К содержанию
РецензированоUZ2026

MOLIYAVIY SAVODXONLIKNI AHAMIYATI VA UNI OSHIRISH USULLARI

Jabborov Diyorbek Baxodirovich

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekistonda investitsiya faoliyatida uchraydigan asosiy risk turlari hamda ularni kamaytirish zarurati tahlil qilingan. Ishda iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv risklarining mazmuni, ularning investitsion jarayonlarga ta’siri hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillar batafsil yoritilgan. Shuningdek, risklarni kamaytirish orqali investorlar ishonchini oshirish, uzoq muddatli sarmoyalarni jalb etish va mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirish muhimligi asoslab berilgan. Kalit so`zlar: Investitsion risklar, iqtisodiy xavflar, moliyaviy barqarorlik, tashkiliy boshqaruv, risklarni kamaytirish strategiyalari, investor ishonchi, uzoq muddatli sarmoya, raqobatbardoshlik. Iqtisodiy risklar makroiqtisodiy muhitdagi o‘zgarishlar natijasida investitsiyalar qiymati yoki loyihaning rentabelligi pasayish xavfi. Bunga birinchi navbatda inflyatsiya, valyuta kursining beqarorligi va soliq siyosatidagi kutilmagan o‘zgarishlar kiradi. Inflyatsiya darajasining oshishi xarajatlarni (masalan, xomashyo, ish haqi) orttiradi va loyihaning real daromadliligini kamaytiradi; shuningdek, prognozlarni buzadi. Valyuta kursi o‘zgarishi chet el sarmoyadorlari uchun valyuta konversiyasidan keladigan yo‘qotishlarga olib keladi va importga bog‘liq loyihalarda narx barqarorligini yo‘qotadi. Soliq siyosatidagi keskin o‘zgarishlar (yangi soliq joriy etilishi yoki imtiyozlarning bekor qilinishi) loyiha moliyaviy hisob-kitoblarini buzadi va investitsion qarorlarni qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘ladi. Ushbu risklar odatda makroiqtisodiy siyosat, tashqi talab va taklif sharoitlari, shuningdek global bozorlarning o‘zgarishlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning boshqarilishi barqaror makroiqtisodiy siyosat, valyuta siyosatining oldindan aytib beriladiganligi hamda inflatsiyaga qarshi samarali mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Risk mohiyati va mazmunini ko‘rib chiqar ekanmiz, tadbirkor, ishbilarmon va menejerning muvaffaqiyati riskka munosabatni tushunishiga sezilarli darajada bog‘liqligini isbotlashga endilikda hojat qolmagan. Bu muammo alohida qiziqish uyg‘otadi va har tomonlama o‘rganishga arziydi.[1] Moliyaviy risklar loyihani moliyalashtirish, kredit olish va pul oqimlarining noaniqligi bilan bog‘liq xavflar. Bunda asosiy omil — kredit resurslariga kirish imkoniyatining cheklanishi: banklarning sarmoyaviy kreditlashga bo‘lgan qobiliyati, qatʼiy kredit shartlari yoki kafillik muammolari loyiha boshlanishini qiyinlashtiradi. Foiz stavkalarining o‘zgarishi esa qarz xarajatlarini oshiradi va loyihaning moliyaviy yukini orttiradi; foizlarning yuqori yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi investitsiya loyihalarining barqarorligini pasaytiradi. Shuningdek, likvidlik risklari, aktivlarni tez va zarar bilan naqdga aylantira olmaslik, ham muhimdir, chunki favqulodda xarajatlar yoki daromadlar kechikishi loyihaning ishlashiga jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin. Tashkiliy va boshqaruv risklari loyiha yoki korxona ichki boshqaruvi, loyihani rejalashtirish va ijro etishdagi kamchiliklar bilan bog‘liq xavflardir. Bunda loyihaning noto‘g‘ri texnik-iqtisodiy asoslanganligi, vaqt va byudjetni noto‘g‘ri baholash, yetarlicha malakali boshqaruv kadrlarining yo‘qligi yoki loyiha ijrosidagi monitoring mexanizmlarining sustligi muhim omillar hisoblanadi. Misol uchun, loyiha boshida yetarli muhandislik tahlil olib borilmasa yoki risklarni boshqarish rejasi tuzilmasa, texnik muammolar, kechikishlar va qo‘shimcha xarajatlar paydo bo‘ladi. Shuningdek, korrupsiya, shaffoflikning pastligi va qaror qabul qilishdagi byurokratik to‘siqlar ham tashkiliy risklarni oshiradi. Bunday risklar loyihaning sifati va muddatlariga zarar yetkazibgina qolmay, investorning ishonchini pasaytiradi va qo‘shimcha moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi. Ularni kamaytirish uchun professional boshqaruv tizimlari, layihalarga mos kadrlarni tayyorlash, aniq monitoring va hisobdorlik mexanizmlarini joriy etish zarur. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot nazariyasi va siyosatshunoslikning sintetik kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiy tobelik va mustaqillik, barqarorlik va himoyasizlik, iqtisodiy suverenitet hamda iqtisodiy bosim o‘tkazish, shantaj qilish, majburlash va tajovuzkorlik kategoriyalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik jamiyat, davlat va iqtisodiyotning maqbul nisbatiga bog‘liq bo‘lgan Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 498 ISSN: 2181-2861 xususiyat sifatida ifodalanadi. Iqtisodiy xavfsizlik kategoriyasini ta’riflash uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning normal ishlashini belgilovchi omillarning majmuasini aniqlab olish, shundan keyingina uni umumiy, milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan sistema sifatida hamda milliy xavfsizlikning alohida ajralgan qismi emas, balki uning uzviy tarkibiy qismi sifatida qarash kerak[2] Investitsion risklarni kamaytirishning eng muhim sababi investorlar orasida ishonchni mustahkamlashdir. Agar mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik ta’minlansa, huquqiy kafolatlar aniq bo‘lsa va inv

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O‘zbekistonda investitsiya faoliyatida uchraydigan asosiy risk turlari hamda ularni kamaytirish zarurati tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O‘zbekistonda investitsiya faoliyatida uchraydigan asosiy risk turlari hamda ularni kamaytirish zarurati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bog liq, iqtisodiy xavfsizlik, hamda ularni, ularni kamaytirish, risklarni kamaytirish, uzoq muddatli, tashkiliy boshqaruv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5