Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ISLOM MOLIYA TIZIMI IMKONIYATLARIDAN O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI
Dursoatov Abbos Ulug‘bek o‘g‘li
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2022
Аннотация
В данной статье раскрывается понятие исламских финансов, их различия и преимущества по сравнению с традиционной финансовой системой. Проанализировано состояние мирового рынка исламских финансов и место в нем исламских банков. Изучен международный опыт, показаны проблемы доступа населения к финансовым услугам и предложены направления для их решения. Ключевые слова: Ислам, исламские финансы, риба, добавленная стоимость, исламская экономика, Коран и Сунна, континентальная модель, англо-саксонская модель, мурабаха, иджара, истисна, салям, мушарака, мудараба, сукук, закят, садака, кард аль-хасан, вакф, кризис, исламское страхование (такафул). Kirish: Butun dunyoda ikki miliarddan ortiq musulmonlar yashaydi va ular uchun foizlardan foydalanish mumkin emas. Lekin, hozirgi dunyomizda insonning e’tiqodi uni moliya xizmatlaridan foydalanishdan to’sa olmaydi. Kimdir an’anaviy kredit olishni istamasa, u inson uchun dunyoning ko’p mamlakatlarida muqobil variantlar taklif etiladi. Sababi, hamma teng imkoniyatlardan foydalanishi kerak (demokratiya tamoyili) va jamiyatda paydo bo’ladigan bunday imkoniyatlar inklyuziv rivojlanish, ya’ni jamiyat a’zolari o’rtasida adolat bilan taqsimlangan va barcha uchun teng imkoniyatlar beruvchi iqtisodiy rivojlanishga yo’l ochadi. Respublikamizda ham aholining asosiy qismi, ya’ni 90 foizdan ortig‘i musulmonlardan iborat ekanligini e’tiborga olsak, Islom moliyasi xizmatlarining joriy etilishi va rivojlanishi Xalqimizning moliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-765-son qonuni[3]ning qabul qilinishi va bu qonunga asosan islom moliya xizmatlarining nobank moliya muassasalarida joriy etilishi bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlardan biri hisoblanadi. Asosiy qism: Islom iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo’lgan islomiy moliya tizimi haqida fikr yuritilar ekan, so’z an’anaviy nuqtainazardagi moliya tizimi haqida emas, balki islomiy moliyaviy muassasa va vositalarning uyg’unligi talqinidagi tizim haqida borayotganini nazarda tutish lozim bo’ladi. An’anaviy tushunchadagi moliya tizimi haqida so’z yuritishning so’z yuritishning yanglishligi shundaki, jahonda faqat bir mamlakat – Sudanda moliyaviy sektor butkul islomiylashtirilgan. Aksariyat mamlakatlarda islomiy moliya Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 480 ISSN: 2181-2861 muassasalari mavjud an’anaviy tizimning bir qismi hisoblanadi. Islomiy moliyaning tuzilishi qarzdan olingan har qanday daromadni (riba) taqiqlash va daromadning qonuniyligi atrofida aylanadi. Ribo - qarzdordan mukofot sifatida olinadigan o'sishdir. Bu pulni pulga almashtirish yoki to'lovni kechiktirish hisobiga ssuda qarzlarni sotish bo'yicha kelishilgan narxga qo'shish bilan bog'liq operatsiyalar bo'yicha daromadni anglatadi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik keltirib chiqaradiganligi sababli shariat buni man qilgan. Chunki foizlarni to'lash bilan bog'liq barcha operatsiyalar qat'iyan man etilad. Riboning mohiyatini iqtisodiy ko’rsatkichlar orqali yana ham aniqroq tushunish mumkin. Qo’shimcha qiymat – sotib olingan mahsulot qiymati (ya’ni har bir ishlab chiqaruchi (firma) boshqasidan sotib olingan tovarning qiymati) va uni sotishdan kelib tushgan umumiy tushum o’rtasidagi farqdir. Pulga doir qo’shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog’liq. Pulga doir qo’shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog’liq. Voqelikdagi tovar yoki xizmatlarning to’lovini ta’minlamaydigan moliyaviy vositalarni olish va sotish ham unga kiradi. Moliyaviy vositalar xarid bahosi va ularni sotish bahosi o’rtasidagi farq o’zida pullik qo’shimcha qiymatni ifodalaydi. Bu bitimlar YAIM (yalpi ichki mahsulot) miqdorini o’zgartirmaydi hamda iqtisodiy agentlar o’rtasida pul mablag’larini qayta taqsimlash natijasi hisoblanadi. Mana shu pullik qo’shimcha qiymat ribboning o’zidir (bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirish va pul o’tkazmalari bundan mustasno) Islom yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Faqat so‘nggi bir necha o‘n yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me’yorlarni zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa’y-harakatlar amalga oshirilganiga qaramay va ko‘plab tadqiqotlar chop etilgan bo‘lsa- da, baribir «islomiy moliya» yoki «islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo‘shilgan turli ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq ta’rifni qo‘llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko’ribchiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi Tahlil va natijalar. Islom huquq tizimida, musulmonlar turmush tarzini tartibga soluvchi qonun-qoidalar yig’indisi – Shariat orqali davlat boshqaruvi va jamiyat farovonligi ta’minlanadi
Доказательный фрагмент
«В данной статье раскрывается понятие исламских финансов, их различия и преимущества по сравнению с традиционной финансовой системой.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье раскрывается понятие исламских финансов, их различия и преимущества по сравнению с традиционной финансовой системой. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Islam, Islamic finance, Riba, Value addition, Islamic economics, Quran and Sunnah
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Авторефераты диссертацийKarimova Gulirano Muxtor qizi2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021