К содержанию
РецензированоRU2026

РАЗВИТИЕ СТАНКОВОЙ ЖИВОПИСИ УЗБЕКИСТАНА: В КОНТЕКСТЕ ВЛИЯНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ШКОЛ ЕВРОПЫ XX ВЕКА

MAKTABLARI TASIRI KONTEKSTIDA · Zarifova Dilfuza Omon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the formation and development of Uzbek easel painting in the context of the influence of European art schools. It explores how artistic movements such as the Renaissance, Realism, Impressionism, and Modernism penetrated national artistic thinking, their reflection in the works of Uzbek painters, and the mechanisms of artistic synthesis within national painting. The study examines the aesthetic and methodological foundations of cross- school interaction and highlights the distinctive features of contemporary Uzbek easel painting. Keywords: easel painting, European art schools, realism, impressionism, modernism, national artistic thinking, artistic synthesis. O‘zbekiston tasviriy san’ati, xususan dastgohli rangtasvirning shakllanishi jarayoni tarixiy jihatdan Yevropa badiiy maktablarining estetik qarashlari bilan uzviy bog‘liqdir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek san’at muhitiga kirib kelgan yangi uslubiy yo‘nalishlar nafaqat texnik, balki konseptual o‘zgarishlarga ham sabab bo‘ldi. Dastgohli rangtasvir san’ati, mohiyatan, badiiy fikrning mustaqil shaklda ifodalanishini, individual uslub va kompozitsion tafakkurning shakllanishini ta’minlagan. 444 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Shu bois Yevropa san’at maktablarining xususan, Italiya renessansi, Fransiya impressionizmi, rus realizmi va nemis ekspressionizmi kabi oqimlarning o‘zbek san’atiga ko‘rsatgan ta’siri murakkab, ammo samarali ijodiy jarayon bo‘lgan [1]. Dastgohli rangtasvir bu san’atning o‘ziga xos mustaqil turi bo‘lib, unda rassom o‘z g‘oyasini ramziy, dramatik yoki falsafiy mazmunda ifodalaydi. Uning kompozitsiyasi ko‘p hollarda monumental yoki sahnaviy tasvirlarga yaqin bo‘lsa-da, mohiyat e’tibori bilan individual kuzatuv va badiiy izlanishga tayanadi. O‘zbek dastgohli rangtasvirining dastlabki namunalarida xalq hayoti, urf-odatlar, mehnat manzaralari va tarixiy obrazlar yetakchi mavzu bo‘lgan. Bunda milliy kolorit bilan birga Yevropa akademik realizmi ta’siri kuchli seziladi. XX asr 20–30-yillarida rus badiiy maktablari orqali akademik ta’lim tizimi O‘zbekistonga kirib kelgan, bu esa rangtasvir texnikasining yuksalishiga xizmat qilgan [2]. Yevropa maktablari ta’sirini tarixiy bosqichlari quyidagicha amalga ohirilgan: Renessans davri Yevropada inson shaxsining badiiy markaz sifatida tiklanishi jarayoni bo‘lib, o‘zbek rassomlari ijodida ham inson obrazining psixologik tahliliga e’tibor kuchaygan. Masalan, Kamoliddin Behzod miniatyuralaridagi tafsilotlarga e’tibor, keyinchalik Mahmud Qodirov va Raxim Ahmedov asarlarida ham kompozitsion uyg‘unlik sifatida davom etgan. Realizm maktabi XIX asrda shakllangan bu yo‘nalish o‘zbek rangtasvirida xalq hayotining haqqoniy tasviri, mehnat jarayonining badiiy timsolini yaratishda asos bo‘lgan. Rus rassomlari Repin, Kramskoy, Surikovlarning an’analari, o‘zbek rassomlari Jaloliddin Mirtojiev, Chingiz Ahmarov, Ural Tansiqboev ijodida yangicha ifodasini topgan [3]. Impressionizm ta’siri, ayniqsa, XX asr o‘rtalarida sezilarli bo‘lgan. Rassomlar yorug‘lik, atmosfera va kayfiyatni tasvirlashda Mone, Renuar, Sisley kabi ustalarning tajribasidan ilhomlanishgan. O‘zbekiston san’atida bu yo‘nalish kolorit va harakat dinamikasining erkin ifodasida namoyon bo‘ladi. Ural Tansiqboevning “Tong” va “Ko‘l bo‘yida” asarlari shunday ruhda yaratilgan. Modernizm va avangardizm davrida esa badiiy shaklni deformatsiya qilish, hissiylikni kuchaytirish va ramziy ifoda vositalarini qo‘llash tendensiyasi paydo bo‘ldi. Bu o‘zbek san’atida 1960–80-yillarda Abdullayev, Nuriddinov, Mirsoatov singari rassomlar ijodida o‘z aksini topdi [4]. Yevropa badiiy tafakkurining asosiy g‘oyasi inson markaziyligi va badiiy individuallik o‘zbek rassomlari tafakkurida milliy ruh bilan uyg‘unlashgan. Bu uyg‘unlik natijasida milliy rangtasvir maktabi shakllandi. Rassomlar kompozitsiyada milliy dekorativlikni, koloritda esa Sharq miniatyura maktabiga xos uyg‘un rang turlarini saqlab qolganlar. Shu jihatdan, o‘zbek san’atida “G‘arb texnikasi va Sharq falsafasi sintezi” kuzatiladi. Rassom ijodida texnik mukammallik va badiiy ma’no uyg‘unlashadi — bu jarayon Yevropa akademik an’analari va o‘zbek ma’naviy qadriyatlari birlashuvining samarasi hisoblanadi [5]. Bugungi o‘zbek dastgohli rangtasvirida Yevropa maktablarining estetik tamoyillari yangicha shaklda davom etmoqda. Globalizatsiya sharoitida rassomlar postmodernizm va konseptual san’at yo‘nalishlarida ham faol ijod qilmoqdalar. Ammo milliylik tamoyili hanuz ustuvor o‘rinda: har bir asarda o‘zbek madaniy muhitiga xos ruh, ranglar uyg‘unligi, timsollar falsafasi seziladi. 445 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Yangi avlod rassomlari Yevropa tajribasidan texnik mukammallikni olgan holda, uni milliy badiiy til orqali yangicha kontekstda talqin etmoqdalar. Bu jarayon o‘zbek san’atining mustaqil, lekin global miqyosda tan olingan shaklga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Yevropa san’at maktablarining O‘zbekiston dastgohli rangtasviriga ko‘

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the formation and development of Uzbek easel painting in the context of the influence of European art schools.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the formation and development of Uzbek easel painting in the context of the influence of European art schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
easel painting, European art schools, realism, impressionism, modernism, national artistic thinking, импрессионизм, milliy badiiy tafakkur, европейские школы, impressionizm, реализм, dastgohli rangtasvir, художественный синтез., национальное художественное мышление, модернизм, san’at sintezi., artistic synthesis., станковая живопись, Yevropa maktablari, realizm, modernizm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники