Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭКОНОМИЧЕСКОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО МЕЖДУ КИТАЕМ И УЗБЕКИСТАНОМ: АНАЛИЗ КОНКУРЕНЦИИ ВО ВНУТРЕННЕЙ ДЕЛОВОЙ СРЕДЕ
Asadbek Ahmadjonov Axtamjon o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Экономическое сотрудничество между Узбекистаном и Китаем в последние годы стремительно развивается, что создает новые конкурентные условия в местной деловой среде. В статье анализируется тот факт, что инвестиции Китая в Узбекистан и выход на местный рынок создают новые конкурентные условия в отечественной деловой среде, а также влияние китайских инвестиций на местный рынок, возникающие угрозы и возможности для отечественных предпринимателей. Ключевые слова: экономическое сотрудничество, предпринимательство, инвестиции, инвестиционная среда, местный рынок, конкуренция, конкурентоспособность. Bugungi kunda Xitoy O‘zbekiston tashqi savdosida muhim o‘rin tutib, u mamlakatimizning strategik sheriklaridan biri va eng asosiy savdo-iqtisodiy hamkori sifatida tan olinmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda savdo-iqtisodiy sohada dinamik o‘sish barcha jabhalarda namoyon bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchi xorijiy sarmoyachi davlat sifatida ajralib turibdi. Xatto, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 2023 yilda salkam 14 mlrd. dollarga yetib rekord natijani qayd etdi1. 1 302 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Albatta, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning izchil rivojlanishida Xitoydan kiritilayotgan investitsiyalar hajmi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2023-yilda Xitoy Oʻzbekistonga yo’naltirgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalari hajmi bo’yicha yetakchilikka erishib, jami 2.1 mlrd. AQSh dollari, umumiy investitsiyalar miqdorining 28%ini tashkil etdi. Tarmoq tarkibini foizlarda tahlil qiladigan bo’lsak, toʻqimachilik, elektronika, maishiy texnika kabi sanoat sohalarida umumiy ulushi 45% ni tashkil etgan2. Xususan, infratuzilmani takomillashtirish: transport ("Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston" temir yoʻli), energetika (quyosh va gidroelektrostansiyalar)da Xitoydan investitsiyalar 30% miqdorida qayd etilgan. Eng faol investitsiyalar ulushi O’zbekistonning Toshkent viloyati, Samarqand viloyati va Qoraqalpogʻiston hududlari (erkin savdo zonalari)ga to’g’ri keldi3. Yana shuni ta`kidlash joizki, O’zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlariga bo’lgan katta e`tibor, Xitoy xususiy kompaniyalarining bu bozorda Industry 4.0 (sunʼiy intellekt, Internet of Things) texnologiyalaridan keng foydalanishiga yo’l ochib bermoqda. Bunga Xitoyning "Texhong Textile" kompaniyasi bilan 2023-yildan amalda bo’lgan Fargʻona viloyatidagi toʻqimachilik fabrikalarini raqamlashtirish bo’yicha qoʻshma loyihasini misol qilsak bo’ladi. Quyidagi jadvalda Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan bir qator yirik texnologik loyihalari keltirilgan4: Loyihalar Ishlab chiqarish turi Soni Qiymati TCL Televizor 1 mln dona 11 mln dollar KingClean Changyutgich 450 ming dona 4 mln dollar Electiric Co Midea Muzlatgich 720 ming dona 25,7 mln dollar Whirlpool China Kir yuvish mashinasi 1,1 mln dona 28 mln dollar Bu loyihalar uchun jami 68,7 million dollar investitsiya kiritilgan bo’lib, ularning ishlab chiqarish quvvati yiliga 3,27 million dona maishiy texnika mahsulotlariga to’g’ri kelmoqda. Jumladan, TCL korxonasi Xitoning yetakchi elektronika ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, mahalliy iste’molchilarga zamonaviy smart-TV va boshqa texnologik modellarni taklif qiladi. Bu loyiha yiliga 1 million dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, O‘zbekiston bozorida yuqori sifatli va arzon narxdagi televizorlarni taqdim etmoqda. KingClean kompaniyasi esa, O‘zbekistonda yiliga 450 ming dona changyutgich ishlab chiqarib, uy-ro‘zg‘or texnikasi bozorida mahsulotlar xilma-xilligini oshirib, aholiga arzon narxlarda sifatli changyutgichlarni taqdim etmoqda. Bu loyihalar O‘zbekistonda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va importni qisqartirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik O‘zbekiston texnologik jihatdan rivojlangan mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Tashqi savdo sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2023-yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 51,5 foizga oshib, 13,7 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport 2,5 milliard dollarga, import esa 11,3 milliard dollarga yetdi5. Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarning asosiy qismini mashina va uskunalar, sanoat tovarlari va kimyo 2 3 4 5 303 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 mahsulotlari tashkil etdi. Ikki davlat rahbarlari yaqin besh yil ichida tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish niyatida ekanliklarini bildirdilar6. O‘zbekiston yillar davomida nisbatan yopiq iqtisodiy modelni qo‘llab kelgan, bu esa ichki ishlab chiqaruvchilarni raqobatdan qo‘rqitgan. Bunga sabab qilib bir nechta omillar, xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida importga yuqori tariflar va boshqa cheklovlar, asosiy tashqi savdo hamkorlari MDH mamlakatlari tor doirasini tashkil etganligi, global raqobatga tayyor bo‘lmagan korxonalar ma
Доказательный фрагмент
«Экономическое сотрудничество между Узбекистаном и Китаем в последние годы стремительно развивается, что создает новые конкурентные условия в местной деловой среде.»
Образец извлечения
Демо-превьюЭкономическое сотрудничество между Узбекистаном и Китаем в последние годы стремительно развивается, что создает новые конкурентные условия в местной деловой среде. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- economic cooperation, entrepreneurship, investment, investment environment, competitiveness., raqobatbardoshlik., экономическое сотрудничество, competition, предпринимательство, конкуренция, investitsiya, iqtisodiy hamkorlik, mahalliy bozor, местный рынок, tadbirkorlik, инвестиции, local market, raqobat, инвестиционная среда, конкурентоспособность., investitsion muhit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014