К содержанию
РецензированоUZ1949

75 YILLIK ISROIL–FALASTIN MOJAROSI: XALQARO HUQUQ, FUQAROLIK AHOLISINING HIMOYASI VA BMT ROLI

Doniyor Xolmirzayev · Umidbek Xushboqov

Современная наука и исследования · 2 · 1949

Аннотация

Isroil–Falastin mojarosi tarixiy rivojlanishi va xalqaro gumanitar huquq normalarining buzilishi huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1949-yil Jeneva Konvensiyalari, BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleya rezolyutsiyalari, Xalqaro Jinoyat Sudi qarorlari hamda zamonaviy ilmiy manbalar asos sifatida qo‘llanilgan. Mazkur ish BMTning vakolatlari, siyosiy cheklovlari va nizo jarayonidagi amaliyotini, shuningdek fuqarolik aholisini himoya qilish va urush jinoyatlarini oldini olishdagi xalqaro huquqiy mexanizmlarni batafsil o‘rganadi. Natijalar xalqaro institutlarning samaradorligi, mavjud bo‘shliqlar va kelajakdagi huquqiy mexanizmlarning rivojlanish istiqbollarini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: Isroil–Falastin mojarosi, Tarixiy kontekst, Xalqaro gumanitar huquq, Jeneva Konvensiyalari, BMT vakolatlari, Fuqarolik aholisini himoya qilish, Urush jinoyatlari, Diplomatik choralar, Gumanitar yordam, Xalqaro huquq buzilishi. Bugungi kunda Isroil va Falastin o’rtasidagi nizo xalqaro omma e’tiborini jalb qilishi bilan birgalikda, millionlab insonlarning hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Ushbu mojaroning kelib chiqish ildizi 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi qarori asosida Isroil davlatining tashkil topishi bilan Falastin hududida siyosiy va ijtimoiy taranglikning oshishiga borib taqaladi. Natijada minglab insonlar o’z yashab turgan uy-joyini tashab chiqib ketishga majbur bo’lishgan. Tarixiy konteksdan yaqqol ko’rinib turibdiki xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari dolzarbligini ko’rsatadi, chunki urush sharoitida tinch aholi, tibbiy va ta’lim obyektlari hamda boshqa himoyalanishi kerak bo’lgan hududlar doimiy tahdid ostida qoladi. Nega Isroil va Falastin bir biriga nisbatan siyosiy ziddiyatda? Qariyb 75 yildan beri bu ikki suveren davlat o’zaro nizolashib kelmoqda. Aytish mumkinki, ushbu qarama-qarshilik dunyodagi eng uzoq davom etib kelayotgan bahslaridan biridir. Buning asosiy negizi esa ikki davlat o’rtasidagi hududning taqsimlanishidagi nohaqlik va uning ortidagi siyosiy kuchlarning manfaatidir. Isroil va Falastin o‘rtasidagi uzoq davom etayotgan siyosiy ziddiyat xalqaro huquq, xususan hududiy daxlsizlik va suverenlik tamoyillari nuqtai nazaridan baholanadi. Xalqaro huquq prinsiplari, jumladan BMT Nizomi 2-modda doirasida barcha suveren davlatlar hududiy yaxlitligini hurmat qilishi shartligi belgilangan. Shu bilan birga, 1947-yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Falastin hududini ikki davlatga bo‘lish to‘g‘risida qabul qilingan qaror⁶ ham hududiy nizolarni huquqiy asos bilan tartibga solishga urinish sifatida baholanishi mumkin. Ammo amalda, hududning notekis taqsimlanishi va siyosiy kuchlarning manfaatlar to‘qnashuvi xalqaro huquq normalarining to‘liq ijrosini cheklaydi. Natijada, ikki davlat o‘rtasidagi nizolar faqat siyosiy yoki tarixiy sabablarga emas, balki xalqaro huquq mexanizmlari va ularning cheklangan samaradorligiga ham bog‘liq bo‘lib qoladi. 563 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bu esa BMTning vakolatlari va xalqaro sudlar qarorlarining ijrosini huquqiy tahlil nuqtai nazaridan dolzarb masalaga aylantiradi. O’zi yahudiylarga nisbatan davlatlarning munosabati qanday bo’lgan, xususan Rossiya bu borada qanday yo’l tutgan? Tarixdan ma’lumki Rossiya imperiyasida 1791-yildan beri “Yahudiylar turar joy liniyasi” faoliyat ko’rsatib keladi. Bu huquq orqali yahudiylar o’zlarining diniy konfessiya sifatida doimiy yashash erkinligini qo’lga kiritgan. Ammo, ajratilgan joylardan tashqari ularga boshqa joylarda yashash cheklab qo’yilgan. Xattoki, belgilangan teritoriyada ham ba’zi bir limitlar belgilangan. Bu holat esa keyinchalik bekor qilingan (1917). Bu paytda esa Falastin Usmonli turklar hukmronligi ostida bo’lgan. XIX asr oxiridi aynan yahudiylar masalasi keskin tus olgan. Bunga asosiy sabab sifatida Yevropada faoliyat yuritayotgan sionizmga (Quddusda joylashgan Sion tepaligi nomidan olingan). Bibliyadagi rivoyatlarda aytilishicha, o’sh ajoyda Dovud podshohning qarorgohi va Yaxvaning turar joyi bo’lgan. O’sha kezlarda vujudga kelgan siyosiy sionsitik harakatlar esa Falastinda milliy yahudiy davlatini tuzishga undagan. Birinchi jahon urushi arafasida Falastinda 85 mingga yaqin yahudiy istiqomat qilgan. Ular asosan oxirgi o’n yillikda ko’chib kelganlardan iborat ekanligi qayd etilgan. 1881- yildan yahudiy migratsiyasining dastlabki to’lqini kirib kela boshlagan. Keyinroq bu protses Alekandr II ning o’ldirilishidan keyin ham yanada jadallashdi. 1903-yilda esa ikkinchi to’lqin Kishinyovdagi pogrom (bir millat yoki din vakillariga nisbatan sodir etilgan ommaviy zo‘ravonlik va talon-taroj) tufayli paydo bo’lgani aytiladi. O’sha voqeada 49 ta odam o’ldirilgan, yahudiylar egalik qiladigan minglab uy va do’konlar talon taroj qilinib yoqib yuborilgan. 11909- yilda esa Falastinda ilk yahudiy shahri vujudga keldi. Dastlab shaharda 800 ta odam yashagan. Birinchi jahon urushi paytida Usmonli Imperiyasi Germaniyani qo’llab-quvvatlash maqsadida minglab Yahudiylarni mintaqadan quvib chiqa

Доказательный фрагмент

«Isroil–Falastin mojarosi tarixiy rivojlanishi va xalqaro gumanitar huquq normalarining buzilishi huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Isroil–Falastin mojarosi tarixiy rivojlanishi va xalqaro gumanitar huquq normalarining buzilishi huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Urush jinoyatlari, Gumanitar yordam, BMT vakolatlari, Tarixiy kontekst, Isroil–Falastin mojarosi, Xalqaro huquq buzilishi., Diplomatik choralar, Fuqarolik aholisini himoya qilish, Xalqaro gumanitar huquq, Jeneva Konvensiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники