К содержанию
РецензированоRU2026

SPORTDA DIQQAT VA KONSENTRATSIYANI BOSHQARISH USULLARI

Turaqulov Shoxjahon Talatjonovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются процессы внимания и концентрации у спортсменов, методы их управления и влияние на спортивные результаты. Способность концентрировать внимание помогает спортсмену сохранять эмоциональную устойчивость, быстро принимать решения и действовать эффективно в стрессовых условиях. Освещаются психологическая структура внимания, внешние и внутренние отвлекающие факторы, упражнения для развития концентрации и роль взаимодействия тренера и спортсмена. Ключевые слова: внимание, концентрация, психологическая подготовка, спортсмен, стресс, мотивация, аутогенные упражнения. Zamonaviy sportda muvaffaqiyatga erishish faqat jismoniy tayyorgarlik yoki texnik mahorat bilan emas, balki sportchining psixologik holati, ruhiy barqarorligi va diqqatni boshqarish qobiliyati bilan ham chambarchas bog‘liq. Diqqat — bu inson ongining bir nuqtaga yo‘naltirilgan holati bo‘lib, sport faoliyatida u tezkorlik, aniqlik va qaror qabul qilish jarayonlarining markazida turadi. Har bir sportchi musobaqa davomida bir necha soniya ichida to‘g‘ri qaror qabul qilishi lozim. Buning uchun diqqatning barqarorligi va konsentratsiya darajasi yuqori bo‘lishi talab etiladi. Diqqat va konsentratsiyani boshqarish sportchiga stress, charchoq va tashqi chalg‘ituvchi omillar ta’sirida ham faoliyatni izchil davom ettirish imkonini beradi. Konsentratsiya bu — ongni bir nuqtaga to‘liq jamlash, kerakli ma’lumotni saqlab qolish va chalg‘ituvchi omillarni e’tibordan chiqarish qobiliyatidir. Weinberg va Gould (2018) ta’kidlashicha, sportchilarning muvaffaqiyat darajasi ularning konsentratsiya qobiliyatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, yuqori psixologik nazorat sport natijalarini 30–40 foizgacha yaxshilashi mumkin. 376 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Diqqatni yo‘naltirish va uni barqaror saqlash jarayoni asosan markaziy asab tizimining faolligi, hissiy muvozanat va motivatsion holat bilan belgilanadi. Shuning uchun sport psixologlari diqqatni boshqarishni nafaqat aqliy, balki emotsional va fiziologik tayyorgarlik bilan birgalikda o‘rganadilar. Konsentratsiyani yo‘qotish, asosan, stress, xavotir, o‘ziga ishonchsizlik yoki haddan ortiq mas’uliyat hissi tufayli sodir bo‘ladi. Bu holatlar sportchining reaktsiya tezligini pasaytiradi, harakat aniqligini buzadi va natijada sport natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Diqqatni boshqarish masalasi har bir sport turida o‘ziga xos xususiyatga ega. Masalan, gimnastika, snayperlik, kamondan otish, shaxmat kabi sport turlarida konsentratsiya darajasi maksimal bo‘lishi zarur, chunki bu turlarda kichik bir xatolik ham mag‘lubiyatga sabab bo‘lishi mumkin. Boks, futbol, basketbol kabi tez harakat talab qiladigan sportlarda esa diqqatni taqsimlash va o‘zgartirish qobiliyati muhimdir. Sportchi bir vaqtning o‘zida raqibni, to‘pni, maydonni va murabbiy ko‘rsatmasini kuzatib boradi.Bandura (1997)ning “o‘ziga ishonch nazariyasi”da diqqatning barqarorligi sportchining o‘ziga bo‘lgan ishonchi bilan uzviy bog‘liqligi qayd etilgan. Agar sportchi o‘z imkoniyatiga ishonsa, u diqqatni uzoq vaqt davomida boshqarishga qodir bo‘ladi. Shuningdek, Deci va Ryan (2000)ning motivatsiya nazariyasiga ko‘ra, ichki motivatsiya kuchli bo‘lgan sportchilarda diqqatni boshqarish ko‘nikmalari yuqori bo‘ladi, chunki ular faoliyatdan ichki qoniqish oladi va charchoqni kamroq his qiladi. O‘zbekiston sport tizimida ham diqqat va konsentratsiyani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy- amaliy ishlar olib borilmoqda. Milliy Olimpiya qo‘mitasi huzuridagi psixologik tayyorgarlik markazlarida sportchilarga autogen mashqlar, vizualizatsiya, nafas mashqlari, mindfulness (hozirgi onglilik) kabi treninglar o‘tkazilmoqda. Bu mashg‘ulotlar sportchilarning stressni boshqarish, diqqatni to‘plash va musobaqa vaqtida ruhiy muvozanatni saqlash ko‘nikmalarini oshiradi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi sport muhitida diqqatni boshqarish nafaqat individual sportchilar, balki jamoaviy o‘yinlarda ham muvaffaqiyatning asosiy omiliga aylangan. Boshqa tomondan, ijtimoiy tarmoqlar, axborot oqimlari, tomoshabin bosimi kabi zamonaviy chalg‘ituvchi omillar sportchilardan yanada kuchli ruhiy bardoshlilikni talab qilmoqda. Shu sababli diqqat va konsentratsiyani boshqarish usullarini o‘rganish sport psixologiyasi fanining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu maqolaning maqsadi — sportchilarda diqqat va konsentratsiya jarayonlarini o‘rganish, ularni boshqarishning ilmiy asoslarini aniqlash, chalg‘ituvchi omillarni kamaytirish yo‘llarini ko‘rsatish hamda samarali psixologik trening usullarini tahlil qilishdan iborat. Maqola davomida diqqatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar, psixologik metodlar va murabbiy- sportchi o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Psixologiyada diqqat — bu inson ongining bir ma’lum obyektga yo‘naltirilgan va u yerda uzoq saqlanib turuvchi faol holatidir. Konsentratsiya esa diqqatning barqaror shakli bo‘lib, ongni bitta maqsadga jamlash qobiliyatini ifodalaydi. Diqqatni yo‘naltirish, ushlab turish va

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются процессы внимания и концентрации у спортсменов, методы их управления и влияние на спортивные результаты.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются процессы внимания и концентрации у спортсменов, методы их управления и влияние на спортивные результаты. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
attention, concentration, psychological preparation, athlete, stress, autogen mashqlar., стресс, психологическая подготовка, motivatsiya, diqqat, motivation, внимание, sportchi, konsentratsiya, аутогенные упражнения., спортсмен, концентрация, autogenic training., мотивация, psixologik tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники