Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILI ARGUMENTATIV MATNINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
International Scientific-Practice Conference on · International Experience · National Practice”
Евразийский журнал академических исследований · 5 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz tili argumentativ matnining oʻziga xos lingvistik xususiyatlari va argumentatsiya va tanqidiy fikrlashni ifodalashda argumentative matnni yaratishga qoʻyilgan talablar xususida gap boradi. Shuningdek, maqolada argumentativ matnni yaratishda grammatik, leksik va stilistik sathlarda uchrovchi xususiyatlarga misollar keltiriladi. Kalit soʻzlar: argumentativ matn, lingvistik, leksik, sintaktik, stilistik sathlar, yozuv, birlik, tuzilma Annotation: This article examines the distinctive linguistic features of English argumentative texts and the requirements for constructing them to effectively convey argumentation and critical thinking. It also provides examples of grammatical, lexical, and stylistic characteristics commonly found in argumentative writing. Keywords: argumentative text, linguistic, lexical, syntactic, stylistic levels, writing, unity, structure. Argumentativ yozuv deganda biz maʼlum bir ziddiyatli mavzu yuzasidan bahs-munozarali yozuvni tushunamiz. Bunda yozuvchining vazifasi ushbu ziddiyatli mavzu yuzasidan oʻziga mos taraf (pozitsiya)ni egallagan holda yaratilayotgan matn oʻquvchisini oʻz qarashlariga ergashtirish va ishontirishga qaratilgan argumentlardan foydalangan holda yaxlit matn yaratish hisoblanadi. J.Richard va R.Shmidt [10] taʼbiri bilan aytganda fikrlar xilma-xilligi mavjud boʻlgan ziddiyatli mavzu yuzasidan qarama-qarshi fikrni qoʻllab-quvvatlash yoki rad etishga qaratilgan yozuv argumentativ yozuv hisoblanadi. Bahsli mavzu yuzasidan u yoki bu qarashni qoʻllab-quvvatlash uchun yozuvchidan nafaqat tilni yaxshi bilish balki fikr va gʻoyalarni ishonarli tarzda ifodalash talab etiladi. Va bu koʻnikma koʻpincha chet til oʻrganuvchilar tomonidan qiyin oʻzlashtiriladi. Shu sababli ham, J.Richard va R.Shmidt [10] fikricha yozuvning turli janr va turlari bilan taqqoslaganda argumentativ yozuv eng murakkab va til oʻrganuvchilar uchun oʻzlashtirish qiyin boʻlgan yozuv hisoblanadi. D.Sanches [4] oʻz navbatida argumentativ yozuvda tanqidiy fikrlash muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlar ekan, yozuvchi tomonidan matnda argumentlarini tuzish va keltirishda tanqidiy fikrlashdan foydalanilganda argumentativ yozuv oʻziga xos maʼno kasb etadi. Yaʼni tanqidiy fikrlashni qoʻllash orqali argumentativ matnlarni tuzish birmuncha osonlashadi. Argumentativ paragraf masalasiga keladigan boʻlsak, K.Fols va b.ga [5] koʻra ziddiyatli masalaga qaratilgan paragraf nuqtai-nazar paragrafi deb yuritiladi va ayrim hollarda “persuasive paragraph – ishontiruvchi paragaraf” deb ham ataladi. Chunki bunda muallif oʻquvchilarni maʼlum bir nuqtai-nazarni qabul qilishga undaydi va bunda nafaqat fikr va mulohazalardan foydalaniladi, balki ushbu fikr va mulohazalarni qoʻllab-quvvatlovchi fakt va dalillarni ham ishlatiladi. Shuningdek, N.Bulxaterga [2] koʻra “ishontiruvchi paragraf”ni tuzishda yozuvchidan nafaqat argumentlarni toʻgʻri tuza olish va ularni zarur maʼlumot, fakt va dalillar bilan qoʻllab-quvvatlash, balki ushbu argument va materiallarni bir butun tizimga soluvchi eʼtirof yoki tezis ham topishi talab etiladi. K.Fols [5] oʻz navbatida “nuqtai-nazar paragraf”ga taʼrif berar ekan, bunday paragraf yozuvchining nuqtai-nazarini ifodalashi bilan bir qatorda, unda qoʻllanilgan fakt va dalillarni tushuntiradi, odatda ziddiyatli mavzuga bagʻishlangan boʻladi va oʻquvchini ushbu mavzu boʻyicha chuqur mushohada qilishga undaydi va hattoki oʻz fikr va qarashlarini oʻzgartirishga chorlaydi deydi. Yuqoridan koʻrinib turibdiki, “nuqtai-nazar paragrafi” va “ishontiruvchi paragraf” tushunchalari bir xil tushunchani Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) 31 ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar ifodalab, argumentativ paragraf tushunchasiga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin ekan. Bunday pagaraflarning asosiy xususiyati, ularda biron bir mavzu yuzasidan baxs-munozarali masala koʻtarilib, zarur va mos sabablar, ishonchli dalillardan foydalangan holda mazkur masala yuzasidan maʼlum bir qarash, nuqtai-nazar himoya qilinadi. Argumentativ yozuv akademik va professional sohalarda yozuvning asosiy janri hisoblanadi. Akademik yozuvdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻquvchilarni maʼlum bir nuqtayi nazarga ishontirish yoki bahsli mavzuni muvozanatli muhokama qilish sanalib, ingliz tilida bu janr oʻzining aniq lingvistik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar matnning ishonarli, izchil va tushunarli boʻlishini taʼminlaydi. Bunday lingvistik xususiyatlar qatoriga maxsus leksik birliklar, oʻziga xos sintaktik tuzilmalar, kogeziv vositalar va ritorik strategiyalar kirib, ular akademik matnning argumentativ kuchini ifodalashga xizmat qiladi. Argumentativning yozuvning oʻziga xos, boshqa janrlardan ajratib turuvchi xususiyati bu unda qoʻllaniladigan leksik birliklar sanaladi. Akademik yozuvga xos leksik birliklarni qoʻllash orqali yozuvchilar aniq f
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz tili argumentativ matnining oʻziga xos lingvistik xususiyatlari va argumentatsiya va tanqidiy fikrlashni ifodalashda argumentative matnni yaratishga qoʻyilgan talablar xususida gap boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz tili argumentativ matnining oʻziga xos lingvistik xususiyatlari va argumentatsiya va tanqidiy fikrlashni ifodalashda argumentative matnni yaratishga qoʻyilgan talablar xususida gap boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- argumentative text, linguistic, lexical, syntactic, stylistic levels, writing, unity
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026