Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORIJIY MAMLAKATLARDA TERGOV SUDYASI INSTITUTI
NEW RENAISSANCE · To‘lanboyev Islombek Ilhomjon o‘g‘li (XORIJIY MAMLAKATLARDA TERGOV SUDYASI INSTITUTI)
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article examines the institution of the investigative judge, which was introduced as part of the reforms carried out in the judicial system, its significance, and the accumulated experience of foreign countries in this area. Key concepts: judicial practice, investigative judge, participant in the process, initiation of a criminal case, application of a preventive measure, detention, investigative actions, and placement in a medical facility. Yurtimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida soʻnggi yillarda sud- huquq tizimida adolat oʻrnatish yuzasidan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilgani alohida qayd etilib, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bogʻliq holatlar uchrayotgani taʼkidlangan edi. Shu bois Yurtboshimiz sud sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan islohotlar haqida toʻxtalar ekan, bir qator vakolatlar prokurordan sudga oʻtkazilishiga eʼtiborimizni qaratdi. Jumladan, tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya prokurordan sudga oʻtkaziladi. Tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qoʻya olmaydi. Bundan buyon mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali boʻladi. Sudda ishlarni koʻrishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus oʻqitiladi, ishni sudda koʻrishda xolis, mustaqil boʻlishi qonun bilan belgilanadi.1 Sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida joriy yil 1-yanvaridan amalda qoʻllanilishi boshlangan yangi institutsional oʻzgarish, yaʼni tergov sudyasi institutining joriy etilishi ham oʻziga xos ahamiyat kasb etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10- iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini 1 O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odil-sudlov-insonparvarlik-va- adolat-ustuni_447134. 131 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni2 qabul qilindi hamda ushbu farmon bilan tergov sudyalari qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish, murdani eksgumatsiya qilish, pochta- telegraf joʻnatmalarini xatlash, tintuv oʻtkazish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, mol-mulkni xatlash, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish hamda guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish va yuqoridagi protsessual cheklashlarga ruxsat berish kabi vakolatlarga ega boʻldi.3 Mazkur islohotlar barobarida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ham oʻzgartirish kiritilib, 311-moddasida tergov sudyasining vakolatlari ham belgilab berildi. Shu oʻrinda ushbu institutning shakllanish tarixi hamda xorijiy amaliyot tajribalari xususidagi maʼlumotlarni oʻrganadigan boʻlsak, tergov sudyalarining vujudga kelishi haqidagi tarixiy maʼlumotlarni koʻrsak, bu institut Fransiyada 14-15 asrlarda paydo boʻlgani va Napoleon hukmronligidagi Fransiyaning 1808-yildagi jinoyat protsessual kodeksida qonun bilan mustahkamlanganini koʻrish mumkin.4 Dastlabki tergov jarayonida protsess ishtirokchilarning teng huquqliligi, surishtiruv yoki tergov organi va himoyachining vakolat va vazifalarini tenglashtirgan holda inson huquqlarini toʻliq taʼminlashga erishish mumkinligini rivojlangan davlatlari tajribalari koʻrsatib bermoqda. Xorijiy davlatlarning amaliyotida, misol tariqasida, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Avstriya va boshqa yetakchi gʻarb davlatlarida tergov ustidan nazorat tergov sudyasining vazifasi koʻrish mumkin. Albatta, sudyaning dastlabki tergovda toʻliq ishtirok etishi tergovga xalaqit berishi mumkin, shu sababli ham faqat insonning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashda yoki ularni buzilgani haqida shikoyat boʻlganda tergov sudyasi oʻzining faoliyatini olib boradi. Jinoyat sodir etgan shaxsning ushlanishi bilan sudga olib borilishi haqida 1966-yil 16- dekabrdagi “Fuqaroviy va siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya”ning 9-moddasida “Jinoiy ayblov boʻyicha hibsga olingan yoki ushlab turilgan har bir shaxs zudlik bilan sudya yoki qonun boʻyicha sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi boʻlgan boshqa mansabdor shaxs huzuriga keltiriladi va oqilona muddatda sud muhokamasi oʻtkazilishi yoki ozod qilib yuborilishi huquqiga ega. Sud muhokamasini kutayotgan shaxslarning qamoqda saqlanishi umumiy qoida boʻlmasligi kerak, biroq ozod qilish sudga kelish
Доказательный фрагмент
«This article examines the institution of the investigative judge, which was introduced as part of the reforms carried out in the judicial system, its significance, and the accumulated experience of foreign countries i…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the institution of the investigative judge, which was introduced as part of the reforms carried out in the judicial system, its significance, and the accumulated experience of foreign countries i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- application of a preventive measure, sud amaliyoti, ehtiyot chorasi qoʻllash, tergov harakatlari, initiation of a criminal case, следственный судья, участник процесса, qamoqqa olish, следственные действия, protsess ishtirokchisi, возбуждение уголовного дела, investigative actions, and placement in a medical facility., tibbiy muassasaga joylashtirish., investigative judge, jinoyat ishi qoʻzgʻatish, судебная практика, tergov sudyasi, participant in the process, помещение в медицинское учреждение., заключение под стражу, detention, применение меры пресечения, judicial practice
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024