К содержанию
РецензированоRU2025

FRANSUZ TILI KOMPARATIV FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TAHLILI

International Scientific-Practice Conference on · International Experience · National Practice” · SEMANTIK TAHLILI (Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar) · M.J. Isroilova (Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar)

Евразийский журнал академических исследований · 5 · 65-66 · 2025

Аннотация

Til elementlarining о‘ziga xos bо‘lmagan vazifa va ma’noda qо‘llanishi asosida transformatsiya erkin birikma yoki gapning tо‘g‘ri manosidan kelib chiqmaydigan frazeologik ma’no yuzaga keladi. Frazeologik birliklarni erkin birikmadan farqlovchi differensial mezon semantik transformatsiya va obrazlilikdir. Mazkur tadqiqot ishida frazemalarning maxsus turi hisoblangan komparativ frazemalar fransuz komparativ frazeologik birliklari semantikasi misolida fransuz milliy- madaniy xususiyatlariga bo’gliq tarzda o’rganiladi. Kalit so‘zlar: frazeologiya, frazema, komparativ frazeologiya, simvolika/ramziylik, aktualizatsiya, transformatsiya, okkazionallik, stilistik xususiyat, individual-avtor o’zgarishlar Til elementlari majmui deb tushunilgan frazeologiyaga oid ilk nazariy qarashlar dastlab XIX asrning oxirida umumiy tilshunoslikka oid asarlarda tilga olina boshlangan. Jumladan, nemis tilshunosi German Paul so‘z birikmasi tarkibidagi leksemalarning ma’nosi butunlay boshqacha bo‘lgan ma’no anglatuvchi muayyan turg‘un iboralarni, ingliz tilshunosi Genri Svit tuzilishi jihatidan to‘g‘ri, ammo semantik jihatdan tartibsiz/noto‘g‘ri bо‘lgan idiomalarni, fransuz tilshunosi Mishel Breal[1] qat’iyligi va semantik shaffofligi bilan ajralib turadigan sо‘z guruhlari ("formules", "locutions", "groupes articulés"/"formules", "locutions", "groupes articulés ") mavjudligini kо‘rsatadi. Ferdinand de Sossyur “Umumiy tilshunoslik kursi”da о‘zi “tayyor iboralar” deb ataydigan frazeologik birliklarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Yana bir fransuz tilshunosi Albert Seshe[2] о‘z navbatida, birinchi holatda komponentlarning semantik о‘ziga xosligini yо‘qotishi, ikkinchi holatda esa saqlanishi bilan ajralib turadigan ikki turdagi frazeologizmlar, sо‘z birikmalari va qо‘shma sо‘zlar borasida tadqiqot olib bordi. Frazeologiyaning fan sifatida shakllanishi fransuz-shvitsar tilshunosi Sh.Balli[1] nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u sо‘z birikmalari va frazeologik birliklarga ishora qilib: “Agar sо‘zlar guruhida har bir grafik birlik о‘zining individual ma’nosining bir qismini yoki hech birini saqlab qolmasa, bu elementlarning birikmasi yakka о‘zi juda aniq ma’noga ega bо‘lsa, bular qо‘shma iboralardir, bu - biz frazeologiya termini ostida tushunadigan faktlarning barchasidir" deb aytib о‘tadi [1]. Uning ishlarini davom ettirgan holda A.J.Greymas, E. Kosseriu, P. Giro[9], F. J. Osmann[10], Gaston Gross[8], Alen Rey[12] kabi frazeologlar fransuz tili frazeologiyasi rivojiga о‘z hissalarini qо‘shgan holda samarali tadqiqot olib bordilar. Shu bilan birga, frazeologik birliklarning individual-avtor о‘zgartirishlarining psixolingvistik jihatdan tadrijiy shakillanishi, badiiy matndagi frazeologik birliklarning semantik ifodasining о‘ziga xos jihatlari, stilistik xususiyatlari, frazeologik ellipsis, ikkilamchi aktualizasiya, komponent tarkibini almashtirish, frazeologik okkazionallik, zamonaviy fransuz matbuotida erkin va frazeologik birliklarning struktur tahlili muammolari olimlar tomonidan batafsil o‘rganilgan. Fransuz komparativ frazeologik birliklarini (KFB) semantik guruhlarga ajratishda ularning obrazli motivatsion asosi, fransuz xalqi ongida milliy-madaniy jihatdan ramzga aylangan xususiyatlarini inobatga olish muhim. Binobarin, bu tushuncha va predmetlar muayyan vaziyatlarning unsurlari bilan o‘zaro bog‘lanib, ayrim hollarda muayyan assotsiatsiyalarni keltirib chiqarishi tabiiy. Ular bir paytning o‘zida ham milliy ham baynalminal xarakterga ega bo‘lishi Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) 91 ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar mumkin. Ko‘pgina fransuzcha otlar frazeologik birliklarning tarkibiy qismlari ushbu til ona tilisi bo‘lgan so‘zlashuvchilari orasida juda barqaror assotsiatsiyalarni keltirib chiqaradi. Belgi o‘z tabiatida bo‘lgan narsadan boshqa narsani ifodalovchi obyekt, tasvir, yozma so‘z yoki tovush bo‘lishi mumkin. Ushbu yangi ma’no assotsiatsiya, o‘xshashlik yoki ijtimoiy muvofiqlik orqali beriladi. Oddiyroq qilib aytganda, belgi muallif tomonidan taklif qilingan taqqoslash deyish mumkin, ya’ni o‘quvchi uni dekodlashni bilishi bu o‘rinda muhim sanaladi. Masalan: Le feu- g‘ayrat, ehtiroslar, sevgi, ruh, intuitiv bilimni, le chêne uzoq umr, salomatlik, mustahkamlik, mag‘rur xarakterni, la sphère – mukammallikni, l'eau-poklanish, cho‘qinish, e’tiqod qilish, moslashuvchanlikni, le lion-jasorat, kuch, go‘zallik, olijanoblikni, l'œil-ravshanlik, hushyorlik, hamma narsani oldindan ko‘ra olishni, Xudoni, chameau – hushyorlikni, tigre – hasad, rashkni, loup – vahshiylik, aigle – aqlni ifodalash ramzi sifatida fransuz xalqi nutqida ishlatiladi. O‘rganilayotgan aniq obyekt sifatlar majmui bilan belgilanadiganligi sababli u anglashning ko‘plab yo‘llarini keltirib chiqaradi. Darhaqiqat, ramziy tasvir bir nechta ma’noga ega bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, amalga oshi

Доказательный фрагмент

«Til elementlarining о‘ziga xos bо‘lmagan vazifa va ma’noda qо‘llanishi asosida transformatsiya erkin birikma yoki gapning tо‘g‘ri manosidan kelib chiqmaydigan frazeologik ma’no yuzaga keladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Til elementlarining о‘ziga xos bо‘lmagan vazifa va ma’noda qо‘llanishi asosida transformatsiya erkin birikma yoki gapning tо‘g‘ri manosidan kelib chiqmaydigan frazeologik ma’no yuzaga keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
frazeologik birliklarning, ziga xos, frazeologik birliklarni, fransuz komparativ, komparativ frazeologik, fransuz tilshunosi, ajralib turadigan
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники