Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILIDA YIRTQICH HAYVONLAR NOMLARINING LINGVISTIK MOTIVATSIYASI VA NOMINATSIYA ASOSLARI TAHLILI
International Scientific-Practice Conference on · International Experience · National Practice” · Xidirova Maxfuza Amirkulovna (Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar)
Евразийский журнал академических исследований · 5 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz tilidagi yirtqich hayvonlar nomlarining lingvistik motivatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda zoonimlarning semantik, morfologik va etimologik xususiyatlari o‘rganilib, ularning shakllanishida xalq og‘zaki ijodi, madaniy qadriyatlar hamda metaforik tafakkurning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, yirtqich hayvon nomlarining ingliz va o‘zbek tillaridagi motivatsion farqlari qiyosiy tahlil asosida ko‘rsatilib, leksik birliklarning milliy-madaniy mazmuni aniqlangan. Maqolada hayvon nomlarini yaratishda semantik model, struktur qolip va nominatsion mexanizmlarning o‘zaro aloqadorligi ilmiy asosda bayon etilgan. Kalit so‘zlar: zoonim, lingvistik motivatsiya, nominatsiya, semantika, yirtqich hayvon, metafora, etimologiya, qiyosiy tahlil, madaniy konnotatsiya. Kirish. Til nafaqat aloqa vositasi, balki inson tafakkurining borliqni anglash va tartibga solishdagi asosiy qurolidir. Bu jarayonning markazida nominatsiya hodisasi turadi. Nominatsiya – olamdagi predmet, hodisa va mavjudotlarga nom berish orqali ularni lingvistik tizimga kiritishning murakkab va ko‘p qirrali jarayonidir. U shunchaki atashdan iborat bo‘lmay, o‘zida anglash, tushunish va ma’lum bir belgilarni tanlab olishni mujassam etadi. Biroq, nom berish hech qachon tasodifiy yoki o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Har bir nom ortida muayyan bir motivatsiya – nomlash uchun turtki bo‘lgan asos, sabab yoki belgi yotadi. Motivatsiyaning asosiy vazifasi – nom va u ifodalayotgan tushuncha o‘rtasida mantiqiy va ma’noviy aloqadorlikni o‘rnatishdir. U nomning “ichki shaklini” yaratadi va nima uchun aynan shu nom tanlanganini izohlaydi. Shu bois, motivatsiya nominatsiya jarayonining ajralmas qismi va uning poydevori hisoblanadi; u nom berishdan avval paydo bo‘lib, qaysi belgini tanlash va uni tilda qanday ifodalash kerakligini belgilab beradi. Ushbu lingvistik hodisa, ayniqsa, yirtqich hayvonlar nomlarini o‘rganishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki yirtqichlar inson ongi uchun shunchaki fauna vakillari emas, balki kuch, xavf, omon qolish uchun kurash, mahorat va o‘ziga xos yashash tarzining yorqin timsolidir. Aynan mana shu xususiyatlar ularga nom berishda kuchli motivatsion belgi bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu maqolaning maqsadi – yirtqich hayvonlar nomlarining lingvistik tahlili orqali ularning nominatsiya asoslarini aniqlash va nomlar zamiridagi motivatsion belgilarni tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda yirtqichning tashqi ko‘rinishi, hatti-harakati, yashash muhiti va oziqlanishi kabi omillar nom tanlashda qanday o‘rin tutgani ko‘rib chiqiladi. Tilshunos olim M.M. Ginatulin motivologiyaga aniqroq ta’rif berib, uni leksikologiyaning bir qismi deb hisoblaydi.[2] Unga ko‘ra, motivologiya narsalarga nom berishda so‘zlar o‘rtasidagi aloqadorlikni hamda tilning muayyan rivojlanish bosqichida so‘zlarning motivlanganlik holati va darajasini o‘rganadi. “Nominatsiya” tushunchasi tilning maʼnodor birliklarining hosil boʻlishi va qanday atalishi haqidagi tilshunoslik nazariyasi va metodlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Nominatsiya oddiygina biror jonzotni koʻrsatish yoki atash jarayoni emas, balki biryoʻla uni tushunish, bilish va kommunikatsiyada qoʻllash jarayonlaridir. Shu tufayli nom qoʻyishning strukturasi kishining ongida his etilgan material – borliqning tilda ifoda etilgan shaklini aks ettiradi. Masalan, Yaguar (Jaguar) Janubiy Amerikaning tub aholisi tilidan olingan boʻlib, “oʻz oʻljasini bir sakrashda oʻldiradigan yirtqich” degan maʼnoni anglatadi. Uning oʻrtacha vazni 100 kg gacha yetadi va kuchli jagʻlari bilan hatto toshbaqa kosasini ham sindira oladi. Oʻljasini mahorat va shiddat bilan Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) 108 ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar ovlagani sababli hayvon aynan shunday deya nom olgan. Mazkur yirtqichning nom olishi uning hatti- harakati va ov qilish uslubi asosida paydo boʻlgan. Fikrimizcha, nominatsiya – predmet yoki hodisaga shunchaki nom qoʻyish emas, balki oʻsha predmet, hodisani anglash, tushunish, uni his qilish, bilish jarayonidir. Inson biror-bir yirtqichga nom berishdan oldin u haqda tasavvurga, tushunchaga va maʼlumotga ega boʻladi, ana shu tushuncha va maʼlumotlarni jamlab, oʻsha jonzotga nom qoʻyadi. Jarayon sifatidagi nominatsiya oʻta murakkab hodisa boʻlib, u nomlash asoslaridan tortib uni tilda ifodalashgacha boʻlgan barcha jihatlarni oʻz ichiga oladi. Nominatsiya asosi, nominatsiya yoʻli, nominatsiya vositalari kabi tushunchalar nominatsiya nazariyasidagi muhim tushunchalardir. Nominatsiya asosi – motivlovchi belgilarni soʻzlovchilar tomonidan umumlashtirish asosida shakllantiriladigan va yangi nomlar uchun tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qiladigan qoida. Masalan, yirtqichning tashqi koʻrinishi, yashash joyi yoki ov qilish usuli unga nom berish uchun asos boʻlishi mumkin. Nominatsiya yoʻli motivlovchi belgidan iborat boʻlgan nominatsi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz tilidagi yirtqich hayvonlar nomlarining lingvistik motivatsiyasi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz tilidagi yirtqich hayvonlar nomlarining lingvistik motivatsiyasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yirtqich hayvonlar, nom berish, emas balki, hayvonlar nomlarining, nomlarining lingvistik, yirtqich hayvon, motivatsiya nominatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026