Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQIL O’ZBEKISTONNING XALQARO GUMANITAR FAOLIYATI TARIXI
Л.С. Зухриддинова
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article explores the evolution of Uzbekistan’s international humanitarian activities since gaining independence. It focuses on the country’s cooperation with global organizations such as the United Nations, UNESCO, and UNICEF, as well as its humanitarian initiatives that contribute to regional peace and stability. The findings reveal that Uzbekistan’s humanitarian diplomacy has become an essential component of its foreign policy, built upon the principles of human dignity, solidarity, and alignment with national interests. Key words: global organizations, United Nations, UNESCO, and UNICEF, humanitarian diplomacy, foreign policy. XX asrning oxirida O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, yangi davr – milliy taraqqiyot va xalqaro hamkorlikning zamonaviy bosqichi boshlandi. Endi mamlakat nafaqat siyosiy va iqtisodiy sohalarida, balki insonparvarlik va gumanitar yo’nalishlarda ham o’z o’rniga ega bo’la boshladi. Mustaqillik yillarida shakllangan tashqi siyosatning eng muhim jihatlaridan biri – bu xalqaro gumanitar faoliyat, ya’ni tinchlik, inson qadri, madaniy meros, ta’lim va ijtimoiy adolatni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar majmuasidir. Bugungi kunda dunyo keskin o’zgarayotgan sharoitda gumanitar diplomatiya tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Urushlar, migratsiya, ekologik muammolar, suv va oziq-ovqat xavfsizligi kabi global muammolar insoniyatni birlashtiruvchi kuch - insonparvarlik g’oyasining qayta qadrlanishiga olib kelmoqda. O’zbekistonning xalqaro gumanitar siyosati bevosita mamlakat konstitutsiyasida belgilangan tamoyillarga tayanadi. 3 51 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ayniqsa 17-moddada ko’rsatilgandek, O’zbekiston xalqaro munosabatlarning to’la huquqli ishtirokchisi sifatida suveren tenglik, kuch ishlatmaslik, hududiy yaxlitlikni xurmat qilish va nizolarni tinch yo’l bilan hal etish kabi prinsiplarga amal qiladi. Aynan mana shu konsitutsiyaviy tamoyillar O’zbekistonning insonparvar tashqi siyosatining asosi bolib, mamlakatning tinchlikni saqlash, gumanitar yordam ko’rsatish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi yo’nalishlarini belgilab beradi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan faol aloqalar o’rnatib, o’z nomini jahon maydonida mustahkamlay oldi. Mamlakat BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalarga a’zo bo’ldi. Shu orqali O’zbekiston o’z tashqi siyosatini nafaqat siyosiy yoki iqtisodiy, balki insonparvarlik yo’nalishlarida ham faol olib bormoqda. O’bekistonning tashqi siyosati “uyg’unlashuv strategiyasi” g’oyasiga tayanadi – ya’ni u o’z manfaatlarini mintaqaviy barqarorlik va global tinchlik bilan uyg’unlashtirgan holda rivojlantirishni maqsad qiladi. 1990-yillarning o’rtalaridan boshlab O’zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Ayniqsa, Afg’onistondagi beqarorlik, chegaraviy mojarolar va terrorizm havfi mamlakat tashqi siyosatining muhim yo’nalishiga aylandi. Shu davrda O’zbekiston Mazkaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy xavfsizlik tizimini yaratish, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha tashabbuslar ilgari surdi. 2000-yillarga kelib, Afg’onistondagi vaziyat o’zgargach, O’zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda mintaqada tinchlikni tiklashga qaratilgan siyosat yurita boshladi. Toshkent Afg’onistonda tinchlikni tiklashga qo’llab-quvvatlash, insonparvarlik yordamini ko’rsatish, infratuzilmani tiklash va ta’lim loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etdi. O’zbekistonning bu yo’nalishidagi siyosati siyosiy manfaatlaridan ko’ra, mintaqada barqarorlik, o’zaro ishonch va inson faravonligini ta’minlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu orqali mamlakat Afg’oniston muammosini kuch ishlatish emas, balki diplomatik va gumanitar yo’l bilan hal etish tarafdori ekanini amalda isbotlab kelmoqda. O’zbekistonning xalqaro gumanitar faoliyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), YUNESKO va YUNISEF kabi xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik alohida o’rin tutadi. Mamlakat bu tashkilotlar bilan hamkorlik orqali insonparvarlik, madaniyat, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarida bir qator muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. YUNESKO bilan hamkorlik O’zbekitonning tarixiy merosini asrash va madaniy diplomatsiyasini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shahrlarning YUNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilishi mamlakatning boy madaniy tarixini dunyo miqyosida tanitishga xizmat qildi. Shuningdek, “Buyuk Ipak yo’li merosi “ va “Navro’z” kabi xalqaro loyihalar orqali milliy qadriyatlarimiz jahon miqyosida targ’ib etilmoqda. YUNESKO tomonidan ilgari surilgan “Madaniy xilma-xillikni asrash” tamoyili O’zbekistonning xalqaro siyosatida ham o’z ifodasini topgan. Abdug’apporov (2023) ta’kidlaganidek, “Til millatning umumiy x
Доказательный фрагмент
«This article explores the evolution of Uzbekistan’s international humanitarian activities since gaining independence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the evolution of Uzbekistan’s international humanitarian activities since gaining independence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- global organizations, United Nations, UNESCO, and UNICEF, humanitarian, Gumanitar faoliyat, YUNESKO, foreign policy., ООН, Xalqaro tashkilotlar, YUNISEF, humanitarian diplomacy, ЮНЕСКО и ЮНИСЕФ, BMT, Mintaqaviy tinchlik va barqarorlik., гуманитарная дипломатия., Международный организации
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024