Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUHOJIRLIK VA GERMANIYADA KO‘P TILLILIK MASALASI
International Scientific-Practice Conference on · International Experience · National Practice”
Евразийский журнал академических исследований · 5 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada muhojirlikning nemis tiliga ta’siri, turk tilining nemis tiliga aralashuvi va yoshlar tilidagi uslubiy va grammatik xatoliklar to’g’risida so’z boradi. Kalit so’zlar: ijtimoiy-lingvistik hodisa, milliy-madaniy o’zgarishlar, til hodisasi, fenomen, tillar aralashuvi, emotsionallik, expressivlik. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Germaniya koʻp millatli jamiyatga aylandi. Migratsiya jarayonlari nafaqat demografik tarkibni, balki til muhitini ham sezilarli darajada oʻzgartirdi. Ayniqsa, turk diasporasi mamlakatdagi eng katta migrant guruhlaridan biri sifatida nemis tiliga va yoshlar madaniyatiga muayyan taʼsir koʻrsatdi. Shu bilan birga, bu taʼsir anʼanaviy til oʻzlashtirish jarayonlaridan farq qiladi - u koʻproq sotsiolingvistik va milliylik jihatidan namoyon boʻladi. Chet tildan oz’lashgan so’zlardan va migrantlar tilidan foydalanish Germaniyaning ommaviy axborot vositalari hamda kundalik muloqotda ham kengayib bormoqda. Biroq, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, nemis tili lugʻaviy zaxirasiga migrant tillaridan leksik elementlarning kirib borishi juda kam [1]. Bu holat tilshunoslikda prestige borrowing - yaʼni “nufuzli tildan soʻz oʻzlashtirish” fenomeni bilan izohlanadi [2]. Shu maʼnoda, nemis tiliga koʻproq iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori baholangan tillardan ingliz yoki fransuz tilidagi soʻzlar oz’lashtiriladi. Turk, arab yoki boshqa migrant tillari esa jamiyatda past ijtimoiy qadrga ega boʻlgani sababli, ularning taʼsiri asosan tili sohalarida namoyon boʻladi. 1990-yillarda Germaniyadagi turk-nemis yoshlari orasida “Kanakisch” deb atalgan yangi nutq uslubi shakllandi. Ushbu yangi nutq uslubini turk yozuvchisi Faridun Zaim o’g’li 1995-yili o’z asarida keltirib o’tadi [3]. “Kanak” so’zi turk tilida “qo’noq” ya’ni “uy” ma’nosini anglatib, adabiy tilga mos kelmagan so’z hisoblanadi. Turk muhojirlari nemis tiliga o’z so’zlarini va shevalarini qo’shib so’zlashish milliylik va o’zlikni namoyon qilish belgisi sifatida ko’radi va nemis tiliga yangi nutq uslubini olib kiradi. Bu til shakli grammatik xatolar, nemis tilining ogʻzaki shakllari va turk tilining soʻz tuzilishi elementlarini birlashtiradi. Masalan: „Isch geh Kino, wallah!“ (“Men kinoga ketyapman, qasam!”) Bu gapda nemis tilining “Ich gehe ins Kino” shakli fonetik jihatdan soddalashtirilgan, “wallah” soʻzi esa arab tilidagi ifoda boʻlib, emotsionallik va ekspressivlik vazifasini bajaradi. Bruder Tarik, du hast was gesagt?(“Tarik og’a, siz bir narsa dedingizmi?”) Quyidagi misolda, “Bruder” so’zini so’zlovchi turk tilidan kelib chiqib ishlatadi. Nemis tilida “Bruder” so’zi faqat oiladagi farzandlarga nisbatan ishlatiladi, agar yaqin do’stiga murojaat qilinsa “Kumpel” yoki “Freund” so’zlari qo’llaniladi. Ushbu yangi nutq uslubi nafaqat til, balki ijtimoiy o’zlikning belgisi sifatida ham namoyon boʻladi, balki migrant yoshlar qatlamining “Men ham borman” degan madaniy ifodasi hisoblanadi. Shuningdek, sotsiolingvistik yondashuv turk-nemis yoshlari nutqidagi Code-switching va Code- mixing ya’ni tillar aralashuvi hodisasi orqali tavsiflanadi [4]. Masalan, Endlich wieder was nutzliches für die Ummah.(Nihoyat jamiyatga foyda keltiradigan ish bo’libdi) Ushbu misolda Code-mixing ya’ni tillar aralashuvini ko’rish mumkin. So’zlovchi nemis tilidagi Gesellschaft jamiyat so’zi o’rniga Ummah ya’ni arab tilidagi ummat so’zini ishlatadi. Bu holatda til faqat kommunikatsiya vositasi emas, balki madaniy qarshilik va oʻzlikni namoyon qilish usuli sifatida ham xizmat qiladi. “Kanak Sprak” fenomeni Germaniyadagi til va Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) 163 ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar madaniyat integratsiyasining bir qirrasini aks ettiradi. U tilning jamiyatdagi qudrat munosabatlari bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatadi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Germaniyadagi migratsiya jarayonlari til muhitining xilma-xilligini oshirgan boʻlsa-da, migrant tillarining rasmiy nemis tiliga taʼsiri cheklangan holda qolmoqda. Bunday til hodisalari yoshlar madaniyati orqali yangi ijodiy shakllar yaratishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu yangi nutq uslubi muhojirlik jarayonning eng yorqin misolidir u nafaqat tilshunoslik nuqtai nazaridan, balki sotsiolingvistik juhatdan ham tadqiq etiladi va ijtimoiy madaniy erkinlikning fenomeni hisoblanadi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada muhojirlikning nemis tiliga ta’siri, turk tilining nemis tiliga aralashuvi va yoshlar tilidagi uslubiy va grammatik xatoliklar to’g’risida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada muhojirlikning nemis tiliga ta’siri, turk tilining nemis tiliga aralashuvi va yoshlar tilidagi uslubiy va grammatik xatoliklar to’g’risida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nemis tiliga, yangi nutq, namoyon boʻladi, nutq uslubi, turk tilining, tillar aralashuvi, migratsiya jarayonlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025