К содержанию
РецензированоUZ2026

NERV SISTEMASI. ORQA MIYA ANATOMIYASI.

Hamroyev Xudoyshukur · O’skanboyeva Sevinch Rustam qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Nerv sistemasi kasalliklaridan; hayotimiz mobaynida ko’p uchratadigan kasalliklarimizdan biri bu-disk churrasi (intervertebral churra) hisoblanadi. Ushbu kasallik umurtqa pog’onasidagi oraliq diskning shikastlanishi yoki joyidan siljishi natijasida kelib chiqadi. Disklar joyidan siljishi yoxud shikastlanishi oqibatida nerv ikki disk orasida qisillib qoladi. Bu jarayonda orqa miya qismining tashqi qismi (fibroz halqa) yorilib, ichki qismi (pulpoz yadrosi) tashqariga chiqadi va nerv tolalarini siqib qo’yadi. Nerv tolalari bosim ostida siqilishi natijasida o’sha sohada og’riq kuzatiladi. Og’riq kuzatiladigan sohalarga: bel, bo’yin, oyoqlar kiradi. Disk churasining sabablari: yosh bilan bog’liq o’zgarishlar, og’ir jismoniy ish faolliyati, kam harakat turmush tarzi, noto’g’ri holatda o’tirish yoki yotish, genetik moyillik, ortiqcha vazn, avtohalokat, yiqilish yoki boshqa mexanik shikastlanishlar va boshqa holatlarni o’z ichiga oladi. Disk churrasining turlariga: bo’yin umurtqasi disk churrasi(servikal), ko’krak umurtqasi disk churrasi(torakal), bel umurtqasi disk churrasi(lumbar) kiradi. Diagnostika va davolash chora tadbirlari: shifokor tekshiruvi, rentgen, magnit-rezonas tomografiya (MRT), kompyuter tomografiya (KT), elektromiografiya (EMG) bular diagnostikada qo’llanadigan asosiy usullar. Davolashda asosan konservativ davolash usullari qo’llaniladi. Bularga kiradi: og’riq qoldiruvchi dorilar, steroid in’yektsiyalar, fizioterapiya, qo’l terapiyasi massaj, maxsus mashqlar va yana jarrohlik amaliyotlari. Jarohlik amaliyotlariga: diskektomiya, laminaektomiya, sun’iy disk implantatsiyasi kabi amaliyotlar kiradi. Bu kasallik kelib chiqishiga ko’ra ma’lum doiradagi kasb egalarida kelib chiqishi aniqlangan va shu sabali bu kasallikni “Kasb kasalligi” deb ham nomlanadi. Kasb kasalligi sifatida: disk churrasi haydovchilar, ofis hodimlari, quruvchilar, sportchilar kabi kasb egalarida bu kasallik ko’p uchraydi. Disk churrasi erkak va ayollarda uchrash nisbati 2:1 nisbatda bo’ladi. Eng ko’p hollarda bel sohasidagi churralar taxminan 90% uchraydi. Ushbu kasallik bilan zararlanish asosan 25-55 yoshlar oralig’iga to’g’ri keladi. Umumiy populyatsiyada 5-20% odamda disk churrasi kuzatiladi. Kalit so’zlari: Nerv tizimi, orqa miya, disk churrasi, kasb kasalligi. Kirish: Orqa miya lotin tilida: “Medula spinalis” deyiladi. Umurtqa pog’onasida, umurtqa kanali ichida joylashgan. Uzunligi 41-45sm. Og’irligi 31-38gr. Bosh miyaning 2%ga teng. Boshlanadi: ensa suyagidagi foramen magnumda, tugaydi: 2-bel umurtqasida. Orqa miyada 31ta segment mavjud bo’lib, ular quyidagi sohalardan chiqadi: 8tasi bo’yin umurtqalaridan, 12tasi ko’krak umurtqalaridan, 5tasi bel umurtqalaridan, 5tasi dumg’aza umurtqalaridan, 1tasi dum umurtqasidan segmentlar chiqadi. Bo’yin umurtqasida 8ta segment bo’lishiga sabab: Birinchi bo’yin umurtqasi va ensa suyagi o’rtasidan ham bitta segment chiqadi. 2-bel umurtqasiga kelganda, konussimon kengayma “Konus medullaris”ni hosil qiladi. 380 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Kengaymaning ichida 5- (Terminal) qorincha bor. Umurtqa pog’onasi dumg’aza suyagigacha ichi bo’sh kanal shaklida bo’ladi. Embrional davrda orqa miya umurtqa kanalini to’liq to’ldirib turadi. Embrion tug’ilgandan so’ng nerv hujayralari o’sadi, ammo ko’paymaydi. Umurtqa suyaklari esa 25 yoshgacha bo’linib ko’payadi. Shuning uchun voyaga yetgan inson organizmida orqa miya umurtqa kanalini to’liq to’ldira olmaydi. Bola tug’ilguncha orqa miyaning barcha tarmoqlari shakllanib, orqa miyadan o’zining innervatsiya etadigan sohasiga chiqib bo’lgan bo’ladi. Orqa miya yuzalari 4ta: 1- yuza: facies ventralis 2- yuza: facies dorsalis 3- yuza: facies lateralis Orqa miya kengaymalari 2ta: 1. Indumisensiya cervicalis- bo’yin kengaymasi. 2-bo’yin segmentidan, 2-ko’krak segmentigacha bo’lgan sohani o’z ichiga oladi. Eng qalinlashgan joylari 5,6,7-bo’yin va 1-ko’krak segmentlari hisoblanadi. Sababi, ushbu segmentlardan qo’llarni inervatsiya qiluvchi nervlar chiqadi. Qo’llar murakkab va ko’p harakatlarni bajarganligi uchun ko’plab nervlar bilan ta’minlangan. 2. Indumisensiya sacrolumbalis - dumg’aza bel kengaymasi. 2-bel umurtqasi qarshisida joylashadi. Eng kengaygan sohasi: bel umurtqalarining tugash va dumg’aza umurtqalarining boshlanish sohasi hisoblanadi. Bular oyoq mushaklarini nerv bilan ta’minlaydi. Oyoq mushaklari murakkab va ko’p harakat bajarishi hisobiga orqa miyaning oyoqni nerv bilan ta’minlovchi qismi Gipertrofiyaga uchraydi. Kattalashib kengayma hosil qiladi. Orqa miya 2-bel umurtqasi qarshisida “conus medullaris”ni hosil qilib tugaydi. Undan pastga qarab orqa miyaning iplari- fillum terminalis davom etadi. Mana shu sohada ot dumi- cauda equina hosil bo’ladi. Fillum terminalisning 2xil qismi mavjud: 1. Tashqi qismi: Faqat orqa miyaning pardalaridan iborat. 2-dumg’aza umurqasidan 2-dum umurtqasigacha davom etadi. 2. Ichki qismi: Orqa miyaning pardalari va nervlaridan iborat. 2-bel umurtqasidan 2-dumg’aza umurtqasigacha davom etadi. O

Доказательный фрагмент

«Nerv sistemasi kasalliklaridan; hayotimiz mobaynida ko’p uchratadigan kasalliklarimizdan biri bu-disk churrasi (intervertebral churra) hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Nerv sistemasi kasalliklaridan; hayotimiz mobaynida ko’p uchratadigan kasalliklarimizdan biri bu-disk churrasi (intervertebral churra) hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
orqa miya, Nerv tizimi, disk churrasi, kasb kasalligi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники