К содержанию
РецензированоUZ2025

BESH TASHABBUS OLIMPIADASI QOIDALARI ASOSIDA FUTBOLCHILARNI MUSOBAQAGA TAYYORLASH

NEW RENAISSANCE · MUSOBAQAGA TAYYORLASH · Sadullayev T.X.

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbolchilarni musobaqalariga tayyorlashning zamonaviy yo‘llari tahlil qilinib, ular takomillashtirish hamda musobaqa samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: “Besh tashabbus olimpiadasi”, jismoniy tayyorgarlik, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, koordinatsiya, kuch. Kirish. Bugungi kunda yoshlar orasida sportni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda “Besh tashabbus olimpiadasi” alohida o‘rin tutmoqda. Futbol esa ushbu tashabbusning eng ko‘p qamrab olinadigan sport turlaridan biri sifatida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur “Besh tashabbus olimpiadasi” futbol musobaqalari qoidalaridan kelib chiqqan holda sportchilarning tayyorgarlik jarayonini ilmiy asoslash va samarali mashg‘ulotlar modelining samaradorligini aososlashga xizmat qiladigan tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqot maqsadi. Yoshlarni ma’naviy va jismoniy jihatdan har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ilgari surilgan “Besh tashabbus” — davlat miqyosida yoshlar siyosatini amalga oshirishda yangi bosqichni boshlab berdi. “Besh tashabbus” yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni sportga jalb qilish, sport inshootlarini ko‘paytirish, madaniyat, san’at, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, qizlarni ijtimoiy hayotga faol jalb qilish, yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.. Ushbu beshta yo‘nalishning ikkinchisi — sportni rivojlantirish va yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish — ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Zero, jismonan sog‘lom yoshlar — har qanday jamiyatning tayanchi, kuch-qudratidir. “Besh tashabbus olimpiadasi” ana shu yo‘nalish doirasida har yili yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan ommaviy sport musobaqalarining umumiy nomidir. Futbol musobaqalari esa, bu olimpiada doirasidagi eng ommaviy va raqobatbardosh sport turi hisoblanadi. Aynan shu sport turi yoshlarning jismoniy holatini, jamoaviy fikrlashini va iroda kuchini rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. “Besh tashabbus olimpiadasi” futbol musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport universiteti, mahalliy hokimliklar hamda sport federatsiyalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Musobaqa hududiy bosqichlar (mahalla, maktab, kollej, tuman), tuman va shahar bosqichlari, viloyat bosqichi, Respublika final bosqichlaridan iborat. Musobaqalarda 14 yoshdan 25 yoshgacha 275 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 bo‘lgan yoshlar ishtirok etadi. Jamoalar maktablar, kasb-hunar maktablari, oliy ta’lim muassasalari yoki mahallalar nomidan qatnashadi. Har bir jamoa 7 nafar asosiy va 3 nafar zaxira o‘yinchidan iborat bo‘ladi. O‘yinlar kichik maydonda (mini-futbol qoidalari asosida) 2 taym, har biri 20 daqiqadan o‘tkaziladi. O‘yin davomida o‘yinchi soni 5 nafardan oshmasligi kerak. O‘yinchining yoshi va jismoniy holati nazorat qilinadi (pasport yoki ID karta orqali). Sport etikasi, odob-axloq va hakam qarorlariga hurmat asosiy talab hisoblanadi. Jarima, kartochkalar va chetlatishlar FIFAning moslashtirilgan qoidalariga asoslanadi. Bu qoidalarning joriy etilishi musobaqalarni shaffof va raqobatbardosh o‘tkazish imkonini beradi, shuningdek, sportchilarning teng sharoitda kurashishiga imkon yaratadi. Tadqiqot natiyjalari. Futbolchilarning “Besh tashabbus olimpiadasi”ga tayyorgarligi umumiy futbol tayyorgarligidan farqli jihatlarga ega. Chunki bu musobaqada maydon kichik, o‘yin davomiyligi qisqa, o‘yinchilar soni kam, tezlik, chaqqonlik va qaror qabul qilish tezligi ustuvor ahamiyatga ega. Shu bois, mashg‘ulotlar jarayonida chidamlilikni emas, balki tezlikni oshiruvchi mashqlar ustuvor bo‘lishi, to‘pni qisqa masofada boshqarish, tez qaror qabul qilish, harakatlanish trayektoriyasini aniqlashga qaratilgan texnik mashg‘ulotlar olib borilishi, zaxira o‘yinchilarning faol rotatsiyasi orqali barqaror o‘yin uslubini shakllantirish ga e’tibor qaratish zarur. Ushbu omillarni inobatga olgan holda tayyorgarlik olib borilgan jamoalar musobaqalarda yuqori natijaga erishishi mumkin. Futbolchilarni musobaqaga tayyorlash jarayonida jismoniy tayyorgarlik holatini aniq belgilash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, “Besh tashabbus olimpiadasi” kabi yuqori raqobatli va qisqa muddatli turnirlarda futbolchilarning holati, tayyorgarlik darajasi va tayyorlik sifati natijalarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tayyorgarlik tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, koordinatsiya, kuch, tiklanish tezligi kabi mezonlar asosida baholanadi (5-jadvalga qarang). 5-jadval Jismoniy tayyorgarlikni baholovchi mezonlar № Jismoniy sifatlar Jismoniy mashqlar 1. Tezlik 20-30 m

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbolchilarni musobaqalariga tayyorlashning zamonaviy yo‘llari tahlil qilinib, ular takomillashtirish hamda musobaqa samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbolchilarni musobaqalariga tayyorlashning zamonaviy yo‘llari tahlil qilinib, ular takomillashtirish hamda musobaqa samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tezlik, chidamlilik, koordinatsiya, chaqqonlik, kuch., jismoniy tayyorgarlik, “Besh tashabbus olimpiadasi”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники