К содержанию
РецензированоUZ2026

YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA MILLIY SANOATNI JADAL RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI · Ne‘matov Shoxruxbek Ma‘murjon o‘g‘li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida milliy sanoatni jadal rivojlantirish tadqiq etilgan. Xususan, milliy sanoatni yashil mexanizmlar asosida baholash va rivojlantirish modeli, yashil sanoatni jadal rivojlantirishning kompleks mexanizmlar tizimi hamda sanoat sohasida yashil mexanizmlarni amalga oshirish mavjud muammolar va ularning ilmiy asoslangan yechimlari ishlab chiqilgan. Kalit sо‘zlar: sanoat, yashil sanoat, milliy sanoat rivojlanishi, sanoatning yashil mexanizmlari, yashil bank, yashil loyihalar, yashil iqtisodiyot. Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bosqichiga qadam qo‘ygan bir paytda, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini milliy sanoat tizimiga joriy etish O‘zbekiston uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakat sanoatining tez sur’atlarda rivojlanishi, energiya va resurslar iste’molining ko‘payishi, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning kuchayishi sanoat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, milliy sanoatni “yashil” texnologik yo‘nalishlarga transformatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish va uglerod izini qisqartirish davlat iqtisodiy siyosatida ustuvor vazifaga aylanmoqda. Global iqtisodiyotdagi zamonaviy tendensiyalar milliy sanoat rivojlanishining yangi modeliga – yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan innovatsion sanoatlashuvga o‘tishni taqozo etmoqda. Yashil iqtisodiyot nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror asoslarini yaratish vositasi hamdir. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda “yashil energiya”, “yashil moliya”, “yashil sanoat” kabi yo‘nalishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanmoqda. Mamlakat sanoati YAIMning 26-28 foizini tashkil etayotgan bo‘lsa-da, u hali ham energiya va resurslar ko‘p sarflanadigan modelga tayanadi. Shu sababli, sanoatning energiya samaradorligini oshirish, uglerod izini qisqartirish va innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydigan mexanizmlarni ishlab chiqish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarori qabul qilingan bo‘lib, unda sanoat tarmog‘ining energiya samaradorligi va resurs tejamkorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya ulushini oshirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan [1]. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi ilk bor BMTning “Barqaror rivojlanish dasturlari”da shakllangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – iqtisodiy o‘sishni ekologik xavfsiz va ijtimoiy adolatli usulda ta’minlashdir. Bu konsepsiyada sanoat faoliyatida quyidagi tamoyillar ustuvor ahamiyat kasb etadi [2]: - resurs tejamkor va kam chiqindili texnologiyalardan foydalanish; - qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (quyosh, shamol, biomassa) keng foydalanish; - sanoat chiqindilarini qayta ishlash va “yaponcha aylanma iqtisodiyot” modelini joriy etish; - ishlab chiqarish zanjirlarini ekosamarador yo‘nalishda qayta tuzish. Shuningdek, yashil sanoat rivojlanishi mamlakatning uglerod-neytral o‘sish modeliga o‘tishini ta’minlaydi va xalqaro “yashil bozorlar”ga kirish imkoniyatini yaratadi. Tahlillarga kо‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda: - sanoat korxonalarining 60 foizdan ortig‘i hali ham eski energiya tizimlariga bog‘liq; - qayta tiklanuvchi energiya hissasi umumiy sanoat energiya balansida 12-14 foizdan oshmagan; - “yashil moliya” va “yashil obligatsiyalar” bozori hali shakllanish bosqichida. Bu holat “yashil sanoat mexanizmlari”ni amaliy jihatdan samarali ishlatish uchun iqtisodiy, huquqiy va institusional tuzilmalarni takomillashtirish zarurligini kо‘rsatadi. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 525 ISSN: 2181-2861 Yuqoridagilardan kelib chiqib, milliy sanoatni yashil mexanizmlar asosida baholash va rivojlantirish modelini quyidagicha ifodalash mumkin. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 526 ISSN: 2181-2861 G I M = E 0 ,4  G K 0 ,3  I 0 ,3 Bu yerda, GIM – yashil sanoat modeli, E – iqtisodiy samaradorlik, G –ekologik samaradorlik, I – innovatsion faollik, K – normalashtiruvchi koeffitsiyent bо‘lib, hududlar kesimidagi soha sektoriga moslashtiriladi. Bu usul sanoat tarmoqlarining “yashil transformatsiya” salohiyatini aniqlash va davlat qо‘llab-quvvatlovi ustuvor yо‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. О‘zbekistonda yashil sanoatni jadal rivojlantirish uchun quyidagi kompleks mexanizmlar tizimi taklif etish mumkin: 1) Institusional mexanizmlar: - “Yashil sanoat agentligi”ni tashkil etish; - korxonalar uchun “yashil sertifikatlashtirish” va ISO 50001 standartlarini joriy etish. 2) Moliyaviy mexanizmlar: - “yashil lizing” va “yashil kredit” mahsulotlarini joriy etish; - ekologik fondlar orqali foiz subsidiyalari va soliq imtiyozlari berish. 3) Texnologik mexanizmlar: - energiya tejamkor uskunalarni impo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida milliy sanoatni jadal rivojlantirish tadqiq etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida milliy sanoatni jadal rivojlantirish tadqiq etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yashil iqtisodiyot, yashil sanoat, milliy sanoatni, joriy etish, sanoatni jadal, sanoatni yashil, milliy sanoat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5