К содержанию
РецензированоRU2025

«ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА И РЕГИОНАЛЬНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО»

Ilmiddinov Lutfullo Nizomjon o’g’li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В данной статье кратко освещаются позитивные стороны современной экономической интеграции Узбекистана с зарубежными странами, безопасности и стабильности, культурных и научных связей, а также его активной внешней политики. Ключевые слова: Внешняя политика, Дипломатические отношения, Международная экономика, Международные организации, Посольство. “FOREIGN POLICY AND REGIONAL COOPERATION” Annotation. This article briefly highlights the positive aspects of Uzbekistan's current economic integration with foreign countries, security and stability, cultural and scientific ties, as well as its active foreign policy. Keywords: Foreign Policy, Diplomatic Relations, International Economics, International Organizations, Embassy. Tashqi siyosat — biror davlatning boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, manfaatlarini, maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan siyosatdir. Tashqi siyosat davlatning ichki siyosati bilan bog‘liq bo‘lib, uning xalqaro imaydondagi mavqeini va ta’sirini belgilaydi. Tashqi siyosatning asosiy elementlari quyidagilar: Diplomatiya – davlatlarning o‘zaro munosabatlari, muzokaralar va kelishuvlarni o‘rnatish. Harbiy strategiya – milliy xavfsizlikni ta’minlash va zarur hollarda mudofaa kuchlarini ishlatish. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – savdo, investitsiyalar, moliyaviy va iqtisodiy yordam kabi masalalar. Xalqaro tashkilotlarga a’zolik – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Jahon Savdo Tashkiloti (JST), Yevropa Ittifoqi kabi tashkilotlarda ishtirok etish[2]. Tashqi siyosatning asosiy maqsadi davlat manfaatlarini himoya qilish, global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va diplomatik aloqalarni o‘rnatishdir. Bu, shuningdek, davlatning xalqaro maydondagi imijini yaratishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tashqi siyosatni amalga oshirishda davlatlarning ichki siyosiy, iqtisodiy va harbiy holati ham ahamiyatli bo‘ladi. Har bir davlatning tashqi siyosati o‘zining tarixiy, geografik, iqtisodiy va siyosiy sharoitlariga asoslanadi. 3 77 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O’zbekiston Respublikasining 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi alqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir[1]. Qolaversa, O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi. Respublikamiz ko’plab xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 1992-yil 2-martdan boshlab a’zo hisoblanadi. O‘zbekiston BMTning barcha asosiy ixtisoslashgan idoralari (UNESCO, WHO, FAO, ILO va boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi.2023–2025-yillarda BMT Inson huquqlari kengashiga a’zo bo’ldi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga 1992-yildan beri a’zo. U bilan siyosiy, xavfsizlik va saylov tizimi sohalarida hamkorlik qiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga 1991- yildan beri a’zo. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti 2001-yil tashkil topgan, O‘zbekiston esa uning asoschilaridan biri. Unda xavfsizlik, savdo, energetika va transport loyihalarida faol qatnashadi. Turkiy Davlatlar Tashkilotiga 2009-yildan boshlab a’zo hisoblanadi. Bu tashkilot turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy integratsiyani rivojlantiradi. Islom Hamkorlik Tashkiloti 1996-yildan beri a’zo. Islom mamlakatlari o‘rtasida birdamlik va rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etadi. BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi Jahon banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot bankining ham a’zosi hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb etish sohasida ham hamkorlik olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surishdir[4]. Bu faollikka misol tarzda mamlakatimiz xorijiy davlatlar bilan imzolagan hujatlarni keltirishimiz mumkin. Turkmaniston bilan 2025-yil 28- yanvarda Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Reshid Meredov ikki hujjatni imzoladi — biri “2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi”, ikkinchisi

Доказательный фрагмент

«В данной статье кратко освещаются позитивные стороны современной экономической интеграции Узбекистана с зарубежными странами, безопасности и стабильности, культурных и научных связей, а также его активной внешней поли…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье кратко освещаются позитивные стороны современной экономической интеграции Узбекистана с зарубежными странами, безопасности и стабильности, культурных и научных связей, а также его активной внешней поли… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Foreign Policy, Diplomatic Relations, International Economics, International, Xalqaro iqtisodiyot, Внешняя политика, Tashqi siyosat, Xalqaro tashkilotlar, Международная экономика, International Organizations, Посольство., Diplomatik aloqalar, Дипломатические отношения, Международные организации, Embassy., Elchixona.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники