К содержанию
РецензированоUZ2025

BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING MOLIYA TIZIMIDAGI O‘RNI VA UNING MARKAZLASHGAN INFRATUZILMALARGA TA’SIRI

Suyunov Javohir Ravshan o’g’li

Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 11-28 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada kraudfanding innovatsion g‘oyalar va startaplarni moliyalashtirishning zamonaviy shakli sifatida tahlil qilinadi. Unda an’anaviy sarmoya manbalariga nisbatan jamoaviy moliyalashtirishning afzalliklari, shuningdek, kraudfanding platformalarining investitsiya, mukofot va xayriya asosidagi turlari yoritilgan. Muallif kraudfandingning O‘zbekiston sharoitidagi rivojlanish bosqichlarini, xususan MFond.uz va Factor.uz kabi ilk tashabbuslarning tajribasini tahlil qiladi hamda ushbu sohaning huquqiy asoslari yaratilganini qayd etadi. Shuningdek, maqolada 2025-yilda ishga tushirilgan Startupbase.uz platformasining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. U O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirish, investorlar va g‘oya egalari o‘rtasida raqamli hamkorlikni kuchaytirish hamda muqobil moliyalashtirish mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida taqdim etiladi. Umuman olganda, maqola kraudfandingni milliy innovatsion rivojlanishning ajralmas elementi sifatida baholaydi va uni raqamli iqtisodiyotning strategik yo‘nalishlaridan biri deb ta’kidlaydi. Kalit so’zlar: Kraudfanding, startap moliyalashtirish, innovatsion iqtisodiyot, raqamli moliya, investitsiya platformalari, O‘zbekistonda kraudfanding, FinTech ekotizimi, huquqiy tartibga solish Innovatsion g’oya hamda startaplarni tayyor mahsulot yoki xizmatga aylantirish yo’lidagi eng katta to’siqlardan biri shubhasiz ularni moliyalashtirish hisoblanadi.[1] Yangi startaplar uchun banklar yoki venchur kapital fondlaridan sarmoya jalb qilish qiyin bo’lganligi sababli ba’zi tadbirkorlar o’z e’tiborini onlayn hamjamiyatlarga qaratmoqdalar. “Kraudfanding” deb ataluvchi bu nisbatan yangi norasmiy moliyalashtirish shakli tadbirkorlarga keng jamoatchilikka (ya’ni, “ommaga”) bevosita murojaat qilish imkonini beradi ya’ni tadbirkorlar o‘z innovatsion g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda xalqning yordamiga tayanadilar. “Kraudfanding” so’zi inglizcha “crowdfunding” so’zdan olingan bo’lib “crowd” – jamoa, xalq, “funding” – moliyalashtirish ma’nolarini bildiradi. Bu internet orqali ochiq chaqiriq bo‘lib, u aniq maqsadlardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy resurslarni xayriya tarzida yoki ma’lum bir mukofot evaziga jalb etishni o‘z ichiga oladi.[2] Kraudfanding aslida tarixan mavjud bo’lgan turli xil faoliyatlar uchu berilgan yangi zamonaviy nomdir.[3] Masalan, Motzart va Bethoven o‘z konsertlari hamda yangi musiqiy asarlarini homiylarning mablag‘lari orqali moliyalashtirgan; Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali Amerika va Fransiya xalqlari tomonidan berilgan kichik xayriyalar evaziga qurilgan; shuningdek, AQSh prezidenti Barak Obamaning 2008-yilgi saylov kampaniyasi mablag‘larining asosiy qismi ham Internet orqali olingan kichik xayriyalar hisobiga yig‘ilgan.[4] Barcha kraudfanding platformalariga xos umumiy jihat shundaki, mablag‘ yig‘uvchilar, ya’ni startap g’oya egalari, qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ega bo‘lish umidida maydonga chiqadilar. Loyihalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega va sarmoyadorlaning ham bu loyihalarga nisbatan turlicha didi va ustuvorliklari mavjud bo’ladi. Shu sababli kraudfanding platformalari bozorning ikki tomonini bog‘lovchi, ularni bir-biriga moslovchi ikki tomonlama platformalar toifasiga kiradi. Boshqa sohalardagi, masalan, tanishuv yoki ko‘chmas mulk savdosi platformalaridan farqli ravishda, kraudfanding platformalari “birga–ko‘p” (eng. one-to-many) tamoyiliga asoslanadi. Ya’ni, bitta loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun (ya’ni, kerakli mablag‘ yig‘ilishiga erishish uchun) bir nechta homiyning ishtirokini talab qiladi. Bu xususiyat aksariyat kraudfanding platformalariga xos bo‘lsa-da, moliyalashtiruvchilarning rag‘batlari turli turdagi platformalarda bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Xuddi shuningdek, ma’lum bir loyihani ilgari surayotgan startap egasining maqsad va manfaatlari ham platforma turiga qarab o‘zgaradi. Kraudfanding platformalarini uch asosiy turga bo’linadi: investitsiya asosidagi, mukofot asosidagi va Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 490 ISSN: 2181-2861 xayriya (donatsiya) asosidagi platformalar.[5] Investitsiya asosidagi kraudfanding platformalari startaplar va kichik hamda o‘rta darajadagi korxonalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan muqobil moliyaviy investitsiya vositalari sifatida ko’rilishi mumkin. Ushbu turdagi platformalar aksiyadorlik (eng. equity-based) va qarz asosidagi (eng. lending-based) turlarga bo‘linadi. Aksiyadorlik asosidagi platformalarda loyihani moliyalashtiruvchilar o’z sarmoyalari evaziga aksiyalar (ulushlar) oladilar. Bunda to‘lov miqdori loyiha muvaffaqiyatli yakunlanib, daromad keltirgan taqdirda uning natijadorligiga bog‘liq bo‘ladi. Qarz asosidagi platformalarda esa g’oya muallifi investorlar tomonidan berilgan qarz evaziga foizli to‘lovlar taklif qiladi. Umuman olganda, investitsiya asosidagi kraudfandingdan foydalanayotgan kompaniyalar uchun asosiy maqsad bu an’anaviy moliyalashtirish vositalariga (masalan, alohida investor yoki bank kre

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kraudfanding innovatsion g‘oyalar va startaplarni moliyalashtirishning zamonaviy shakli sifatida tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kraudfanding innovatsion g‘oyalar va startaplarni moliyalashtirishning zamonaviy shakli sifatida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kraudfanding platformalari, investitsiya asosidagi, oya egalari, umuman olganda, tomonidan berilgan, kichik xayriyalar, kraudfanding platformalariga
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5