Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOYAT PROTSESSIDA DASTLABKI ESHITUV INSTITUTI
Xusanov Diyorbek Ismatilla o‘g‘li (JINOYAT PROTSESSIDA DASTLABKI ESHITUV INSTITUTI)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article examines the essence and procedural order of the preliminary hearing institution, a change introduced into the legislation by Presidential Decree No. UP-6034 dated July 24, 2020, "On Additional Measures to Further Improve the Activities of Courts and Enhance the Efficiency of Justice." Key concepts: preliminary hearing, judicial and legal reforms, inquest, preliminary investigation, determination, presiding judge, defense attorney, and accused. Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari natijasida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarni imzoladi. Mazkur qonunga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalarning asosiy qismi sud tizimining qayta ixtisoslashuvi, sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirilishi bilan bogʻliq boʻldi. Xususan, “Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun bilan kodeksga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar asosan qator oʻziga xos jihatlarda namoyon boʻldi. Ushbu Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgarishlarga koʻra, shaxsning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish, uning asoslari va tartibi, kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sudyaning harakatlari ifodalab berilgan. 132 Noyabr, 2025-Yil Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessal kodeksi 491-bob bilan toʻldirilib, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv deb nomlandi hamda ushbu bobda dastlabki eshituvning mohiyatini, asoslari, oʻtkazish tartibini belgilab beradigan bir qator moddalar oʻz ifodasini topdi. Dastlabki eshituv – surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyati ustidan bevosita sud nazorati shakllaridan biri hisoblanadi. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash bosqichida jinoyat ishining kelgusi harakati masalalarini tortishuv prinsipiga koʻra hal etilishini koʻzda tutadi.1 Kodeksining 4053-moddasida jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, unga koʻra, dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi: 1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish; 2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish; 3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish; 4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish; 5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida taraflardan birining iltimosi mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash. Demak modda mohiyatidan anglashiladiki, ushbu asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazadi. Qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishga muvofiq, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv sudya tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi, lekin dastlabki eshituvni oʻtkazish davomiyligi dastlabki eshituv boshlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan oshmasligi kerakligi belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 4056-moddasida jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish tartibi bilan bogʻliq normalar mustahkamlandi. Mazkur modda talabidan kelib chiqib, dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi. Bunda taraflarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan boʻlishi kerak. Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart. Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti sud muhokamasini sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirda yoki ayblanuvchi qonun normalariga asosan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin. Oʻz vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni 1 S.Raxmonova. Dastlabki eshituv instituti qanday samara beradi? https://docs.yandex.ru/docs/view?tm 133 Noyabr, 2025-Yil oʻtkazish uchun monelik qilmaydi. Oʻz navbatida raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi. Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovc
Доказательный фрагмент
«This article examines the essence and procedural order of the preliminary hearing institution, a change introduced into the legislation by Presidential Decree No.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the essence and procedural order of the preliminary hearing institution, a change introduced into the legislation by Presidential Decree No. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sud-huquq islohotlari, обвиняемый., председательствующий, determination, surishtiruv, presiding judge, inquest, preliminary investigation, определение, judicial and legal reforms, dastlabki eshituv, ayblanuvchi., preliminary hearing, дознание, and accused., defense attorney, защитник, предварительное слушание, ajrim, dastlabki tergov, himoyachi, предварительное следствие, raislik qiluvchi, судебно-правовые реформы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025