Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASBIY TAʼLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
NEW RENAISSANCE · Abdunazarova Xamidaxon Nosirjonovna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
In this article, the author expresses his thoughts on the reforms being implemented in our country to improve the system of training mid-level professional personnel, the training of qualified specialists who meet the needs of the labor market, and the implementation of international educational programs. Key concepts: vocational education, middle level, agency, qualified personnel, labor market, foreign program, academic independence. Maʼlumki, yurtimizda olib borilayotgan tizimli islohotlarning maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi inson, uning barkamol rivojlanishi va farovonligini taʼminlash, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar hamda samarali mexanizmlarni yaratishga qaratilgandir. Ushbu oldimizga qoʻyilgan yuksak maqsadlarga erishish, jamiyatni rivojlantirish, taraqqiyot va kelajak yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasi – bir soʻz bilan aytganda, bularning barchasi, bugungi kunda eng dolzarb boʻlgan masala, yuqori malakali kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlash muammosi bilan uzviy bogʻliq ekanligi tabiiy. Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mamlakatimizda oʻrta boʻgʻin professional kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlashni yaxshilash va mehnat bozori ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassislarni yetishtirish borasida muhim qadam boʻlganligini eʼtirof etish lozim. Hujjatda kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari sifatida kasbiy taʼlim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish va uning barcha darajalari boʻyicha kadrlar 135 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 tayyorlaydigan koʻp tarmoqli oʻquv muassasalari tizimini joriy etish, kasbiy taʼlim tashkilotlarining akademik mustaqilligini taʼminlash, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish, oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron platforma ishlab chiqish kabilar koʻrsatilgan. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, kasbiy taʼlim tizimida amaliyotning samaradorligini oshirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash orqali oʻquv dasturlari ishlab chiqish, texnologiyalarni qoʻllash jadallashtiriladi.1 Farmonda taʼlim muassasalari hamda xususiy sektor oʻrtasida samarali, tizimli hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu esa oʻz navbatida, xususiy sektorning taʼlim jarayonidagi ishtirokida, yaʼni kadrlar tayyorlash masalasida, innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni tadbiq qilishda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida moliyaviy resurslar ajratilishi, infratuzilma hamda shart-sharoitlarning yaratilishi, oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish va oʻquvchilarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashning qoʻllab-quvvatlanishi ijobiy samara berayotganligini yoshlarimizning mahalliy hamda xalqaro miqyosda eirishayotgan yutuqlaridan ham ham koʻrib turibmiz. Zero, xalqaro tajribada mavjud samarali yondashuvlarni milliy taʼlim tizimga tezroq moslashtirishda muhim asos boʻlib xizmat qiladi. Kasbiy taʼlim faqatgina malakali ishchilar tayyorlashga qaratilgan boʻlib qolmay, balki milliy iqtisodiyotning oʻsishi, innovatsion rivojlanish va mehnat bozorida barqarorlikni taʼminlashda ham yetakchi omillardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 8-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlarga muvofiq kasbiy taʼlim sohasida institutsional yaxlitlikni taʼminlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul boʻlgan Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etildi. Kasbiy taʼlim agentligining vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berildi2: - texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy taʼlim sohasini boshqarishga masʼul boʻladi; - kasbiy taʼlim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, oʻqitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda oʻquv-metodik taʼminotga talablarni belgilaydi. - Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga oʻqitadi. - Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga oʻqitadi. Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va oʻquv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertif
Доказательный фрагмент
«In this article, the author expresses his thoughts on the reforms being implemented in our country to improve the system of training mid-level professional personnel, the training of qualified specialists who meet the…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the author expresses his thoughts on the reforms being implemented in our country to improve the system of training mid-level professional personnel, the training of qualified specialists who meet the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- профессиональное образование, среднее звено, агентство, academic independence., agency, foreign program, kasbiy taʼlim, академическая независимость., зарубежная программа, квалифицированные кадры, malakali kadrlar, middle level, рынок труда, akademik mustaqillik., mehnat bozori, oʻrta boʻgʻin, qualified personnel, vocational education, agentlik, xorijiy dastur, labor market
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026