К содержанию
РецензированоUZ2025

TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI

International Scientific-Practice Conference on · International Experience · National Practice” · TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI (Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar) · E-mail: O.amanova@dtpi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)

Евразийский журнал академических исследований · 5 · 2025

Аннотация

ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb masalalari, xususan, tilning ijtimoiy vazifasi, globalizatsiya davrida milliy tillarning rivoji, raqamli texnologiyalar ta’siri va lingvistik tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, ularning dolzarbligi hamda til madaniyatini oshirishdagi roli yoritiladi. Maqolada tilshunoslikning interdisciplinar yo‘nalishlarga chiqishi, sun’iy intellekt davrida til tizimini o‘rganishning ahamiyati haqida ham fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: tilshunoslik, dolzarb masalalar, o‘zbek tili, globalizatsiya, raqamli tilshunoslik, sun’iy intellekt, til siyosati. Til nafaqat aloqa vositasi,balki u inson tabiyatining oʻziga hos kaliti hamdir,chunki inson tafakurining bayon etilishi til orqali amalga oshadi. Til-insoniyat madaniyati va tafakkurining eng muhim ko‘rinishidir.Har bir xalqning tili uning milliy o‘zligini ifodalaydi. Tilshunoslik (lingvistika) – inson nutqi va til tizimini o‘rganadigan fan. Uning tarixi qadimiy bo‘lib, dastlab falsafa va mantiq bilan birga rivojlangan. Tilshunoslikka bo‘lgan ehtiyoj: insonlar o‘zaro muloqotini izohlash,diniy matnlarni tushunish va sharhlash,adabiy merosni asrash hamda kelajak avlodga yetkazish zaruratidan kelib chiqqan. Shu boisdan tilshunoslik nafaqat lingvistik hodisalarni o‘rganish, balki jamiyatning ma’naviy hayotini tushunish vositasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. XXI asrda fan va texnologiya jadal sur’atlar bilan rivojlanar ekan, tilshunoslik ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi kunda tilni faqat grammatik yoki fonetik tizim sifatida emas, balki ijtimoiy, psixologik, madaniy, hatto texnologik hodisa sifatida o‘rganish zarur bo‘lib qoldi. Tilshunoslikdagi dolzarb masalalar – bu, avvalo, tilning bugungi global o‘zgarishlar sharoitida tutgan o‘rni, uning jamiyat taraqqiyotidagi funksiyasi, yangi kommunikativ muhitdagi holati hamda lingvistik tadqiqotlarning metodologik yangilanishidir. Globalizatsiya — bu dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, axborot va texnologik aloqalarning tobora kengayib, o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishi jarayonidir. Globalizatsiya jarayonlari natijasida dunyo tillari o‘zaro aloqadorlikda rivojlanmoqda. Bu jarayon bir tomondan madaniyatlararo muloqotni kuchaytirsa, ikkinchi tomondan ayrim kichik tillarning yo‘qolish xavfini kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan, o‘zbek tili kabi milliy tillarning saqlanishi va rivojlanishi til siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri – global axborot makonida milliy tilning mavqeini mustahkamlash, uning raqamli resurslarini kengaytirish, lug‘at va korpuslarni yaratish, tarjima texnologiyalarini takomillashtirishdir.So‘nggi yillarda raqamli tilshunoslik (digital linguistics) yo‘nalishi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi, sun’iy intellekt va mashina o‘rganish asosidagi tahlillar tilshunoslikda yangi ufqlarni ochdi. Bugungi kunda o‘zbek tili uchun ham elektron lug‘atlar, avtomatik tarjima tizimlari, nutqni aniqlash va sintez qilish dasturlari Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) 46 ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar yaratilmoqda. Bu esa tilshunoslarning faqat nazariy emas, balki amaliy, texnologik yondashuvlarga ham e’tibor qaratishini talab qiladi. Korpus lingvistikasi – katta hajmdagi real matnlar to‘plami (korpus) asosida til hodisalarini tahlil qiluvchi fan yo‘nalishidir. Asosiy xususiyatlari: Til hodisalari empirik ma’lumotlar asosida o‘rganiladi Matnlar elektron shaklda saqlanadi va avtomatik dasturlar yordamida tahlil qilinadi So‘z chastotasi, birikma tahlili, sintaktik strukturalar va semantik munosabatlar o‘rganiladi. Mashhur korpuslar: British National Corpus (BNC), American COCA,Russian National Corpus. Asosiy dolzarb masalalar quydagilar hisoblanadi: Til va jamiyat munosabati • Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi roli, milliy ong va madaniyatni ifodalashdagi o‘rni o‘rganiladi. • Globallashuv sharoitida tilning milliy qadriyat sifatida saqlanishi muhim masaladir. • Tilning rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalar • Sun’iy intellekt, tarjima tizimlari, kompyuter lingvistikasi va korpus lingvistikasining rivojlanishi bilan tilni avtomatik tahlil qilish, matnlarni mashina yordamida qayta ishlash kabi yo‘nalishlar ilgari surilmoqda. Til me’yorlari va ularning saqlanishi • Adabiy til me’yorlari, orfografiya va orfoepiya qoidalarini takomillashtirish, so‘z boyligini boyitish, yangi so‘z yasash jarayonlari. • Nutq madaniyati va kommunikativ kompetensiya • Odamlar o‘rtasidagi muloqotda to‘g‘ri, samarali va madaniyatli so‘zlash masalalari. • Bu ayniqsa ta’lim, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p tillilik va tarjima masalalar

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb masalalari, xususan, tilning ijtimoiy vazifasi, globalizatsiya davrida milliy tillarning rivoji, raqamli texnologiyalar ta’siri va lingvistik tadqiqotlarning yangi…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb masalalari, xususan, tilning ijtimoiy vazifasi, globalizatsiya davrida milliy tillarning rivoji, raqamli texnologiyalar ta’siri va lingvistik tadqiqotlarning yangi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sun intellekt, zbek tili, tilning ijtimoiy, milliy tillarning, lingvistik tadqiqotlarning, til tizimini, raqamli tilshunoslik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники