Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“UYAT” KONSEPTI MISOLIDA LEKSIK TIZIMNING PARADIGMATIK TAHLILI
International Scientific-Practice Conference on · International Experience · National Practice” · G.N. Xolmurodova (Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar)
Евразийский журнал академических исследований · 5 · 2025
Аннотация
Tilshunoslikda semantik maydon tushunchasi uzoq yillar davomida turli yondashuvlar orqali rivojlandi. Ushbu tushuncha Y. Trir tomonidan ilgari surilgan konseptual maydon nazariyasidan boshlab, zamonaviy paradigmatik va sintagmatik maydonlar tahliligacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi. Kalit so’zlar: semantik maydon, paradigmatik tahlil, sintagmatik maydon, maydon komponenti. Semantik maydon tushunchasini ta’riflashda ikki asosiy yondashuv mavjud: Ekstralingvistik yondashuv – bu nazariyaga ko’ra, semantik maydonlar psixologik yoki mantiqiy hodisalar sifatida qaraladi va tilda aks etadi. Ushbu yondashuv vakillari qatoriga P. Roje, F. Dornzayf, X. Kasares, Y. Trir kiradi [5]. Lingvistik yondashuv tarafdorlari esa semantik maydonlarni faqat til hodisasi deb hisoblaydi va ularni ajratib olish lingvistik ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu yo’nalishning asosiy vakillari O. Duxachek, E. Oksaar, A.A. Ufimtseva kabi olimlardir [2]. Ushbu masala bo’yicha har ikkala nuqtai nazar ham bir qator ilmiy ishlar bilan tasdiqlangan. Birinchi nuqtai nazarni (ekstralingvistik yondashuv) to’g’ri deb hisoblaydigan olimlarning tadqiqotlarida so’zlovchilarning ongida paydo bo’ladigan so’zlar o’rtasidagi assotsiativ aloqalarning tilda ifodalanish usullari o’rganiladi. Bu tadqiqotlarning obyekti ko’pincha voqelik bilan bevosita bog’liq bo’lgan leksika bo’ladi (masalan, N.I. Tolstoy ishidagi aniq otlar [4]. L.A. Novikov semantik maydonni umumiy ma’no bilan birlashgan va til tizimida muayyan tushunchaviy sohani aks ettiruvchi leksik birliklar iyerarxik tizimi sifatida ta’riflaydi [3]. Y.D. Apresyan esa semantik maydonlar bir-biri bilan kesishishi mumkinligini va ularning uzluksizligini ta’kidlaydi [1]. Semantik maydonlarning tarkibiy tuzilishini aniqlashda bir necha darajalar mavjud: Sof semantik daraja – so’zlarning leksik ma’nolariga asoslanishi. Motivatsion daraja – so’zlarning umumiy motivatsion modeli asosida guruhlanishi. Madaniy ramziylik darajasi – so’zlarning madaniyat tilidagi qo’shimcha ma’nolari bilan bog’liq. Bugungi kunda paradigmatik va sintagmatik maydonlar keng o’rganilgan bo’lib, paradigmatik maydonlar sinonimlar, antonimlar va leksik-semantik guruhlarni o’z ichiga oladi. Paradigmatik maydon tilshunoslikda leksik birliklarning paradigmatik munosabatlari asosida shakllangan tizimli guruhidir. Ushbu maydon tarkibiga ma’lum bir semantik xususiyat yoki umumiy semaga ega bo’lgan so’zlar kiradi. Paradigmatik maydon tushunchasi asosan leksik-semantik tahlilga asoslangan bo’lib, til birliklarining paradigmatik bog’liqliklarini aniqlashga xizmat qiladi. Paradigmatik maydonlar ma’lum bir leksik-semantik guruh (LSG) doirasida tahlil qilinadi. Ushbu maydon ichida so’zlar o’zaro sinonimiya, antonimiya, giperonimiya-giponimiya kabi paradigmatik munosabatlar orqali bog’langan bo’ladi. Paradigmatik maydonlar tarkibiy jihatdan iyerarxik tuzilishga ega bo’lib, uning markazida umumiy semantik maydonni aniqlovchi asosiy (yadroviy) leksik birliklar joylashadi. Periferiyada esa ma’no jihatdan markaz bilan bog’liq bo’lsa-da, qo’shimcha semantik funksiyalarga ega bo’lgan birliklar joylashadi. Ushbu struktura quyidagi elementlardan iborat: Yadro komponentlari bo’lib ma’lum bir semantik guruhni aniqlovchi asosiy leksik birliklar xizmat qiladi. Masalan, “uyat” paradigmatik maydoni uchun “uyat”, “hayo”, “or”, “nomus”, “ibo” kabi so’zlar yadro elementlari hisoblanadi. O’tish zonasi Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) 168 ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar (tranzitiv qatlam) – yadro bilan bog’liq, lekin ma’nosi biroz keng yoki tor bo’lgan so’zlar sifatida esa “andisha”, “uyalish”, sharmandalik”, “odob”, “g‘urur” kabi birliklarni keltirish mumkin. Periferiya – maydon markazi bilan zaif semantik aloqaga ega so’zlar bo’lib “xijolat”, “pushaymon”, “o’ng’aysizlik” kabi leksik birliklarni maydonning ushbu qismiga kiritish mumkin. Bunday tuzilma paradigmatik maydonning dinamik va tizimlilik xususiyatini ko’rsatadi. Til tizimida paradigmatik maydonlar ma’no jihatidan bir-biriga bog‘liq leksik birliklarning o‘zaro paradigmatik munosabatlari asosida shakllanadi. Bunday maydonlar bir nechta turlarga ajratiladi, chunki ular so‘zlarning semantik yaqinligi, qarama-qarshiligi yoki umumiy-xususiy munosabatlariga ko‘ra farqlanadi. Paradigmatik maydonlarning tipologik tahlili shuni ko‘rsatadiki, “uyat” konsepti o‘zida bir vaqtning o‘zida bir necha paradigmatik qatlamni mujassam etadi. U leksik-semantik, sinonimik, antonimik va giperonimik-giponimik munosabatlar orqali til tizimida murakkab, ko‘p qatlamli tarmoqqa ega. Shu bois “uyat” paradigmasi milliy-madaniy qadriyatlarni ifodalovchi asosiy lingvokulturologik maydonlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Paradigmatik maydonlar tahlili leksik tizimning qanday tashkil etilganini tushunishga yordam bera
Доказательный фрагмент
«Tilshunoslikda semantik maydon tushunchasi uzoq yillar davomida turli yondashuvlar orqali rivojlandi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTilshunoslikda semantik maydon tushunchasi uzoq yillar davomida turli yondashuvlar orqali rivojlandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bog liq, paradigmatik maydonlar, semantik maydon, paradigmatik sintagmatik, til tizimida, leksik birliklar, maydon tushunchasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014