К содержанию
РецензированоUZ2025

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “KO‘K DENGIZ” HIKOYASIDA TIL VA MILLAT MASALASI

Noraliyeva Marjona Usmon qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Koʻk dengiz” hikoyasida yoritilgan til va millat tushunchalari va ular bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Shuningdek, adib hayoti u yashagan muhit va odamlarning uning asarlariga qanchalik ta’sir etganligiga urg‘u beriladi. Hikoyadagi o‘tgan asrda Markaziy Osiyoda ildiz otgan til g‘urur masalasi, shu bilan birga millatlarning o‘ziga xos urf-odat va an’analari va o‘zligini saqlab qolish singari o‘rtaga tashlangan masalalar tahlil qilinadi Kalit so‘zlar: milliy xarakter, “shafqatsiz realism”, romantik pafos, realistik tasvir, peyzaj mahorati, ruhiy olam,inson va tabiat munosabatlari Shukur Xolmirzayev oʻtgan asrda eng koʻzga koʻringan nasrimizning yorqin vakillaridan biri hisoblanadi. U oʻzining takrorlanmas, oʻtkir syujetli, teran fikrli, tafakkur qilishga undaydigan ijod namunalari bilan xalqimizning koʻnglidan chuqur joy egalladi. Shukur Xolmirzayev ijodining dinamikasiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, u bir nechta bosqichlardan iborat. Yaʼni oʻz ijodiy faoliyatini hikoya, ocherklar yozish bilan boshlagan adib ijodining dastlabki bosqichi mavzusi yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos nozik hissiyotlari va jozibasi, shuningdek oʻzi tugʻilib oʻsgan jannatmakon, togʻlar bilan oʻralgan Boysun diyorida yashovchi turfa tabiatli kishilar taqdiri, ular hayotidagi mashaqqatlar, ijtimoiy oʻzgarishlar badiiy talqin etilgan. Keyinchalik aynan shu qahramonlar adib ijodining keyingi davrida mukammalashib, har tomonlama yetuklashib, uning asarlarida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida tayanch boʻldi. Aynan shu insonlar uning asarlarining asosiy qahramonlariga aylandi. Endi yozuvchi murakkab hayotiy vaziyatlar, kishilarning muammo va iztiroblarga toʻla, ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini koʻrgan sari uning dastlabki asarlarida ustuvor boʻlgan romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi. Va aynan shu orqali adabiyotimizga yangi bir tur, “shafqatsiz realism”, unsurlari kirib kelishiga zamin yaratildi. Shukur Xolmirzayev asarlarida oʻzbeklarga xos milliy xarakter, inson va tabiat munosabatlari teran badiiy talqin qilingan. U oʻzbek adabiyotida tuzum muammolarini ochib bergan, xalq dardini chuqur his qila olgan, jamiyat muammolarini asarlarida xolis koʻz bilan olib chiqa olgan kam sonli jasoratli realist yozuvchilarimizdan biri edi. Bunga yana bir dalil sifatida aynan uning birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqining eng yaqin tarixida yuz bergan “bosmachilik harakati” deb atab kelingan davrini oʻrganishi va shu mavzu asosida bir qancha tarixiy asarlar yaratganligini keltira olamiz. Shuningdek, Shukur Xolmirzayev asarlarini tahlil qilar ekanmiz, uning peyzaj mahoratini taʼkidlab oʻtmaslik imkonsiz. Yozuvchi ijodining o‘ziga xos jihatini ta’kidlashda M.Hamidovaning fikrlariga tayanamiz: “…adib hikoyalarida peyzajning eng muhim funksiyalariga: ya’ni: xronotopik, syujet-kompozitsiya, psixologik funksiyalar, muallif uchun zarur bo‘lgan rangni yaratish va 3 81 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ muayyan falsafiy g‘oyalarni ifodalash funksiyasini kuzatish mumkin”[3,102]. U peyzaj sanʼatida shu qadar mahoratli ediki, kitobxonlar uning asarlarida nafaqat yurtimiz tabiatining xilma-xilligi va oʻziga xosligi, balki borliq sirini ham kashf qila oladilar. Yana bu aynan biz yuqorida taʼkidlaganimizdek, yozuvchining bu mahorati shakllanishida u tugʻilib oʻsgan yurt, uning goʻzal tabiati, boy tili va madaniy merosi katta taʼsir koʻrsatgan boʻlsa ajab emas. “Koʻk dengiz” hikoyasi Shukur Xolmirzayev ijodidagi mustaqillikning dastlabki yillarida yozilgan, istiqlol, til va millat kabi umumbashariy masalalarni koʻtargan, oʻquvchini chuqur oʻyga toldiradigan va mushohada qilishga undaydigan asar hisoblanadi. Asar bosh qahramoni oltoylik Umrzoq Ivan Ivanovich. Hikoyada dastlab u yertoʻlada yolgʻiz yashaydigan, hech kimi yoʻq va gʻirt ichkilikka ruju qo‘ygan kishi sifatida koʻrsatilgan. Biroq voqealar rivojida shuni koʻrishimiz mumkinki, u haqiqiy ziyoli inson boʻlgan. Bir vaqtlar u Oltoy muallimlar tayyorlov institutida xalq ogʻzaki ijodidan dars bergan, uning xotini va bir qizi boʻlib, ular birgalikda risoladagidek hayot kechirishgan. Oltmishinchi yillarda ruslashtirish siyosati Oltoy oʻlkasida amalga oshiriladi va rus tili ommaviy hamma sohaga kirib boradi, maktablarda darslar rus tilida olib borilishni boshlaydi. Shunda oʻz tiliga sodiq, millatparvar qahramonimiz sovet hokimiyatiga arznomalar yozadi. Ammo uning qilgan ishlari bekor ketib, arzimagan ish uchun oʻn yilga “millatchi” degan ayblov bilan qamaladi. Uning hayoti shu bilan alg‘ov-dalg‘ov boʻlib ketib, alamidan ichkilikka ruju qoʻyadi. Hattoki qamoq muddati tugagach, uyiga qaytib borganida, unga o‘z uyida yashashga ruxsat berilmaydi. Tirik boʻla turib oʻz oilasi bilan yasholmaydi. Bu paytda esa ba’zi bir milliy gʻurur tuygʻusi, Vatan hissi nima ekanligini bilmaydigan kimsalar sovet hukumatini qoʻllab- quvv

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Koʻk dengiz” hikoyasida yoritilgan til va millat tushunchalari va ular bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Koʻk dengiz” hikoyasida yoritilgan til va millat tushunchalari va ular bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“shafqatsiz realism”, romantik pafos, inson va tabiat munosabatlari, ruhiy olam, milliy xarakter, realistik tasvir, peyzaj mahorati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники