К содержанию
РецензированоUZ2025

RAQAMLI TRANFORMATSIYA SHAROITIDA SUG’URTA XIZMATLARINI MODERNIZATSIYA QILISH YO’NALISHLARI

MODERNIZATSIYA QILISH YO’NALISHLARI · Baxtiyarov Javohir Baxtiyarovich · O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi · ASOSIY QISM

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu tezis raqamli iqtisodiyot va raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta xizmatlarini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilishga qaratilgan. Sug‘urta bozorida texnologik o‘zgarishlarning jadallashuvi, mijozlar talabining o‘zgarishi va onlayn xizmatlar ulushining oshishi ushbu jarayonning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotda sun’iy intellekt, Big Data, mobil platformalar va avtomatlashtirilgan servis modellarining sug‘urta faoliyatiga ta’siri o‘rganildi. Tahlillar raqamli transformatsiya operatsion samaradorlikni oshirishi, xarajatlarni kamaytirishi, risklarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishi hamda mijoz tajribasini yaxshilashini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: Raqamli transformatsiya, sug‘urta xizmatlari, InsurTech, sun’iy intellekt, Big Data, avtomatlashtirish, mijoz tajribasi, iqtisodiy samaradorlik. ASOSIY QISM Sug‘urta xizmatlarining raqamli transformatsiyasi so‘nggi yillarda moliyaviy sektorda kuzatilayotgan eng muhim modernizatsiya yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili (Big data), bulutli texnologiyalar, blokcheyn va IoT kabi texnologiyalar sug‘urta jarayonlarining avtomatlashtirilishi, risklarni baholashning aniqlashuvi va xizmat ko‘rsatish tezligi oshishiga imkon yaratmoqda1. Natijada polislarni masofaviy rasmiylashtirish, da’vo arizalarini avtomatik ko‘rib chiqish hamda mijozlar bilan raqamli muloqotning kengayishi kabi ko‘rsatkichlar sezilarli darajada o‘smoqda. InsurTech startaplarining jadallashuvi an’anaviy sug‘urta kompaniyalarini raqamli modelga tezroq o’tishga undamoqda 2 . Ma’lumotlar tahlili asosida sug‘urta mahsulotlarini individuallashtirish va tariflarni aniq shakllantirish imkoniyatlari kengayib bormoqda. IoT va telematika yechimlari esa avtomobil va sog‘liq sug‘urtasida foydalanishga asoslangan baholash mexanizmlarini shakllantirmoqda. Raqamlashtirish jarayonining chuqurlashuvi bilan birga kiberxavfsizlikni ta’minlash ham sohaning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib bormoqda. Mazkur tendensiyalar shuni tasdiqlaydiki, sug‘urta sohasida raqamli ko‘rsatkichlarning ortishi sohaning modernizatsiya darajasini belgilab, kelgusida yangi biznes-modellar, operatsion samaradorlik hamda mijozlar bilan ishlash sifatining oshishi uchun muhim zamin yaratadi. 1 OECD. Digital Transformation in Insurance; McKinsey. The Future of Insurance. 2 Capgemini. World InsurTech Report; Deloitte. Insurance Digitalization Trends. 115 Noyabr, 2025-Yil 1-rasm. Raqamli texnologiyalarning kompaniya xarajatlarini kamaytirishi dinamikasi 3 Diagramma sug‘urta kompaniyalarining xarajat tarkibi va raqamli texnologiyalar joriy etilganda erishilishi mumkin bo‘lgan tejamkorlik diapazonlarini aks ettiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, xarajatlarning eng katta ulushi da’volarni ko‘rib chiqish jarayoniga to‘g‘ri keladi ya’ni taxminan 70 foizi bo‘lib, ushbu yo‘nalishni raqamlashtirish orqali 7–17 foiz oralig‘ida tejamkorlikka erishish mumkin. Zararlarni baholash xarajatlarning 10 foizini tashkil etadi va potentsial tejamkorlik diapazoni 25–50 foizni tashkil qiladi. Marketing va distribyutsiya, anderrayting hamda ma’muriy operatsiyalar xarajatlarda nisbatan past ulushga ega (3–8%), biroq ularning har birida raqamli texnologiyalar hisobiga 15–40 foizgacha tejamkorlikka erishish mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlar raqamli transformatsiya sug‘urta kompaniyalarida operatsion jarayonlarning barcha asosiy bloklarini optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish va xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini berishini ko‘rsatadi. 3 https://medium.com/forinsurer/insurance-digitalization-index-2024-2e9e6934136b 116 Noyabr, 2025-Yil Raqamli yechimlar sug‘urta xizmatlaridagi operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirib, mijozlar bilan ishlash jarayonlarining samaradorligini oshiradi. Xususan, raqamli platformalar polislarni xarid qilish, yangilash va da’volarni qayta ishlash jarayonlarini to‘liq onlayn boshqarish imkonini yaratadi; bu esa qulaylikni oshirish bilan birga, real vaqt rejimida ma’lumotlarga tezkor kirishni ta’minlaydi. 2-rasm. 2022-2023-yillarda butun dunyo bo'ylab o'z sug'urtalarini faqat onlayn tarzda boshqarishga tayyor iste'molchilar ulushi 4 Grafik ma’lumotlari 2022–2023-yillar davomida dunyo bo‘ylab iste’molchilarning to‘liq onlayn sug‘urta xizmatlariga o‘tishga tayyorlik darajasi sezilarli farqlanishini ko‘rsatadi. 2023- yilda eng yuqori ko‘rsatkich Finlyandiyada qayd etilib, iste’molchilarning 45 foizi sug‘urtani butunlay onlayn boshqarishga tayyorligini bildirgan. Bu raqam raqamli sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonch va texnologik infratuzilmaning yetukligini aks ettiradi. Braziliya (33%) va Shveysariya (30%) kabi davlatlarda ham onlayn sug‘urta boshqaruviga tayyorlik yuqori bo‘lib, bu mintaqalarda raqamli moliyaviy xizmatlarning keng ommalashganini ko‘rsatadi. Aksincha, ayrim Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida bu ko‘rsatkich pastroq bo‘lib, xususan, Meksikada 20%, Janubiy Koreyada esa 17% atrofida qayd etilgan. Ushbu farqlar mamlak

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis raqamli iqtisodiyot va raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta xizmatlarini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilishga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis raqamli iqtisodiyot va raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta xizmatlarini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Raqamli transformatsiya, mijoz tajribasi, sug‘urta xizmatlari, avtomatlashtirish, InsurTech, sun’iy intellekt, Big Data, iqtisodiy samaradorlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники