К содержанию
РецензированоRU2025

TILSHUNOSLIK FANINING FALSAFA, PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA BILAN UYG‘UNLIGI

Soatova Aziza Sadriddin qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В данной статье анализируются взаимосвязи лингвистики с философией, психологией и социологией. Обосновывается, что язык является не только средством общения, но и сложным социальным явлением, тесно связанным с мышлением, сознанием и развитием общества. В статьерассматриваются роль философии в осмыслении сущности языка, влияние психологии на процессы Рече образования и восприятия, а также значение социологии в изучении социальной природы и функций языка. На примере психолингвистики и социолингвистики показан междисциплинарный характер лингвистики. Ключевые слова: лингвистика, философия, психология, социология, психолингвистика, социолингвистика, мышление, социальное явление. Tilshunoslik — inson tafakkuri va jamiyat hayotining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan tilni o‘rganuvchi fan sifatida o‘ziga xos tadqiqot doirasiga ega. Ushbu fan tilning tuzilishi, uning ishlash mexanizmlari, tarixiy taraqqiyoti, jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari hamda inson ongidagi aks etish jarayonlarini o‘rganadi. 3 69 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tilshunoslik nafaqat til tizimini tahlil qiladi, balki uni inson faoliyatining, madaniyatining va tafakkurining ajralmas qismi sifatida ham ko‘radi. Shu bois, tilshunoslikning predmeti keng bo‘lib, fonetika, leksikologiya, grammatika, semantika, pragmatika, psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Tilshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liqligi uning tadqiqotlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Til falsafa bilan birgalikda tafakkur va bilish jarayonlarining mohiyatini tushunishga yordam beradi; psixologiya bilan o‘zaro aloqada nutq faoliyatining psixik mexanizmlarini ochib beradi; sotsiologiya bilan esa tilning ijtimoiy funksiyalari, jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi til farqlanishlarini o‘rganadi. Shu bois, tilshunoslik zamonaviy fanlar tizimida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi globallashuv, axborot texnologiyalari va madaniy aloqalar kengaygan davrda tilning falsafiy, psixologik va sotsiologik jihatlarini birgalikda o‘rganish zarurati yanada ortmoqda. Tilning ko‘p qirrali tabiatini chuqur anglash nafaqat lingvistik bilimni boyitadi, balki inson tafakkuri, ijtimoiy ong va madaniy o‘ziga xoslikni tushunishga ham xizmat qiladi. Shu sababli, tilshunoslikning falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan aloqalarini o‘rganish ilmiy jihatdan ham, amaliy nuqtayi nazardan ham dolzarb masala hisoblanadi. Til va tafakkur o‘rtasidagi munosabat qadimdan insoniyat tafakkurining eng muhim falsafiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki til — inson tafakkurining shakli, tafakkur esa tilning mazmunidir. Falsafada bu masala asosan “til inson tafakkurini ifodalovchimi yoki uni shakllantiruvchimi?” degan savol asosida tahlil qilinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tilshunoslik va falsafa bir-biridan ajralmas, o‘zaro boyituvchi fan sohalaridir. Falsafa tilni bilish, tafakkur, mavjudlik va haqiqatni ifodalash vositasi sifatida o‘rganiladi. Masalan, Aristotel: “Til – insonning tafakkuriy qobiliyatini tashqi shaklda ifodalovchi vosita”, deb hisoblagan. Keyinchalik R.Dekart, I.Kant, F.Gegel kabi faylasuflar tilni inson aqliy faoliyatining muhim ko‘rinishi sifatida tahlil qilganlar. XX asr falsafasida esa L.Vitgenshteynning “til falsafasi” konsepsiyasi alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, u til orqali inson dunyoni qanday idrok etishi va haqiqatni qanday shakllantirishi masalasiga yangi nazariy asos yaratgan. Tilshunoslikda esa bu jarayon til tizimi va inson tafakkuri o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali izohlanadi. Til — fikrni tashqi shaklga soluvchi vosita bo‘lish bilan birga, inson ongining rivojlanishida faol rol o‘ynaydi. Shu sababli zamonaviy lingvistika, ayniqsa kognitiv tilshunoslik yo‘nalishi, falsafaning “bilish nazariyasi” bilan chambarchas bog‘langan. Kognitiv lingvistika tilni inson ongida shakllanadigan bilimlar, tushunchalar va mantiqiy bog‘lanishlar tizimi sifatida o‘rganadi. Tilshunoslik va falsafa o‘rtasidagi uzviy aloqaning yana bir muhim jihati — semantika (ma’no nazariyasi)da ko‘rinadi. Falsafa ma’no, haqiqat va tushuncha munosabatlarini tahlil qilsa, lingvistika bu munosabatlarning tilda qanday shaklda ifodalanishini o‘rganadi. Masalan, “haqiqat”, “borliq”, “ong”, “ruh” kabi falsafiy tushunchalar tildagi leksik-semantik tizim orqali shakllanadi va madaniy tafakkurda o‘z ifodasini topadi. Til va psixologiya inson faoliyatining ikki ajralmas sohasi bo‘lib, ularning o‘zaro aloqasi asosan nutq va tafakkur jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Psixologiya insonning ruhiy kechinmalari, idrok, tafakkur, xotira va emotsional holatini o‘rganar ekan, tilshunoslik aynan shu jarayonlarning tildagi ifodasi va tuzilishini tahlil qiladi. 3 70 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu bois tilshunoslikning psixologi

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются взаимосвязи лингвистики с философией, психологией и социологией.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются взаимосвязи лингвистики с философией, психологией и социологией. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
linguistics, philosophy, psychology, sociology, psycholinguistics, социальное явление., психолингвистика, tilshunoslik, psixolingvistika, psixologiya, sociolinguistics, психология, sotsiolingvistika, sotsiologiya, tafakkur, ijtimoiy hodisa., социология, социолингвистика, thought, social phenomenon., falsafa, мышление, лингвистика, философия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники