Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORRUPSIYAVIY MATNLAR TADQIQOT OBYEKTI, METODI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI
International Scientific-Practice Conference on · International Experience · National Practice” · ASOSIY TUSHUNCHALARI (Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar) · Isroilova Guljahon Jamolovna (Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar)
Евразийский журнал академических исследований · 5 · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda korrupsiyaga oid matnlar tushunchasi, lingvistik ekspertiza bosqichlari, metod zarurati, unda qo‘llaniladigan lingvistik vositalar orqali pora berishda ishtirok etuvchilarning niyatlarini aniqlash, ushbu jarayonda nutqiy aktlarni aniqlash kabi asosiy tushunchalari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: lingvistik ekspertiza, korrupsiya, pora, poraxo‘r, evfemizm, diskurs metod, semantik-stilistik metod. “...o‘zbek lingvistik ekspertologiyasi nisbatan yangi soha. Ushbu soha masalalari tadqiqi hudud, makon nuqtayi nazaridan alohida chegara talab qilmaydi. Tilshunoslik va ekspertologiyaning hamkorligi jamiyat va shaxs, shaxslararo munosabatlarning to‘g‘ri, obyektiv ta’minlanishida alohida amaliy ahamiyat kasb etish bilan birga tilshunoslikning amaliy faoliyatdagi o‘rni va vazifasini samarali yo‘lga qo‘yish borasida muhim omil sifatida xizmat qiladi...”[1]. O‘zbek tilshunosligining yangi yo‘nalishlar bilan boyishi bilan bir qatorda vujudga kelib, rivojlanib kelayotgan lingvistik ekspertizada sud-huquq tizimi bilan bog‘liq bir qancha muammolar o‘z yechimini topib bormoqda. Xususan, inson sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi so‘z-iboralarning aniq tavsifi, ularning darajalari aniqlanib, bu borada lingvist-ekspertlar uchun tavsiyalar ishlab chiqilganligi[2], ijtimoiy tarmoqlardagi matnlar lingvistik ekspertizasi tadqiqi qilinganligi[1], o‘zbek tilida shaxsiy yozishmalarda uchraydigan noadabiy unsurlar, ya’ni dialektizmlar haqida izlanishlar olib borilganligi[3] aynan shu talablar natijasida kelib chiqqan deb aytish mumkin. Shuningdek, lingvistik ekspertiza sohasida, jumladan, korrupsion matnlarning lingvistik ekspertizasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Avvalambor, korrupsion matn atamasiga izoh berish, qanday matnlar korrupsion matnlar deb atalishi haqida tushuncha berib o‘tish lozim. Bizningcha, korrupsion matn-pora beruvchi, uni oluvchi, olish-berishda vositachilik qilgan shaxslarning niqoblangan so‘z va iboralar, evfemizmlar, ishora- so‘zlar, birikmalar orqali noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan yozma, og‘zaki hamda noverbal muloqotida yuzaga keladigan matnlardir. O‘zbek tilshunosligida kriminal vaziyatlarda lingvistikaning roli masalasini maxsus tadqiq qilgan J.O‘rozov: “Lingvokriminalistik ekspertizaning an’anaviy sud ekspertizasidan farqi shundaki, nazariy tilshunoslik bilimlarini amalda tatbiq etish asosida matndagi so‘zdan tortib tinish belgilarigacha, dalil matni xoh yozma, xoh og‘zaki bo‘lsin, tubdan, izchil tahlil qilinadi. Bu matn muallifini aniqlashning eng yaqin taxminlarini berishga yo‘l ochadi. Bu kichik element bo‘lsa ham, tilshunos ekspert uchun asos vazifasini bajaradi. Zotan, kichik elementlar tahlili jamiyatdagi jabrdiyda insonlar taqdirini belgilashga asos bo‘lishi mumkin”(2)ligini yozadi. Shu ma’noda korrupsiyaga oid bo‘lgan matnlarni tahlil qilish jarayonida kommunikativ vaziyat ishtirokchilarining nutqlarini tahlil qilishda turli nutqiy vositalar: nutqni niqoblash, evfemizmlar, to‘xtamlardan foydalanish, ishora qilish kabilarning har birini tahlil qilish orqali matn, dialogning asosiy mazmunini aniqlash mumkin bo‘ladi. Korrupsiyaviy matnlarni tahlil qilish jarayonida asosan quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: pora, korrupsiya, pora oluvchi, pora beruvchi, pora olish va berishda vositachilik, ishora-so‘zlar, evfemizm va boshqalar. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) 85 ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar Har bir tadqiqot ishida, avvalo, obyektni tanlab olish muhim sanaladi. Korrupsiyaga oid bo‘lgan matnlar tahlilida oluvchi, beruvchi hamda vositachilarning o‘zaro suhbatlari, ushbu suhbatlar yozilgan audio, videofayllar, telefon orqali yozishmalar, pochta xabarlari imo-ishoralar obyekt sifatida olinadi. Keyingi bosqichda tanlab olingan yozishmalardagi ishtirokchilarning noqonuniy xatti- harakatlarini, ma’lum xizmatlar evaziga nimadir talab qilishga oid ishora-so‘zlarni ajratib olish hamda ular orqali so‘zlovchining maqsadini aniqlash lozim bo‘ladi. Bunda har bir so‘z, iboraning ma’nosini lug‘atlar hamda asoslangan ilmiy tushunchalar orqali tahlil qilish ekspertga matn haqida aniq va ishonarli xulosa berishi uchun yordam beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, korrupsion matnlarni tahlil qilishni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: 1. Tahlil qilish uchun pora olish, berish yoki uni olish-berishda vositachilik alomatlari bo‘lgan matnlar tanlab olinadi va korrupsion holatlarning vujudga kelishiga sabab aniqlanadi; 2. Pora olish va berishga undovchi so‘z va iboralar aniqlanib, semantik-stilistik tahlil qilinadi. Bunda nutq ishtirokchilari nutqida qo‘llangan evfemizmlar, kodlashtirilgan so‘zlar, ishora-so‘zlar aniqlanadi, har bir leksik birlikning matn tarkibidagi vazifasi aniqlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, korrupsion holatlarni yuzag
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda korrupsiyaga oid matnlar tushunchasi, lingvistik ekspertiza bosqichlari, metod zarurati, unda qo‘llaniladigan lingvistik vositalar orqali pora berishda ishtirok etuvchilarning niyatlarini aniqlash, ushbu…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda korrupsiyaga oid matnlar tushunchasi, lingvistik ekspertiza bosqichlari, metod zarurati, unda qo‘llaniladigan lingvistik vositalar orqali pora berishda ishtirok etuvchilarning niyatlarini aniqlash, ushbu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- korrupsiyaga oid, lingvistik ekspertiza, pora olish, korrupsiya pora, olish-berishda vositachilik, oid lgan, matnlarni qilish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014