Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI SINTAKTIK USULDA YASALGAN YOʻL BELGILARI NOMLARINING DEREVATSION MODELLARI
International Scientific-Practice Conference on · International Experience · National Practice” · Xo‘shbaqova Nasiba Nurqobil qizi (Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar)
Евразийский журнал академических исследований · 5 · 2025
Аннотация
Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida sintaktik usulda yasalgan yoʻl belgilari nomlarining derivatsion modellarini qiyosiy tahlil qiladi. Terminologiyada terminlarning hosil boʻlishining uch asosiy usuli (morfologik, sintaktik va semantik) koʻrib chiqilgan boʻlib, asosan sintaktik (kompozitsion) usulga eʼtibor qaratilgan. Maqolada sintaksisning asosiy birliklari – gap, gap boʻlagi va soʻz birikmasi atroflicha tushuntirilgan. Shuningdek, soʻz birikmalarining sodda va murakkab turlari tahlil qilingan. Ingliz va oʻzbek tillarida “Uneven road”, “Hump bridge”, “Traffic signals not in use”, “End of one-way road” kabi yoʻl belgilari nomlarining shakllanish modellari grammatik xususiyatlari bilan birga koʻrsatib oʻtilgan. Xulosa qilib aytganda, ikkala tilda ham sintaktik yasash umumiy tamoyillarga ega boʻlsa-da, ularning grammatik tuzilishi va lugʻaviy birliklarning hosil boʻlishida oʻziga xos farqlar mavjudligi taʼkidlangan. Kalit soʻzlar: Terminologiya, Sintaktik usul, Derivatsion modellar, Yoʻl belgilari, Ingliz tili, Oʻzbek tili, Soʻz birikmasi, Qiyosiy tahlil. Annotation: This article provides a comparative analysis of derivational models of syntactically formed road sign names in English and Uzbek languages. It examines the three main methods of term formation in terminology (morphological, syntactic, and semantic), with a primary focus on the syntactic (compositional) method. The article thoroughly explains the basic units of syntax – sentence, sentence part, and phrase. Furthermore, it analyzes simple and complex types of phrases. The formation models of road sign names such as "Uneven road," "Hump bridge," "Traffic signals not in use," and "End of one-way road" in both English and Uzbek languages are presented along with their grammatical features. In conclusion, it is emphasized that while syntactic derivation shares common principles in both languages, there are distinct differences in their grammatical structure and the formation of lexical units. Keywords: Terminology, Syntactic method, Derivational models, Road signs, English language, Uzbek language, Phrase, Comparative analysis. Tilshunoslikda, xususan, terminologik tadqiqotlarda terminlarning hosil bo‘lishi, asosan, uch xil usul orqali amalga oshiriladi: 1. Morfologik (affiksal) usul. 2. Sintaktik (composition) usul. 3. Semantik usul. Shulardan sintaktik (kompozision) usul - birikmaning bir komponenti ma’nosi ko‘chgan so‘zdan, qolgani esa shu soha terminidan iborat lug‘aviy birlikning hosil bo‘lishi tushuniladi. Yog‘ochsozlik sohasida: pilta vassa, kindik qoziq, tirnoq chiqarish. Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan (“qorongʻilashmoqda”, “jimjitlik”), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) 119 ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi. Soʻz birikmasi – ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma – nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha va boshqa. Har qanday soʻz birikmasi birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va ikki qismdan – hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy – tobe qism, maʼlumot – hokim qism). Soʻz birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga boʻlinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan soʻz birikmasi sodda soʻz birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab soʻz birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli – tobe qism, mutaxassis – hokim qism). Sodda so‘z birikmasi: Uneven road (Notekis yoʻl): SIFAT + OT-Bu yerda “uneve
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida sintaktik usulda yasalgan yoʻl belgilari nomlarining derivatsion modellarini qiyosiy tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida sintaktik usulda yasalgan yoʻl belgilari nomlarining derivatsion modellarini qiyosiy tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Terminology, Syntactic method, Derivational models, Road signs, English
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024