puls to’lqini, Korotkov formulasi, yurakning ishi, yurakning quvvati, sun’iy qon aylanish apparati, qon oqimi tezligi. Dolzarbligi: Qonning no-Nyuton suyuqlik sifatidagi xususiyatlari (masalan, yopishqoqlikning o'zgaruvchanligi) ayniqsa mayda qon tomirlarida oqim xususiyatlarini aniq bashorat qilish va sun'iy yurak-qon tomir tizimlarini yaratish uchun muhimdir. Ateroskleroz plakalari paydo bo'lishi va ularning yorilish xavfi gemodinamik stress (masalan, shamollanish hududlaridagi o'zgaruvchan bosim) bilan bevosita bog'liq bo'lib, insult va yurak xurujlarining oldini olishda dolzarb hisoblanadi.Yurakning qon pompalash samaradorligi gemodinamika tamoyillari asosida baholanadi, bu esa yurak etishmovchiligi kabi holatlarda samarali davolash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.Jarrohlik amaliyotlarida (masalan, by-pass operatsiyalari yoki stent qo'yish) qayta tiklangan qon oqimining uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash uchun gemodinamik hisob-kitoblar qo'llaniladi. Yurak (lotincha: cor, grekcha: ϰαρδία sardia) – konussimon shaklidagi ichi boʻsh muskulli organ boʻlib, yurak qon-tomir sistemasining markaziy organi boʻlgan organizmdagi qonni barcha aʼzo va toʻqimalarga haydab berish vazifasini bajaradigan, gistologiyasi jihatidan ancha murakkab tuzilgan organ. U koʻkrak qafasidagi pastki koʻks oraligʻining oʻrta qismida joylashgan. Yurak quyidagi morfologik qismlarga ajratiladi: yuqoriga va birmuncha orqa tomonga yoʻnalgan asosi (basis) hamda oldinga, pastga va chapga yoʻnalgan uchi (apex) farq qilinadi. Yurakning asos qismida uning negizini (ildizini) tashkil etuvchi yirik qon tomirlar joylashgan. Yurakning 3 ta yuza qismi bor: 1) old (toʻsh-qovurgʻa) yuzasi; 2) pastki (diafragmaga qaragan) yuzasi, hamda, 3) orqa (umurtqa yoki o‘pka) yuzasi hisoblanadi. Yurakning hajmi har bir odamda uning mushti kattaligidek boʻladi. Bolalarning yuragi kattalarnikiga qaraganda koʻproq urib turadi va ularning tashqi koʻrinishi sharsimon shaklda, hamda, gorizontal holatda joylashgan boʻladi. Yurakning oldingi yuzasida quyidagi yirik tomirlaming boshlanish qismlari yotadi; oʻngda va biroz orqaroqda yuqori kovak vena, undan oldinroqda va chap tomonda koʻtariluvchi aorta, yana ham chaproqda oʻpka arteriyasining oʻzani joylashgan. Yurak anatomik jihatidan 4 kameradan tuzilgan boʻlib, ikkita boʻlmacha va ikkita qorinchaga boʻlinadi. Chap boʻlmacha va chap qorincha birgalikda „arterial yurak“ ni tashkil qiladi, sababi unda faqat arterial qon oqadi. U orqali oʻtadigan qon tomirlari „arteriya“ tomiri deya nomlanadi. Oʻng qorincha va oʻng boʻlmachada faqat venoz qon oqib oʻtganligi sabab „venoz yurak“ deyiladi. Yurak oʻz ish faoliyatini bajarish vaqtida ritmik ravishda qisqaradi va boʻshashadi. 609 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Yurakning qisqarilish holati sistola, boʻshashish holati esa diastola deb ataladi. Yurak bir daqiqada oʻrtacha 70—74 marotoba urib turadi. Tibbiyotda bu koʻrsatgich 60—90 ta deb qabul qilingan [1Gemodinamika — tomirlarda qon oqishi. Gidrostatik bosim tomirlar sistemasining turli qismlarida turlicha boʻlishi tufayli roʻy beradi. (maʼlumki qon yuqori bosimli sohadan past bosimli sohaga tomon oqadi). Bunda asosiy omil yurak qisqarishlari boʻlib, oʻrtacha yoshdagi odamning yuragi har qisqarganda tomirlarga 60—70 ml yoki min.ga 4,5—5 l qon oʻtkazadi. Yurakning min.lik hajmi deb ataladigan bu jarayon yurak-tomirlar sistemasi faoliyatining asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Qon tomirlarining elastikligi, koʻkrak boʻshligʻida bosimning manfiy bo’lishi, diafragma va skelet muskullarining qisqarishi tufayli qon tomirlar sistemasida toʻxtovsiz oqib turadi. Shuning natijasida qon bilan toʻqimalar oʻrtasida muntazam ravishda moddalar almashinuvi roʻy beradi. Puls yurakning bir daqiqada necha marta urishini o’lchaydigan parametrdir va odatda urishlar soni sifatida ifodalanadi. Puls yurak urishi sonini aniqlash uchun o’lchovdir va jismoniy faollik, umumiy salomatlik va yurak-qon tomir tizimining intensivligini baholash uchun muhim vositadir. Pulsning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar: Yosh va jins: Bolalarda kattalarga nisbatan tezroq, qizlarda o'g'il bolalarga nisbatan biroz tezroq bo'lishi mumkin. Jismoniy faollik: Jismoniy mashqlar yoki harakat paytida puls ortadi. Emotsional holat: Qo'rquv, hayajon kabi emotsional reaksiya paytida puls tezlashadi. Dam olish: Tunda kunduziga nisbatan puls past bo'ladi. Pulsning me'yoridan chetlanishlari: Takikardiya: Bir daqiqada 90 martadan ortiq puls. Bradikardiya: Bir daqiqada 60 martadan kam puls. Aritmiya: Yurak ritmining buzilishi, bunda puls notekis bo'ladi. Puls de
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada biofizika fanini mohiyatini, fizikaviy g’oyalar va nazariyalar, biofizika fanining yo’nalishlari, vazifalari ya’ni yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan biofizikaviy bilimlar bilan qurollantiri…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada biofizika fanini mohiyatini, fizikaviy g’oyalar va nazariyalar, biofizika fanining yo’nalishlari, vazifalari ya’ni yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan biofizikaviy bilimlar bilan qurollantiri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yurakning ishi, qon oqimi tezligi., yurakning quvvati, Korotkov formulasi, sun’iy qon aylanish apparati, puls to’lqini, gemodinamika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025