Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUDLAR MUSTAQILLIGINI TAʼMISHLASH BORASIDA PREZIDENT FARMONLARI
Odilova Bahora Muzaffarjon qiz
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
судебное право, судебная власть, правосудие, верховенство закона, укрепление законности, либерализация законодательства, апелляция, кассация, ревизия. Key concepts: judicial law, judicial authority, justice, the rule of law, strengthening the rule of law, liberalization of legislation, appeal, cassation, and review. Yurtimizda olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida – sud hokimiyatining amalda mustaqilligini taʼminlashga erishish va odil sudlovni samarali taʼminlashdan iborat ekanligini taʼkidlash lozim. Sud-huquq tizimini isloh qilish demokratik islohotlarni amalga oshirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, huquqiy tizimni izchil demokratlashtirish va qonunchilikni liberallashtirishni koʻzda tutadi.1 Prezidentimiz ham sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan barcha nutqlarida sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash eng ustuvor vazifa ekanligi, sudlar faoliyatiga boshqa shaxslarning aralashuviga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik lozimligi, shu boisdan ham sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim oʻtkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish talab qilinishi xususida koʻp bora alohida taʼkidlab keladilar. Shu munosabat bilan sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi va boshqa qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqishni taqozo etganligi, sud amaliyoti sudlarni qatʼiy ixtisoslashtirish va ortiqcha byurokratik harakatlarni qisqartirish hamda sudlarni optimallashtirish orqali ishlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqadigan, barcha boʻgʻin sudlari bir xilda faoliyat yuritadigan tizimni shakllantirish zarurati mavjudligidan, sudlovga oid qonunchilikni 1 B.Toshev. Odil sudlovni taʼminlashning institutsional asoslari. https://uzmarkaz.uz/uz/news/odil-sudlovni- taminlashning-institutsional-asoslari. 129 Noyabr, 2025-Yil takomillashtirish, sud hokimiyatini toʻliq amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish, odamlarni sudga ishonchini yanada oshirish asosiy vazifalardan kelib chiqib Prezidentimiz tomonidan oxirgi besh yillikda koʻplab farmonlar qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi PF-4850- sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi,2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi,3 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi4, 2023-yil 16- yanvardagi PF-11-sonli “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi5, 2024-yil 10- iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi,6 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni7larini aytib oʻtish mumkin. Ushbu qabul qilingan farmonlar oʻz mazmun-mohiyati bilan sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish mezonlarini koʻrsatib berdi. Sud qarorlarining ijrosini taʼminlashda davlat organlari va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirilib, xalqining odil sud va davlatdan rozi boʻlishiga alohida eʼtibor qaratilayotganligidan dalolat beradi deyish mumkin. Ayniqsa, tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarida apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish vakolati berilgani sud qarorlari qonuniy va adolatli qabul qilinganini tekshirishning qulay va soddalashtirilgan tartibini belgilab berganligini, birinchi instansiya sudining qaror yoki hukmidan norozi taraflar viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilib, ularning ham natijasidan qoniqmasa, ushbu ish mazkur sudlarda taftish tartibida qayta koʻrib 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. 3 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi
Доказательный фрагмент
«судебное право, судебная власть, правосудие, верховенство закона, укрепление законности, либерализация законодательства, апелляция, кассация, ревизия.»
Образец извлечения
Демо-превьюсудебное право, судебная власть, правосудие, верховенство закона, укрепление законности, либерализация законодательства, апелляция, кассация, ревизия. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- укрепление законности, cassation, taftish., strengthening the rule of law, liberalization of legislation, qonuniylikni mustahkamlash, кассация, либерализация законодательства, odil sudlov, apelliyatsiya, kassatsiya, правосудие, appeal, ревизия., верховенство закона, sud-huquq, and review., судебная власть, the rule of law, qonun ustuvorligi, судебное право, justice, qonunchilikni liberallashtirish, апелляция, judicial law, judicial authority, sud hokimiyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014